s-Metallar ichida eng muhim biokimyoviy funksiyalarni 3- va 4-davr metallari bajaradi.
Natriy va kaliy – oligobiogen elementlar (0,1 – 1 %),
Litiy, rubidiy va seziylar – ultramikrobiogen elementlar
Katta yoshdagi odam organizmida Na+ kationlarining miqdori 100 g ga yaqin bo’ladi. Shundan 44 % hujayradan tashqari suyuqlikda, qolgani suyak to’qimasida joylashgan.
Katta yoshdagi odam organizmida (70 kg vazn) kaliyning miqdori 160 g ni tashkil etib, shundan 96 %i hujayra ichida va 2 % hujayradan tashqari suyuqliklarda bo’ladi.
Natriy va kaliyning organizmdagi funksiyalari
Natriy ionlari organizmda ko’p miqdordagi suvni tutib tura oladi (15 g NaCl organizmda 2 litrgacha suvni tutib turadi).
HCO3-, HPO42-, H2PO4- anionlari va organik kislotalar anionlari bilan birgalikda natriy kationlari biosistemalardagi kislota-asosli muvozanatni saqlab turishga yordam beradi.
Bioligandlar bilan ta’sirlashib, natriy kationlari koordinatsion birikmalarini hosil qila oladilar. Kaly, kalsiy, magniy va xlor ionlari bilan birga natriy ionlari nerv impulslarining o’tkazilish, mushak to’qimalarining qo’zg’alish jarayonlarida ishtirok etadilar.
Kaliy ionlari osmotik bosimni bir me’yorda tutib turishda, fermentlarni aktivlashtirish, mushaklar qisqarishi, yurak mushagining normal ishlash, nerv impulslarini o’tkazish jarayonlarida, almashinish reaksiyalarida ishtirok etadilar.
Fermentlar bilan kompleks hosil qilishi kaliy ionlarining transportida muhim rol o’ynaydi. Valinomitsin kabi antibiotiklar kaliy ionlari bilan barqaror koordinatsion birikmalarni hosil qiladilar.
Hujayra membranasi
Hujayra membranasi
ning markaziy qismini lipidlar tashkil etadi. Lipid molekulasi tarkibiga 15 – 17 ta uglerod atomidan iborat ikkita uglevodorod qoldig’i, glitserin qoldig’i va asos yoki spirt bilan bog’langan fosfat qoldig’i kiradi. Uglevodorod qoldiqlari glitserin bilan karboksil guruhi orqali birikib, lipidning gidrofob qismini tashkil etadilar. Lipidlarda fosfat guruhining o’rnida sulfat yoki uglevod guruhi bo’lishi mumkin, shunga ko’ra lipidlar fosfolipidlar, sulfolipidlar va glikolipidlarga bo’linadi.