Energetika fakulteti



Yüklə 232,08 Kb.
səhifə10/36
tarix15.10.2023
ölçüsü232,08 Kb.
#155822
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36
Abu rayxon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti-fayllar.org

2.3 Rele turlari. 
Odatda releli himoyaning qurilmalari bir necha ma’lum bir sxema bo‘yicha 

ulangan relelardan iborat bo‘ladi.


Rele bu avtomatik qurilma bo‘lib, ma’lum bir ta’sir etuvchi kattalikni 
qiymatida xarakatga keladi yoki ishlaydi.
Rele texnikasida kontaktli (elektromexanik) va kontaktsiz (yarim 
o‘tkazgichli yoki ferromagnit elementli) relelar qo‘llaniladi.
1-tur relelar ishlagan paytda kontaktlar ulanadi yoki uziladi. 
2-tur relelar ishlagan paytda kiruvchi kattalikning ma’lum qiymatida chiqish
kattaligi (masalan kuchlanish) sakrab o‘zgaradi. 
Xar bir himoya qurilmasi va uning sxemasi ikki qismga bo‘linadi:
- ta’sir javob beruvchi (reaksiya ko‘rsatuvchi) qismi; 
- mantiqli (logik) qismi.
Ta’sir javob beruvchi (yoki o‘lchovchi) qism bosh qism bo‘lib, u asosiy 
relelardan iborat bo‘ladi. Bu relelar himoya qilinuvchi element to‘g‘risidagi
axborot va xabarlarni doimo qabul qilib turadilar va shikastlanish, nonormal 
rejimda himoyaning mantiq qismiga mos keluvchi axborot uzatib beradilar.
Mantiq qism (amalga oshiradigan qism) yordamchi qism bo‘lib, u ta’sir 
javob beradigan qismdan olgan axborotni qabul qiladi, agar bu axborotlar ketma-
ketligi berilgan programmaga mos bo‘lsa, oldindan ko‘zlangan amallarni bajaradi 
va uzgich boshqaruviga impuls beradi.
Mantiq qism elktromexanik rele yoki elektron lampali (yarim o‘tkazgichli) 
sxema yordamida tayyorlanadi. YUqoridagilar asosida aytish mumkinki, relelar



16


asosiy (shikastlanishga ta’sir javob beruvchi) va yordamchi (asosiy relening
axboroti ostida va sxemalarning mantiq qismida ishlovchi) guruxlariga bo‘linadi. 
Qisqa tutashuvni va shikastlanishlarning belgilari bo‘lib, I tokning oshib
ketishi, U kuchlanishning kamayib ketishi va himoya qilinayotgan qism Z 
qarshiligining kamayib ketishi xisoblanadi, chunki liniya uchun quyidagiga teng:

U

Z

I

(8) 

Shunga asosan himoyalarda ta’sir javob beruvchi rele sifatida tok relelari
(tokning kattaligiga qarab ta’sir javob beruvchi), kuchlanish relelari 
(kuchlanishnaing kattaligiga qarab ta’sir javob beruvchi) va qarshilik relelari
(qarshilikning o‘zgarishiga qarab ta’sir qiluvchi) qo‘llaniladi. 
Agar rele biror kattalikning oshishiga ta’sir javob bersa, bu rele maksimal
rele deyiladi. Agar rele kattalikni kamayishiga ta’sir javob bersa, bu rele minimal 
rele deyiladi.
Nonormal rejimlardan himoya qilish uchun xam tok va kuchlanish relelari 
ishlatiladi. Tok relelari o‘ta yuklanish sodir bo‘lgan xollarda, kuchlanish relelari
esa, elektr tizimlarida kuchlanish xavfli darajada oshib yoki kamayib ketganda 
ishlab ketadi. Bulardan tashqari, maxsus relelardan bo‘lgan chastota relelari va
issiqlik relelari nonormal rejimlarda ta’sir javob berish uchun ishlatiladilar. 
Yordamchi relelar qatoriga vaqt relelari, ko‘rsatgich relelar, oraliq relelari
kiradi. Vaqt relelari himoyaning xarakatni sekinlashtiradi, ko‘rsatgich relelari esa 
himoya elementlari xarakatidan xabar beradi va qayd qiladi, oraliq relelar himoya
elementlarini o‘zaro bog‘laydi va asosiy relening uzatayotgan xabarini uzgichga 
etkazadi.
Xar bir releni ikki qismga ajratish mumkin: qabul qiluvchi va bajaruvchi 
organlar. Qabul qiluvchi organning vazifasi relega kelayotgan elektr kattalikni
o‘zgarishini qayd qilish va shunga mos bo‘lgan o‘zgarishlarni boshqa relelarda 
amalga oshirishdan iborat. Bajaruvchi organning vazifasi tashqi zanjirlarga ta’sir
qilishdan, uzgichni o‘chirishdan, boshqa relelarni ishga tushirish yoki ularga xabar 
berishdan iborat.



Yüklə 232,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin