Energetika fakulteti


 TRANSFORMATORLARDA SHIKASTLANISH TURLARI VA



Yüklə 232,08 Kb.
səhifə16/36
tarix15.10.2023
ölçüsü232,08 Kb.
#155822
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36
Abu rayxon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti-fayllar.org

3. TRANSFORMATORLARDA SHIKASTLANISH TURLARI VA 

NONORMAL ISH HOLATLARI. 

3.1. Yuqori kuchlanish tomonidagi ikki va uch fazali qisqa 

tutashuvlar.Fazalararo qisqa tutashuvlar bakning qopqog‘ida joylashgan yuqori
kuchlanishdagi chiqishlarda va pastki kuchlanishli cho‘lg‘amlarning chiqishlarida 
yoki bakning ichidagi cho‘lg‘amlararo qisqa tutashuvi ko‘zatilishi mumkin.
Bakning ichidagi cho‘lg‘amlararo qisqa tutashuvlar kamdan kam kuzatilada 
ayniqsa uch fazalisi. Transformatorning o‘zi uchun eng xavfli qisqa tutashuv
yuqori kuchlanish cho‘lg‘amlarining chiqishlaridagi uch fazali qisqa tutashuv 
hisoblanadi, chunki ularda katta miqdordagi qisqa tutashuv toklari kuzatiladi
hamda boshqa elektr istemolchilarning qisqichlarida kuchlanishni chuqur 
pasayishiga olib keladi. Qisqa tutashuv vaqtida asinxron elektr motorlarning
aylanish chastotasi sekinlashishni boshlaydi (3.1,a – rasmdagi motor M), agarda 
qiska tutashuv toki tezda o‘chirilmasa motor ishdan to‘xtaydi va o‘z navbatida
korxonaning ish holatini buzilishiga olib keladi. 
Agarda transformator ta’minlovchi podstansiya yaqinida joylashgan bo‘lsa 

transformatorning 10 kVli chiqishlaridagi uch fazali qisqa tutashuv tokining (3.1-


rasmdagi T2 transformator) qiymati ushbu podstansiyaning 10 kVli shinasidagi 
qisqa tutashuv tokiga tengdir. Agarda 10 kV kuchlanishli transformator havo yoki
kabel tarmog‘i orqali ta’minlanayotgan bo‘lsa uch fazali qisqa tutashuv tokini 
hisoblashda ushbu tarmog‘ning qarshiligini ham hisobga olish lozim.
Uch fazali qisqa tutashuvda qisqa tutashuv nuqtasida har bir fazadagi toklar 

qiymat bo‘yicha bir – biriga teng va ularning vektorlari bir – biriga nisbatan 120


0

burchakka siljigan (3.1a,b-rasm). Barcha uchta fazadagi kuchlanishlar qisqa


tutashuv joyida nolga tengdir. 


27

3.1-rasm. Pasaytiruvchi transformatorning manba tomonidagi uch fazali (b) va ikki fazali (v, g) 
qisqa tutashuvdagi toklar taqsimoti (a) hamda tok va kuchlanishlarning vektor diagrammalari.

Ikki fazali qisqa tutashuvda toklar faqat ikkita qisqa tutashgan fazadan oqadi


(masalan B va C faza). Ushbu toklar qiymati bo‘yicha bir – birga teng va ularning 
vektorlari bir – biriga nisbatan 120
0
burchakka siljigan (3.1, v – rasm). 

Taqsimlovchi elektr tarmoqlarida ikki fazali qisqa tutashuv tokining qiymatini uch


fazali qisqa tutashuv tokining qiymatidan tahminan 15 % ga kamroq olish mumkin. 
Shikastlanmagan fazadagi tokning qiymatini nolga teng deb olinadi.
Shikastlanmagan fazadagi kuchlanish qiymati (B va C fazadagi qisqa tutashuvdagi 
A faza) nominal faza kuchlanishini saqlab qoladi (3.1,g – rasmdagi
(2)

,

k A



f

U

U

), 

shikastlangan fazadagi kuchlanishlar qiymati esa nominalga nisbatan ikki


barobarga kamayadi. Shikastlangan fazalardagi fazalararo kuchlanish qisqa 
tutashuv nuqtasida nolga tengdir (3.1, g – rasmdagi
. B-C

q t

U
), boshqa fazalararo 
qisqa tutashuvlarda faza kuchlanidan 1,5 marta kattadir ya’ni ularning har biri
tarmoqning fazalararo kuchlanishidan taxminan 15 % ga kichikdir. Bunda elektr 
motorlar ishlashda davom etadi va ikki fazali qisqa tutashuvni o‘chirishga
shoshilmasa ham bo‘ladi, lekin tajribadan yaxshi ma’lumki ikki fazali qisqa 
tutashuv tezda uch fazali qisqa tutashuvga o‘tadi va qo‘shimcha talofatlarga olib
keladi. Shuning uchun transformatorning ichidagi va yuqori kuchlanish tomondagi 
chiqishlardagi ikki fazali qisqa tutashuvlar tezda o‘chirilishi yoki sabr vaqt bilan
(0,5 sekundgacha) o‘chirilish lozim, agarda ushbu sabr vaqt asoslangan va kerak 
bo‘lsagina.



28



Yüklə 232,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin