xarakterlanish tamonlari bo‘ladi. Energetik tizim tarkibiga o‘z navbatida
6
-
Jihozlarning zavod tomonidan yaroqsiz ishlab chiqarilishi. Ya’ni barcha
jihozlarning ishga yaroqli ekanligining minimum holatlari haqida
ma’lumoti bo‘lishi kerak.
Bunday ma’lumotlarga quyidagilar nazarda tutiladi.
1) Qisqa tutashish tokini cheklovchi reaktorlardan foydalanish,
generatsiya
manbalarining normadan ortiq konsentratsiyasini kamaytirish.
2) Jihozlarda qisqa tutashish toklarini cheklash uchun yetarlicha mexanik va
termik chidamlilik bo‘lishi.
3) Avariyaga qarshi tizim avtomatikasidan foydalanish.
Releli himoya va avtomatika, energetik tizimining bir qismi hisoblanib
normal ishlashi uchun shart-sharoit yaratadi.
Unga quyidagi funksiyalar kiradi:
a) buzilgan elementni avtomatik ravishda aniqlab uni tizimdan ajratishdir.
Bunda himoya vositasi sifatida uzgichni o‘chirib, tizimining buzilmagan qismi
bo‘yicha normal ish sharoitini tiklash bilan erishiladi.
b) normal bo‘lmagan rejimlarni avtomatik aniqlab va uni yo‘qotish tadbirini
qo‘llash. Normal rejimning buzilishi ortiqcha yuklanish sodir bo‘lganda
tezda
o‘chirilishi kerak. Shuning uchun himoya jihozlari iste’molchilarning
yuklanishlarini kamaytiradi.
Energotizimning elektr qismida, ya’ni elektr stansiyasi (ES) va
podstansiyaning (PS) elektr uzatish liniyasi (EUL) va elektr energiya
iste’molchilarining elektr qurilmalarida shikastlanish va nonormal ish rejimlari
bo‘lishi mumkin.
Kuchlanish pasayishi elektr energiya iste’molchilarining normal ishlashini va
energosistema ESlarini turg‘un parallel ishlashini buzadi.
Nonormal rejim asosan kuchlanish, tok va chastotani ruxsat etilgan qiymatdan
og‘ishiga olib keladi. Chastota va kuchlanishni pasayishi iste’molchilarning
normal ishlashi va EESni turg‘unligiga xavf tug‘diradi, kuchlanish va tokning
oshishi esa qurilmalar va EUL da shikastlanishni yuzaga keltiradi.
Shikastlangan joydagi buzilishlarni kamaytirish va ESS ning shikastlanmagan
qismining normal ishlashini ta’minlash uchun tezda topish va
shikastlangan joyni
ESSning shikastlanmagan qismidan ajratish zarur.
Nonormal rejimning xavfli oqibatini oldini olish mumkin, agarda o‘z vaqtida
oldini olish choralari ko‘rilsa (masalan, agar tok va kuchlanish oshganda ularni
kamaytirish), zarur bo‘lsa, ya’ni uning ish rejimi ruxsat etilgandan oshsa qurilmani
o‘chirish kerak.
Shikastlangan joyni aniqlash va o‘chirishni juda tez –ko‘p hollarda
sekundning yuzdan va o‘ndan bir jarayonidaamalga oshirishni zarur, buni
ta’minlash faqat avtomatika vositalari amalga oshiradi. Buning natijasida EES va
uning elementlarini shikastlanishlar va nonormal rejimlarning xavfli oqibatlaridan
himoyalovchi avtomatik qurilmalarni yaratish va tadbiq etish zaruriyati paydo
buldi. Birinchi bulib shunga o‘xshash avtomatika (himoya)
sifatida eruvchan
saqlagichlar qullanildi. Natijada elektr avtomatlardan yordamida tayyorlangan
himoya qurilmalari yaratila boshlandi. Shu tariqa himoya
rele himoyasi deb
nomlandi.
7
Agar nonormal rejimlar vujudga kelsa RH ularni aniqlashi kerak va buzilish
xarakteriga bog‘liq holda yoki agar shikastlanish bo‘lish xavfi paydo bo‘lsa
qurilmani o‘chirish kerak, yoki normal rejimni qayta tiklash uchun avtomatik
operatsiyalarni amalga oshirish kerak, yoki operativ personalga signalni amalga
oshirish, u esa nonormal holatni bartaraf etish uchun chora ko‘rishi kerak.
Rele himoyasi elektr avtomatikaning asosiy turi hisoblanadi, busiz
energosistema normal ishlay olmaydi. U boshqa turdagi elektr avtomatikalar, ya’ni
avariyaviy buzilishlarni oldini oladigan va EES va iste’molchilar elektr ta’minotini
tezda normal ish rejimini tiklaydigan avtomatik qayta ulagich (APV), zahiradagi
manbani avtomatik ravishda ulash (AVR), chastotani avtomatik yuksizlantirish
(ACHR) va h.k. bilan o‘zaro bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: