Zn + Cu2+ = Zn2+ + Cu Shu oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi hisobiga elektrodlarni birlashtirgan sim orqali (tashqi zanjir) elektronlar rux elektroddan mis elektrodga, ichki zanjir (U -simon naycha) orqali sulfat ionlari CuSO4 li idishdan ZnSO4 li idish tomon harakat qiladi. Tashqi zanjir ulangan bo‘lganda rux elektrod asta-sekin eriydi, mis elektrodda eritmadan qaytarilgan mis ajraladi.
Kimyoviy jarayonning molekular tenglamasi:
Zn + CuSO4 → ZnSO4 + Cu Elektr yurituvchi kuch — (EYUK)
Har qaysi elektrodda sodir bo‘layotgan jarayonning oksidlanish- qaytarilish potensiallarining ayirmasi galvanik elementning EYUK ni tashkil etadi [(E° (musbat) — E°(manfiy): EYUK = 0 ,3 4 —(0,76) = 1,1 V.
Shu tarzda boshqa galvanik sistemalarda EYUK ni hisoblash mumkin:
Bundan ko’rinishicha, galvanik elementni tashkil etishda qatnashadigan elementlar kuchlanish qatorida bir-biridan qancha uzoqroqda joylashsa, EYUK qiymati shuncha katta bo’ladi. Bunday sistemani tuzishda qatnashadigan elektrodlar suv bilan reaksiyaga kirishmasligi kerak.
Akkumlyator. Galvanik elementlar unda mavjud bo`lgan kimyoviy energiya to`la sarflanguncha (masalan Leklanshe elementida ruh eriguncha) ishlashi mumkin. So`ngra esa faoliyatini to`xtatadi. Shuning uchun ham ba’zida, ularning faoliyati uchun zarur bo`lgan kimyoviy energiyani elektroliz natijasida tiklashi mumkin bo`lgan galvanik elementlardan foydalaniladi.
Bunday elementlarga akkumlyatorlar, ularda elektroliz yordamida energiyani to`plash jarayoniga esa akkumlyatorlarni zaryadlash (energiyani to`plash) deyiladi.
Akkumlyatorlarni zaryadlashda tashqi manbaning toki u beradigan tokka qarama-qarshi yo`nalishda o`tkaziladi.
Texnikada ikki xil kislotali va ishqorli akkumlyatorlardan foydalaniladi. Kislotali akkumlyatorlar sulfat kislota eritmasiga tushirilgan qo`rg`oshin plastinkalardan tashkil topgan. Manfiy plastinka toza qo`rg`oshindan sirti yumshoq qilib, musbat plastinka esa qo`rg`oshin ikki oksidi bilan qoplangan bo`ladi. Akkumlyator razryadlanganda har ikkala plastinka ham asta-sekin oltingugurt kislotali qo`rg`oshin bilan koplana boshlaydi. Akkumlyator zaryadlanganda esa musbat va manfiy plastinkalar orasidagi farq tiklanadi. Kislotali akkumlyatorlarning EYuK. 2V atrofida bo`ladi.
Ishqorli akkumlyatorlar cho`ntakchalari bor nikelli temir plastinkalardan tashkil topgan. Musbat plastinkaning cho`ntagida nikel oksidi, manfiy plastinkaning cho`ntagida esa temir oksidi solinadi. Elektrolit vazifasini kaliy ishqori o`taydi. Ishqorli akkumlyatorning EYuK. 1,4 V ni tashkil qiladi. Ishqorli akkumlyatorlar kislotalarnikiga nisbatan qulay va yengil, zararli bug` va gazlar chiqarmaydi, qisqa paytdagi qisqa tutashuvda buzilmaydi.
Akkumlyatorning F.I.K. deb, zaryadlanish paytida olgan energiyasining qancha qismini razryadlanishda qaytarishini ko`rsatadigan kattalikka aytiladi.
Kislotali akkumlyatorning f.i.k. 80%, ishqorlisiniki 60% atrofida bo`ladi. Har bir akkumlyator o`z sig`imi bilan xarakterlanadi. Akkumlyatorning sig`imi zaryadlangan akkumlyator razryadlanishda beradigan zaryad miqdori bilan o`lchanadi. U kulonlarda emas, maxsus birlik amper-soatlarda o`lchanadi.
Amper-soat – 1 A tokning 1 soat davomida olib keladigan zaryad miqdoridir: Kl.
Akkumlyator avtomobillarning, samolyotlarning, suv osti kemalarining, poezd yoritgichlarining ajralmas qismidir.
Galvanik elementlar esa radiopryomniklarda va televizorlarda telefon va telegraf qurilmalarida keng ishlatiladi. Ular atmosferani uglerod oksidi, azot oksidi, uglevodorodlar va boshqa aralashmalar bilan zaharlaydi. Shuning uchun ham hozir quyosh energiyasidan foydalanuvchi elektromobillarni ishlab chiqarishga katta e’tibor qaratilmoqda
Xulosalar: Erituvchida eriganda ionlarga ajraladigan moddalarga elektrolitlar deyiladi. Elektrolitlarda zaryad tashuvchi zarralar ionlar bo`ladi Elektrolitdagi ionlarning tashqi maydon ta’siridagi batartib harakatiga elektrolitlarda elektr toki deyiladi.
Galvanik elementlar deb, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari natijasida kimyoviy energiyani elektr energiyasiga aylantirib beruvchi elektrokimyoviy sistemalarga aytiladi.