Elementlar davriy o'zgaruvchan xossalari. Gorizontal va diogonal o'xshshliklar



Yüklə 169,65 Kb.
səhifə9/17
tarix07.01.2024
ölçüsü169,65 Kb.
#210942
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Elementlar davriy o

Ag2O – Zn ZnO + 2Ag
Kuchlanish 1,60—1,85 V, tiklanish imkoniyati 100—200 martaga etadi.
4. Kumush o`rniga nikel` ishlatilganda nikel-rux akkumulyatorlaring tok hosil qilish reaksiya tenglamasi:
2NiO(OH) + Zn + H2O5 2Ni(OH)2 + ZnO

uning kuchlanishi 1,74—1,78 V., energiya unumi 60 Vt-soat-kg‑1, tiklanish imkoniyati 300 martaga etadi. Bunday akkumulyatorlar elektromobillarda ishlatilishi qulay bo`lar edi, lekin tiklash imkoniyati kamligi noqulay.


5. Suvsiz sharoitda ishlaydigan oltingugurt-natriyli akkumulyatorlar, elektrodlar sifatida natriy alyuminatidan foydalaniladi, ular 300—350°C da ishlaydi, tok hosil qilish tenglamasi


3S + 2Na Na2S3
kuchlanishi 2,08 V ularning keng tarqalishiga mustahkam elektrodlar yasash qiyinligi halaqit beradi.
Qo`rg`oshinli akkumulyatorlardan bir nechtasini birlashtirib yasalgan batareyalardan tuzilgan yuqori tok zichligiga ega bo`lgan akkumulyatorlar hozir transportlarda ishlatilishi qulay.
Radiokimyo. Transuar elementlar. Tabiiy va sun'iy radioaktivli
Radioaktiv elementlar - barcha izotoplari radioaktiv boʻlgan kimyoviy elementlar. Tabiatda uchraydigan, tartib rakami 83 (vismut)dan katta boʻlgan barcha elementlar radioaktiv. Ularni ketmaket yuz beradigan radioaktiv oʻzgarishlar zanjirlarining alohida halqalari sifatida tasavvur qilish mumkin. Bir zanjir tarkibiga kiruvchi elementlar radioaktiv oila yoki radioaktiv qator hosil qiladi (qarang Radioaktiv qatorlar). Tartib raqami 83 dan kichik boʻlgan Radioaktiv elementlar ham bor. Ular texnetsiy 43Te va prometiy 61Pm. Davriy sistemada joylashgan urandan keyingi elementlar sunʼiy usulda olingan transuran elementlardir.
Tabiiy Radioaktiv elementlardan fakat uran (tartib raqami 92) va toriy (90) elementi izotoplarining yarim yemirilish davri Yerning yoshiga yaqin. 238U(T,,2=4,51 mlrd.-yil), 235U(713 mln.y.), 232Th(14,l mlrd.-yil). Shuning uchun barcha tabiiy Radioaktiv elementlar ichida faqat uran bilan toriy birlamchi Radioaktiv elementlar hisoblanadi. Qolgan barcha Radioaktiv elementlar uzoq mavjud boʻluvchi izotoplarning parchalanishidan hosil boʻladi va ular ikkilamchi Radioaktiv elementlar hisoblanadi.
Turgʻun izotoplaridan tashqari uzoq mavjud boʻluvchi tabiiy radioaktiv izotoplari boʻlgan 16 ta element ham mavjud (40K, 50V, 87Rb, ll5In, l38La, l42Ce, l44Nb, l47Sm, 152Gd, l76Lu, l74Hf, l80Ta, l80W, l87Re, "°Pt, l92Pt). Yadro energiyasi olishda uran va plutoniy amaliy ahamiyatga ega.
Radiokimyo — radioaktiv elementlar va izotoplarning kimyoviy xossalarini, ularni ajratib olish, konsentrlash (toʻplash) fan va texnikaning turli sohalarida koʻllash usullarini oʻrganadigan soha. R. rivojlanish davrida bir necha bosqichni bosib oʻtdi. R.ning dastlabki 1 bosqichi 1898-yildan, yaʼni P. Kyuri va M. Kyuri ilk tabiiy radioaktiv elementlar — poloniy va radiyni ajratib olishlaridan boshlandi. II boskich (1914—33)da tabiiy radioaktiv elementlarning kimyoviy tabiati oʻrganildi. Ill bosqich I.Kyuri va F. Jolio-Kyurilarning 1934-yilda sunʼiy radioaktiv izotoplarni kashf qilganlaridan keyin boshlandi. IV bosqich sunʼiy izotoplarning texnologiyasi bosqichi boʻlib, parchalanish zanjir reaksiyasining sanoat miqyosida amalga oshirilgan davri — 1944-yilga toʻgʻri keladi. Eng soʻnggi bosk,ich 50-yilni — izotoplarni ajratib olish davrini oʻz ichiga oladi.
Hozirgi zamon R. sini quyidagi asosiy boʻlimlarga ajratish mumkin: umumiy R., yadro aylanishlari kimyosi, radioaktiv elementlar kimyosi va amaliy R.
Umumiy R. radioaktiv elementlar va izotoplarning fizik-kimyoviy krnuniyatlarini: radioaktiv elementlar va izotoplarning turli muhitda qanday shaklda uchrashini aniqlaydi, kichik "radiokimyoviy" konsentratsiyadagi radioaktiv elementlarning xossalarini tekshiradi, radioaktiv moddalarning fazalararo taqsimlanish jarayonini oʻrganadi.
Yadro aylanishlari kimyosi yadro reaksiyalari va radioaktiv oʻzgarishlarda hosil boʻladigan mahsulotlarni va kimyoviy aylanishlarni oʻrganadi, yadro reaksiyalari va yadro aylanishlarida hosil boʻladigan izotoplarning turgʻun shakllarini aniqlaydi.
Radioaktiv elementlar kimyosi barqaror va uzok, mavjud boʻluvchi izotoplari boʻlmagan elementlarni oʻrganadi. R. usullari asosida oʻrganiladigan elementlar texnetsiy, prometiy, astat, uran, toriy, poloniy, radon, fransiy, radiy, aktiniy, protaktiniy va transuran elementlar, shuningdek, vodorodsimon atomlar: myuoniy, pozitroniy va mezoatomlardan iborat. Bu boʻlimga shartli ravishda yadro yoqilgʻisi texnologiyasini ham kiritish mumkin.
Amaliy R. nishonli birikmalar sintezini, radioaktiv izotoplarning fan va sanoatda (kimyo, fizika, geokimyo va boshqa tadqiqotlarda) qoʻllanishini oʻz ichiga oladi.
R. usullari boshqa kimyoviy sohalarda (kolloid kimyo, kimyoviy kinetika va boshqalar) oʻrganiladigan qonunlar tadqiqotida ham keng oʻrin oldi. Elementlar va izotoplarni ularning radioaktiv nurlanishi yoki yadro aylanishlari mahsulotlariga qarab aniqlash R.ning uslubiy xususiyatlaridan biridir. R. usullari elementlar va birikmalarning fizik-kimyoviy xossalarini juda kichik va juda katta konsentratsiyada oʻrganishga imkon beradi.
Radioaktivlik yoki yadroviy parchalanish, yadro, zarrachalar yoki elektromagnit nurlanish yoki o’z-o’zidan parchalanish natijasida kuchli quvvat ajralish jarayoni. Bu yadro reaktsiyasi paytida yuz beradi. Radioaktiv nurlar inson tanasidan, shuningdek ko’plab narsalardan o’tishi mumkin. Ular tuproqdan, toshlardan va ayniqsa qo’rg’oshindan osonlikcha o’tib keta olmaydi. Radiatsiya chiqaradigan ob’ektlarga radioaktiv deyiladi.
Atrofimizda doimo radiatsiya mavjud, ammo juda ko’p radiatsiya inson salomatligiga tahdid soladi va yanada rivojlangan bosqichlarda o’limga olib kelishi mumkin.
Tabiiy nurlanish uran kabi ba’zi kimyoviy elementlar va yulduzlar va kosmosdagi ba’zi narsalar tomonidan ishlab chiqariladi. Ba’zi ob’ektlar bir soniyadan kam vaqt davomida radioaktiv bo’lib turishi mumkin, boshqalari esa ming yillar davomida radioaktiv bo’lib turishi mumkin.
Radiatsiya maxsus mashinalar tomonidan ham ishlab chiqarilishi mumkin, bu mashinalar Siklotron (tezlashtirgich mashinasi), chiziqli tezlatgich yoki zarrachalar tezlatgichi ham deb nomlanadi. Ba’zi olimlar ushbu mashinalardan ular ishlaydigan radiatsiya hosil qilish uchun foydalanadilar. Rentgen apparatlari ishlab chiqarilgan oz miqdordagi (rentgen nurlari) tufayli inson tanasining ichki qismlarini ko’rishga imkon beradi.

Yüklə 169,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin