Abu rayxon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti-fayllar.org
4.2. Maksimal tokli himoya
Ishlash tamoili va qo‘llanish sohasi.Maksimal tokli himoya
himoyalanayotgan elementning ishlash tokidan o‘ta oshishidan ishga tushadi.
Transformatorning tokini oshishiga transformatorning o‘zini shikstlanishi,
shinalardagi yoki past kuchlanish tomonidan ketuvchi elementlardagi qisqa
tutashuvlar, shuningdek transformatordan ta’minlanayotgan motorlarning o‘z –
o‘zini ishga tushishi hamda zahirani qayta ulash orqali transformatorga qo‘shimcha
yuklamani qo‘shilishi sabab bo‘lishi mumkin. Motorlarning o‘z – o‘zini ishga
tushishi natijasida yoki zahirani qayta ulash orqali transformatorga qo‘shimcha
yuklamani qo‘shilishidan hosil bo‘luvchi o‘ta yuklanishlardan himoyani
ortiqcha(hato) ishlashini oldini olish maqsadida maksimal tokli himoyaning ishlash
toki o‘ta yuklanishlardan hosil bo‘luvchi eng maksimal tokdan katta bo‘lishi lozim.
Maksimal tokli himoyaning funksional sxemasi 4.4 - rasmda berilgan.
Maksimal tokli himoyaning o‘lchov qismi ikki yoki uchta maksimal tok
relelaridan iborat. Tok relesining chiqish kattaligi «YOKI» sxemasi bo‘yicha
amalga oshiriladi, ya’ni himoya uchta relidan bittasi, ikkitasi yoki uchchalasi
ishlaganda ham ishga tushadi. Mantiqiy qismda sabr vaqtni hosil qiluvchi qism
«V» bo‘lishi lozim. Ushbu sabr vaqtni hosil qiluvchi qism himoyani 0,1 dan 1,3
sekund oralig‘ida ishlashini ta’minlab beradi. Shuningdek habar berish qismi
«HB» hamda bajaruvchi qism «BQ» ko‘zda tutilgan bo‘lib, ular transformatorni
ikkala tomondan o‘chirishga hizmat qilishadi ya’ni 10 kV li tomondan uzgich Q
o‘chiriladi hamda 0,4 kV li tomondan avtomatni AV o‘chiriladi.
Transformatorlarda boshqa himoyalarni (gazli himoya, differensial himoya
transformatorlarda o‘rnatilish shart. Chunki maksimal tokli himoya transformatorni
o‘zini himoyalab qolmasdan past kuchlanish tomondagi shinalarni shuningdek past
kuchlanish tomondan ketuvchi qurilmalarning o‘zgichlarining himoyasini
zahiralashi mumkin, ya’ni uzoqdan zahiralashni amalga oshirishi mumkin.