22
2.8 – rasm. PП-23 oraliq relesining: a)-oraliq relesining tashqi ko‘rinishi;
b)-ichki ulanish sxemasi.
Oraliq relesining ishlash vaqti.
Relening cho‘lg‘amidagi kuchlanish turg‘un qiymatga birdaniga erishmaydi.
U tok noldan ma’lum bir qiymatga ma’lum bir vaqt mobaynida etadi. Relening
ishlashi uchun ketgan vaqt rele chulg‘amidagi ishlash tokining oshish vaqti bilan
yakorning xarakatlanish vaqti yig‘indisiga teng. Tez ishlovchi oraliq relelari uchun
vaqtni kamaytirish kerak, ya’ni relening teskari ta’sir qiluvchi prujinasini
bo‘shatish kerak va tokning karraliligi oshiriladi. Releni ulagan paytda uning
o‘zagida uyurma toklar xosil bo‘ladi. Bu toklar magnit oqimini oshishini
sekinlatadi va ish vaqtini oshishiga olib keladi. Ishlash vaqtini kamaytirish tez
ishlovchi relelarda asosan xarakatlantiruvchi qismni yengillashtirish va
ishqalanishni kamaytirish xisobiga erishiladi.
2.10 Ko‘rsatgich relelari
Ko‘rsatkich relelari tegishli himoyalarni ishlaganlari to‘g‘risida xabar berish
uchun mo‘jallangan. Bu relelar boshqa rele va apparatlarning zanjirlariga kema-ket
(2.9-rasm, b) va parallel (2.9-rasm, a) ulanadi.
2.9-rasm. Ko‘rsatkich relesining ulanish sxemalari.
23
2.9-rasmda ko‘rsatgich rele KH uzgichning
himoya ishlashi natijasida
o‘chishi xaqida signal beradi. Ko‘rsatgich relelarining ishini ko‘rsatuvchi signal
bayroqchasi (blinker) va kontaktlari xizmat ko‘rsatuvchi
shaxs orqaga
qaytarmagunicha ish xolatida bo‘ladi. Ketma-ket ulanuvchi ko‘rsatkich relelar
qulay va shuning uchun ko‘p ishlatiladi.
PУ-21 turdagi ko‘rsatkich relelar o‘zgaruvchan va o‘zgarmas toklarda xam
ishlatilishi mumkin.
2.10 – rasm. PУ-21 turidagi ko‘rsatkich relesi: a) tashqi ko‘rinishi; b) ichki ulanish sxemasi;
1-sokol; 2-cho‘lg‘am; 3-yakor; 4 – zub zaщelki; 5 – kontakt ko‘prik; 6-yuk; 7 – old podshipnik;
8 – skobani old devori; 9 – qo‘zg‘almas kontakt; 10 – plankalar; 11 – skoba; 12-prujina
(qarshilik qiluvchi); 13 – skoba; 14 – qaytaruvchi prujina;
Dostları ilə paylaş: