sxema kamdan kam hollarda qo‘llaniladi, chunki 6-35 kV li tarmoqlarda ikki fazali
41
4.5 - rasm. Uch fazali uch releli sabr vaqtli maksimal tokli himoya sxemasi.
To‘liq bo‘lmagan yulduz sxemasi (ikki fazali ikki releli yoki ikki fazali uch
releli sxemasi, 4.6 - rasm) 6-35 kV tarmoqlarda qo‘llaniladi, chunki ushbu
tarmoqlarda neytrali izlolyasiyalangan yoki kompensatsiyalanganligi tufayli bir
fazali qisqa tutashuvlar sodir bo‘lmaydi. Ikki fazali yerga qisqa tutashuvlarda
tanlovchanlikni oshirish maqsadida tok transformatorlar bir nomli fazalarda
(odatda A va C) o‘rnatiladi. Cho‘lg‘amlari «yulduz/uchburchak» (
) va
«uchburchak/yulduz» (
)
ulanishli
transformatorlarda
hamda
ushbu
transformatorlarni ta’minlayotgan tarmoqlarda uch releli sxemani qo‘llash
maqsadga muvofiqdir. Transformatorning past kuchlanish
tarafidagi ikki fazali
qisqa tutashuvlarda yuqori cho‘lg‘amdagi fazalardan birida boshqa fazalaga
nisbatan ikki barobar katta qisqa tutashuv toki oqadi.
Ikki fazali qisqa
tutashuvlarning uchtasidan birida (A-B, B-C, C-A) himoyasi o‘rnatilmagan B
fazaga tug‘ri kelib qolishi inobatga olsak himoyaning sezgirligi ikki barobarga
kamayadi. Ushbu holatda himoyani sezgirligini oshirish
maqsadida ikki fazali
sxemaning qaytish simiga qo‘shimcha KA 3 relesi ulanadi (4.6 - rasmdagi uziq
chiziqlar bilan ko‘rsatilgan).
4.6 - rasm. Ikki fazali ikki releli (uch releli) sabr vaqtli maksimal tokli himoya sxemasi.
Uchburchak (tok transformatorlari uchburchak relelar yulduz) ulanishli
sxema 35 kV va undan yuqori kuchlanishla transformatorlarning
himoyalash
42
maqsadida qo‘llaniladi (4.7-rasm). Simmetrik rejimda va 3 fazali qisqa tutashuvda
reledan fazadagi tokdan
3
martta tok ya’ni liniya toki oqib o‘tadi, shuning uchun
sxema koeffitsienti
3
cx
k
ga teng.
Ushbu uchburchak ulanishli sxemada (to‘liq yulduz ulanishli sxemaga
qaraganda) himoya bir fazali tashqi qisqa tutashuvlarda ishga tushmaydi.
Cho‘lg‘amlari «yulduz/uchburchak» (
) ulanishli ikki cho‘lg‘amli
transformatorlarda uchta reledan bittasi ishlatilmasa ham bo‘ladi,
ushbu holatda
himoyaning sezgirligi o‘zgarmaydi (4.7-rasmdagi KA2 relesi).
4.7 - rasm. Tok transformatorlari uchburchak relelar yulduz ulanishli maksimal tokli himoya
sxema.
Dostları ilə paylaş: