Energetika fakulteti


Yuqori kuchlanish tomondagi bir fazali yerga (korpusga) qisqa



Yüklə 232,08 Kb.
səhifə17/36
tarix15.10.2023
ölçüsü232,08 Kb.
#155822
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36
Abu rayxon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti-fayllar.org

3.2. Yuqori kuchlanish tomondagi bir fazali yerga (korpusga) qisqa 

tutashuvlar. Neytrali izolyasiyalangan va kompensayiyalangan 10 kVli
tarmoqlarda xuddi 3, 6, 20 va 35 kVli tarmoqlar singari bir fazali yerga qisqa 
tutashuvlardagi tok bir necha amperdan oshmaydi: misol uchun 10 kVli
tarmoqlarda ushbu tok 20 amperga teng [2]. 10 kV kuchlanishli transformatorlarda 
ushbu shikastlanish turiga qarshi himoya ko‘zda tutilmagan, bir yoki bir necha
transformatorlarni ta’minlayotgan 10 kV kabel va havo elektr uzatish tarmoqlarida 
bir fazali yerga qisqa tutashuvga qarshi himoya (habar) o‘rnatiladi [3,4].


3.3.O‘ramlararo qisqa tutashuv. Transformatorning bitta fazasining 
cho‘lg‘amidagi o‘ramlararo qisqa tutashuvda katta toklar ko‘zatilmaydi (ikki fazali
qisqa tutashuvga qaraganda). O‘ramlarning kam ulushidagi qisqa tutashuvdagi 
tokning qiymati (cho‘lg‘amdagi butun o‘ramlarning soniga nisbatan) tok
transformatorning nominal tokiga nisbatan sezilarli darajada kichik bo‘lib va ushbu 
tokni tokning nominaldan o‘ta oshishidan ishga tushuvchi maksimal tokli
himoyalar 
orqali
aniqlash 

qiyindir.


Transformatorning 
qabul
qilingan 

himoyalaridan


faqatgina 
moyli
transformatorlarning 

gazli
himoyasigina 


o‘ramlararo qisqa tutashuvga ta’sir javob beradi. Chunki o‘ramlararo qisqa
tutashuvda elektr yoyining yonishi va mahalliy qizishlar natijasida transformator 
moyi va izolyasiya materiallarning parchalanishidan hosil bo‘lgan gazlarga gazli
himoya ta’sir javob beradi. Gazlar moyni transformator bakidan kengaytirgichga 
siqib chiqaradi va natijada gaz relesining ishga tushishiga olib keladi. Quvvati 1
MV A va undan katta transformatorlar kengaytirgich bilan birgalikda gaz relesi 
ham jihozlanishi kerak.



Yüklə 232,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin