Energetika fakulteti


To‘liq bo‘lmagan uchburchak



Yüklə 232,08 Kb.
səhifə26/36
tarix15.10.2023
ölçüsü232,08 Kb.
#155822
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36
Abu rayxon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti-fayllar.org

To‘liq bo‘lmagan uchburchak (ikki fazali bitta releli) sxemasi faqat
kuchlanishi 1 kV dan katta, qo‘vvati 2 MVt gacha bo‘lgan elektr motorlarni 
himoyalashda qo‘llansa maqsadga muvofiqdir. Ikkilamchi zanjirlarni bunday
ulanishli sxema ba’zida releni «ikki faza toklarining ayirmasiga» ulash sxemasi 
deb yuritiladi (4.8-rasm).

4.8-rasm. Ikki fazali bitta releli sabr vaqtli maksimal tokli himoya sxemasi.


Reledan A va C fazalarga o‘rnatilgan tok transformatorlarning ikkilamchi 

cho‘lg‘amlaridagi toklarning ayirmasiga teng tok o‘tadi.




43


rele

a

c

I

I

I





3

sx


k


. 

Sxema sodda, arzon bo‘lganligi bilan birgalikda sezgirligi avvalgi 


sxemalarga qaraganda pastroq.
Sezgirligi va xarakat zonasi shikastlangan fazalarning kombinatsiyasiga 
bog‘liq. Masalan, A va C fazada qisqa tutashuv bo‘lsa sezgirlik A – B hamda B-C
fazalardagi qisqa tutashuvga nisbatan 2 martta yuqori. 


4.3. Transformatorlarning differensial himoyasi. 

Differensial himoyaning ishlash tamoili himoyalanyotgan 


parallel
o‘rnatilgan qurilmalarni fazalaridagi toklarini mos fazalar bo‘yicha taqqoslashga 
(ko‘ndalang differensial himoya) yoki himoyalanayotgan qurilmaning boshi va
oxiridagi toklarini taqqoslashga (bo‘ylama) asoslangan. 
Yuqorida ko‘rilgan maksimal tokli himoyadan farqli o‘laroq differensial
himoyalar (tanlovchanlik bo‘yicha) mutloq tanlovchanlikka egadir. 
Differensial tokli himoyalar quvvati 6,3 MV A va undan yuqori quvvatli
transformatorlarning asosiy tezkor himoyasi sifatida qo‘llaniladi. Shuningdek 
parallel ishlayotgan quvvati 4 MVA va undan yuqori bo‘lgan transformatorlarda
hamda quvvati 1MVA va undan katta quvvatli transformatorlarda tokli kesim 
yetarlicha sezgirlikka ega bo‘lmagan va vaksimal tokli himoyaning sabr vaqti 1
sekunddan ko‘p bo‘lgan hollarda o‘rnatiladi.
Transformatorlarning differensial himoyasi elektr tarmoqlarning ko‘ndalang
differensial himoyasiga nisbatan bir qator o‘ziga xos xususiyatlariga egadir. 
Birinchidan himoyalanayotgan transformatorning normal ish holatining
o‘zida (differensial himoyaning ish zonasida shikastlanishlar bo‘lmagan holatda) 
himoyaning boshi va oxiridagi fazalardagi toklari qiymati bo‘yicha farq qiladi.
Ushbu holatni himoya elkalaridagi toklarni tenglashtirish maqsadida kerakli 
transformatsiya koeffitsientiga ega bo‘lgan tok transformatorlarni (yuqori va past
kuchlanish tarafdagi tok transformatorlar) tanlash orqali echish mumkin. 
SHuningdek differensial himoyani loyihalash uchun maxsus РНТ va ДЗТ relelari
ishlab chiqilgan. Ushbu relelarning tenglashtiruvchi urami bo‘lib unda himoya 
elkalardagi
toklarni 
tenglashtirish
maqsadida 
qo‘llaniluvchi rostlovchi
cho‘lg‘amlardan iborat. 
Ikkinchidan himoyalanyotgan transformatorning yuqori va past kuchlanish
tarafidagi toklar fazalar bo‘yicha ham farq qilishi mumkin qachonki yuqori va past 
cho‘lg‘amlarning ulanishi bir – biridan farq qilsagina (yulduz/uchburchak
yoki

uchburchak/yulduz


). Ushbu holatda ikkilamchi toklarni tenglashtirish 
maqsadida tok transformatorlarning ikkilamchi cho‘lg‘amlarini ulanish usullarini
o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi ya’ni transformator cho‘lg‘amlari 
«yulduz/uchburchak» (
) ko‘rinishida ulangan bo‘lsa, transformatorning yulduz 
ulanishli
tomoniga 
tok
transformatorlarini 

uchburchak


ko‘rinishida, 
transformatorning uchburchak ulanishli tomoniga tok transformatorlarini yulduz
ko‘rinishida va aksincha ulanadi (4.9 - rasm). 


44


Uchinchidan differensial himoyaning ishlash tokini tanlayotganda
himoyalanayotgan transformatorni ishga tushirish natijasidagi magnitlovchi 
tokning sakrashini hisobga olish lozim.
To‘rtinchidan, himoyaning ishlash tokini tokning nobalansidan sozlashda 
ushbu tokning ikkita qo‘shimcha tashkil etuvchisini hisobga olmoq lozim. Birinchi
tashkil etuvchi tok transformatorlarni tanlashda ikkilamchi toklari to‘liq 
rostlanmaganligi yoki tenglashtiruvchi o‘ramlarda cho‘lg‘amlarning yaxlitlangan
qiymatlarini qo‘yishga majbur bo‘lganligimizdan kelib chiqadi. Ikkinchi tashkil 
etuvchi transformatorning kuchlanishini yuklama ostida rostlash natijasida kelib
chiqadi. 

4.9 - rasm. Differensial tokli himoya sxemasi. 

Transformatorning differensial himoyalarining qo‘yidagi turlari keng 
tarqalgan: differensial tokli kesim, tez tuyinuvchi tok transformatorli differensial
himoya hamda tormozli differensial himoya. 



Yüklə 232,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin