45
sezgirligini yetarli darajada ta’minlab bera olmasligi sababli ushbu himoyani
ishlata olmaslikka olib keladi.
4.10 - rasm. Transformatorning differensial tokli kesim sxemasi.
Tez tuyinuvchi tok transformatorli differensial himoya kuchlanishni
yuklama ostida rostlovchi qurilmasi bo‘lmagan transformatorlarda РНТ (РНТ-565)
turidagi rele asosida ishlatiladi. РНТ-565 relesining soddalashtirilgan sxemasi
4.11-rasmda ko‘rsatilgan.
4.11 - rasm. РНТ-565 relesining soddalashtirilgan sxemasi.
46
4.11 – rasmda w
2
– ikkilamchi cho‘lg‘am; w
qt
– qisqa tutashtirilgan
cho‘lg‘am; w
ish
– ishchi cho‘lg‘am, o‘ramlar soni 8 dan 35 gacha oralig‘ida bitta
o‘ram aniqligigacha o‘rnatilishi mumkin; w
t1
va w
t1
– tenglashtiruvchi
cho‘lg‘amlar, ushbu cho‘lg‘amlarning har birida 0 dan 34 gacha oralig‘ida
o‘ramlarni o‘rnatish mumkin.
Relening tuzilishida tez tuyinadigan tok transformatorini va qisqa
tutashtirilgan cho‘lg‘amning borligi himoyaning ishlash tokini kamaytirishga
hamda sezgirligini oshirishiga imkon beradi. РНТ-565 rele asosida ikki
cho‘lg‘amli transformatorning differensial himoyasining bir ko‘rinishi 4.12 -
rasmda ko‘rsatilgan.
4.12-rasm. РНТ-565 rele asosida tuzilgan ikki cho‘lg‘amli transforma-torning differensial
himoyasining sxemasi.
ДЗТ relesi (masalan, ДЗТ-11) asosidagi tormozli differensial himoya odatda
kuchlanishni yuklama ostida rostlovchi qurilmasi bo‘lgan transformatorlarda
qo‘llaniladi. Soddalashtirilgan ДЗТ-11 sxemasida (4.13 - rasm) w
tor
–
tormozlanuvchi cho‘lg‘am nomlanib, o‘ramlar soni qo‘yidagi qatorlardan
o‘rnatilish mumkin: 1, 3, 5, 7, 9, 11, 13, 18, 24. Ishchi va tenglashtiruvchi
cho‘lg‘amlarning tavsiflari РНТ-565 relesini bilan bir xildir. Tez tuyinuvchi tok
transformatorning magnit o‘tkazgichidagi tormozlovchi cho‘lg‘am tufayli
himoyaning ishlash toki faqat magnitlovchi tokning sakrashidan sozlab tanlanadi
(tokning nobalansi hisobga olinmaydi). Odatda ushbu holat himoyaning
sezgirligini yanada oshishiga olib keladi. Lekin nisbatan kattaroq sezgirlikni
ta’minlash bo‘yicha РНТ relesi asosidagi himoyada quzatilgan, shuning uchun
47
umumiy holda yuqorida keltirilgan himoyalarni qo‘llashda tekshirish imkonini
beruvchi algoritmni tavsiya qilish mumkin.
4.13 - rasm. ДЗТ relesining soddalashtirilgan sxemasi (ДЗТ-11).
Dostları ilə paylaş: