Natriyning organizmdagi, birinchi navbatda qon plazmasidagi, miqdori oshib ketishi (gipernatriyemiya) yoki kamayib ketishi (giponatriyemiya) bo’lishi mumkin.
Giponatriyemiya organizmda ortiqcha suvning ushlab qolinishiga olib keladi, bu esa suvning qon plazmasidan organizm hujayralariga qayta taqsimlanishini keltirib chiqarishi mumkin. Bu holatning tipik balgilari: bosh aylanishi, qayt qilish, bosh og’rig’I va umumiy holsizlik.
Giponatriyemiya yetarli miqdorda elektrolitlar iste’mol qilmasdan ortiqcha suv ichish, atrof muhit harorati yuqori bo’lganda intensiv jismoniy mehnat yoki mashqlar bajarishda, ba’zi kasalliklar natijasida kelib chiqishi mumkin.
Izotonik eritma NaCl (0,9 %) inyeksion preparatlarni eritish va suyultirish, organizm ko’p suv yo’qotganda yoki zaharlanganda oddiy qonning o’rnini bosish uchun ishlatiladi.
Gipertonik eritmalar NaCl (3,5 va 10 %) yuqori osmotik bosimga ega va shuning hisobiga hujayralarni suvsizlantiradi. Bu xususiyat bakteriyalar plazmoliziga olib keladi – antimikrob ta’sir. Yiringli yaralarni, og’iz bo’shlig’idagi yallig’lanishlarda, kuyish holatlarida ishlatiladi.
Ichimlik sodasi NaHCO3, suvli eritmalarda anion bo’yicha gidroliz hisobiga kuchsiz ishqoriy xossalarni namoyon qiladi va bu bilan antimikrob ta’sirga ega:
HCO3- + Н2O ↔ Н2O + CO2 + ОН-.
Oshqozon shirasining kislotaliligini pasaytirishda, teri va shilliq qavatga tushgan kislotalarni neytrallashda, ingalyatsiyada, shamollashda tomoq va ko’zlarni yuvishda ishlatiladi.