Asosiy guruhcha elementlari kimyoviy xossalari jihatidan yonaki guruxcha elementlaridan farq qiladi. Buni VII gurux elementlarida yaqqol ko’rish mumkin. Bu guruhchaning yonaki guruxcha elementlari (marganets, texnitsiy, reniy) haqiqiy metallar, bosh guruhcha elementlari esa metallmaslardan tashkil topgan.
Asosiy guruhcha elementlari kimyoviy xossalari jihatidan yonaki guruxcha elementlaridan farq qiladi. Buni VII gurux elementlarida yaqqol ko’rish mumkin. Bu guruhchaning yonaki guruxcha elementlari (marganets, texnitsiy, reniy) haqiqiy metallar, bosh guruhcha elementlari esa metallmaslardan tashkil topgan.
VIII guruhning asosiy guruhchasi nodir gazlar, yonaki guruhchasini metall (temir, kobalt, nikel, ruteniy, rodiy, palladiy, osmiy, iridiy, platina ) lar tashkil etadi. Har qaysi guruh raqami o’sha guruhni tashkil etuvchi elementlarning kislorodga nisbatan maksimal valentligini ko’rsatadi. Lekin mis guruhchasida va VIII, VII gurux elementlarida bu qoidadan chetlanish hollari ro’y beradi, chunonchi, mis bir va ikki valentli bo’ladi, oltinning valentligi 3 ga yetadi. VIII guruxning yonaki guruhcha elementlaridan faqat osmiy va ruteniy 8 valentlik bo’ladi; VII gurux elementi ftor faqat bir valentli bo’la oladi, boshqa galogenlarning kislorodga nisbatan valentligi yetti bo’lishi mumkin. Asosiy guruhcha elementlari vodorodga nisbatan ham valentlik namoyon qiladi. IV, V, VI va VII gurux elementlari vodorodga nisbatan valentligi IV guruhdan VII guruhga o’tgan sayin 4 dan 1 gacha pasayadi, ularning kislorodga nisbatan valentligi esa 4 dan 7 ga qadar ortadi. Har qaysi guruhda metallmasning kislorodga nisbatan valentligi bilan vodorodga nisbatan valentligi yig’indisi 8 ga teng (masalan VI gurux elementi selenning kislorodga nisbatan valentligi 6, vodorodga nisbatan valentligi 2; ularning yig’indisi 8 dir).
pasayadi, ularning kislorodga nisbatan valentligi esa 4 dan 7 ga qadar ortadi. Har qaysi guruhda metallmasning kislorodga nisbatan valentligi bilan vodorodga nisbatan valentligi yig’indisi 8 ga teng (masalan VI gurux elementi selenning kislorodga nisbatan valentligi 6, vodorodga nisbatan valentligi 2; ularning yig’indisi 8 dir).
Har bir guruhda elementlarning atom massasi ortishi bilan metallik xossasi kuchayib boradi. Bu hodisa, ayniqsa, asosiy guruhcha elementlarida yaqqol namoyon bo’ladi. Frantsiy va tseziy elementlari eng faol metallar hisoblanadi, ftor esa eng faol metallmasdir.
Demak, elementlarning xossalari (atom massasi, valentligi, kimyoviy birikmalarining asos va kislota hususiyatga ega bo’lishi va hakozolar) davriy sistemada davr ichida ham, guruh chegarasida ham, ma’lum qonuniyat bilan o’zgaradi. Binobarin, har qaysi element davriy sistemada o’zo’rniga ega va bu o’rin o’z navbatida ma’lum xossalar majmuasini ifodalaydi va tartib raqami bilan tavsiflanadi. Shu sababli, agar biror elementning davriy sistemada tutgan o’rni ma’lumbo’lsa, uning xossalari haqida to’la fikr yuritib, ularni to’g’ri aytib berish mumkin.