Yoqilg'i elementlari
Yoqilgʻi — yonganda muayyan miqdorda issiqlik ajratadigan uglerod va uglevodorodli moddalar, energiya manbai. Qattiq, suyuq va gaz holatida boʻladi, tabiiy hamda sunʼiy xillarga boʻlinadi. Tabiiy qattiq Yoqilgʻi — yogʻoch, torf, slanets, toshkoʻmir, antratsit va b., sunʼiy Yoqilgʻi — pista koʻmir, koks, aglomerat va b. Tabiiy suyuq Yoqilgʻi — neft, sunʼiysi — benzin, kerosin, mazut va b., tabiiy gazeimon Yoqilgʻi — tabiiy gaz, sunʼiysi — domna gazi, generator gazi va b. Atom energiyasi va yarimoʻtkazgichlardan foydalanish texnikasi hamda nazariyasining rivojlanishi bilan yangi xil Yoqilgʻi — yadro Yoqilgʻisi paydo boʻldi. Iqtisodiy nuqtai nazardan eng arzon Yoqilgʻi —neft va tabiiy gaz. Dvigatellarda ishlatiladigan Yoqilgʻi (mas, benzin, kerosin, yadro Yoqilgʻisi, reaktiv Yoqilgʻi va b.) yonilgʻi deb ataladi. Har qanday Yoqilgʻi va yonilgʻi issiqlik ajratuvchanl i k xossasi bilan ifodalanadi. Jadvalda ish holatidagi, yaʼni isteʼmolchilarga beriladigan holatdagi Yoqilgʻi va yonilgilarning issiqlik ajratuvchanligi (kaloriyasi) keltirilgan: YO.ning turli xillari haqidagi maʼlumotlar tegishli maqolalarda beriladi (mas, gazlar, koʻmir, ushin, torf va q. k.).
AKKUMULYATORLAR
Kimyoviy energayani elektr energiyaga aylaytiradigan qurilmalar faqat galvanik elementlar o`rinishidagina bo`lib qolmasdan, EYUK ni ishlab chiqarish davomida kimyoviy moddalar sarf qilib ishlaydigan va ish davomida bir necha marta qayta tiklanadigan (tashqi elektr tok manbai yordamida) va o`z ish faoliyatini bir necha yuzlar marta tiklash mumkin bo`lgan qurilmalar — akkumulyatorlarning ahamiyati katga. Akkumulyatorlarning ba`zi turlariga qisqacha tavsif berib o`tamiz:
1. Qo`rg`oshin akkumulyatorlarining tok hosil qiluvchi kimyoviy reaktsiya sxemasi:
PbO2 + Pb + 2H2SO4 →SO2 + 2PbSO4 +2H2O
Zaryad yoki qisqacha PbO2[H2SO4] bo`lib, uning EYUKsi 1,95—2,15 V bo`ladi. Uning elektrodlari Pb3O4 va PbO ning H2SO4 bilan qorishma qo`rg`oshindan yasalgan to`rga surkaladi. Ular ma`lum konsentratsiyali sulfat kislotasida zaryadlangandan so`ng elektrodning biri Pb, ikkinchisi PbO2 holiga o`ta di va u ishga tayyor bo`ladi. Bu turdagi akkumulyatorlarning nisbiy energetik unumi 20 40 vatt-soat-kg-1 bo`lib, ularni 500—1000 martagacha zaryadlab tiklash mumkin.
2. Ishqoriy nikel –kadmiy (NK) va nikel-temir (NT) akkumlyatorda elektr tokni hosil qilish tenglamasi
Bu sxemada M=Co yoki Fe. Elektrolit sifatida KOH eritmasi (oz miqdorda LiOH qo`shilganda NiO(OH) elektrodning ishlash qobiliyati yaxshilanadi) ishlatiladi. NK akkumulyatorida kuchlanish 1,30—1,34 V bo`lsa, NT akkumulyatorida esa 1,37—1,41 V ga teng bo`ladi, energiya unumi 20— 35 soat-kg‑1, Bunday akkumulyatorlar 1—2 ming marta tiklanishi mumkin. NK akkumulyatorlar arzonroq bo`ladi, NT turdagilarda temir elektrod ishqoriy muhitda tez korroziyalanadi va uning ish unumi tez kamayadi.
3. Kumush-rux akkumulyatorlarning ish unumi 130 Vt. soat-kg-1 bo`lib, kumush qimmat bo`lishi tufayli noqulay undan qo`pincha koinot texnologiyasida foydalaniladi. Tok hosil bo`lish reaktsiya tenglamasi:
Dostları ilə paylaş: |