Energetika fakulteti


 Rele himoyasi qo‘yiladigan asosiy talablar



Yüklə 232,08 Kb.
səhifə5/36
tarix15.10.2023
ölçüsü232,08 Kb.
#155822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Abu rayxon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti-fayllar.org

1.3 Rele himoyasi qo‘yiladigan asosiy talablar. 

Tanlovchanlik. Rele himoyasining selektivligi yoki tanlovchanligi deb uning
tarmoqning faqat shikastlangan uchastkasini o‘chirish qobilyati tushuniladi. Agar 
K1 nuqtada qisqa tutashuv sodir bo‘lsa (1.3 - rasm), rele himoyasi shikastlangan
elektr tarmoqning shikastlanish joyga eng yaqin bo‘lgan Q2 uzgichini o‘chirishi 
kerak. Rele himoyasining bunday harakati natijasida shikastlangan tarmoqdan
tashqarish barcha iste’molchilarning elektr ta’minoti saqlanadi. Agar qisqa 
tutashuv K2 nuqtada bo‘lsa, rele himoyasi tanlovchan ishlashi natijasida
shikastlangan L1 tarmoqni o‘chirishi, L2 tarmoq esa ish holatida qolishi kerak. 
Bundan iste’molchilarning ta’minoti saqlanadi.
Shunday qilib tanlovchanlik rele himoyasining ning shartli talabi hisoblanadi, 
undan cheklanish faqat tezkorlikni ta’minlash uchun ruxsat etiladi, qachonki
noselektiv o‘chirish o‘zidan xavfli oqibatlarni keltirib chiqarmasa. 
1.3 - rasm. Qisqa tutashuvni tarmoqdan tanlab o‘chirish 
Tezkorlik. Qisqa tutashuvni o‘chirish shikastlangan joyni buzilish
o‘lchamini kamaytirish, qurilmalar, kabel va havo elektr uzatish tarmog‘ining 
termik barqarorligini ta’minlash, elektr uzatish tarmog‘ini avtomatik qayta ulash va
yig‘ma shinalari effektivligini oshirish uchun, iste’molchilarning ishida kuchlanish 


10


pasayishini ta’sirini kamaytirish va elektrstansiya generatorlari turg‘un parallel
ishlashini saqlanishi katta tezlikda amalga oshirilishi kerak. 
Qoldiq kuchlanish qanchalik kichik bo‘lsa, turg‘unlikning bo‘zilish ehtimoli
shuncha katta va binobarin, qisqa tutashuvni shuncha tez o‘chirish kerak. 
Turg‘unlik shartiga asosan uch fazali qisqa tutashuv va neytrali yerga zaminlangan
tarmoqlarda ikki fazali qisqa tutashuv eng og‘ir hisoblanadi (1.1,a va g rasmga 
qarang).
Energotizimning turg‘unligini saqlash uchun qisqa tutashuvni o‘chirish juda 
kichik vaqti talab etadi. 750-1150 kV li tarmoqlarda fazalararo qisqa tutashuv
yuzaga kelsa 0,06-0,08 s, 330-500 kV li tarmoqlarda 0,1-0,12 s, 110-220 kV li 
EUL 0,1-0,12 sekundlarda o‘chirilishi kerak.
Agar qoldiq kuchlanish nominialning 60% dan kichik bo‘lsa, turg‘unlikni 
saqlash uchun shikastlanishni tez o‘chirishni ta’minlash kerak, ya’ni tez ishlovchi
releli himoyani qo‘llash kerak.
Yuqorida keltirilgan qisqa tutashuvning to‘liq o‘chirish vaqti t

q.o‘.
rele

himoyaning ishlash vaqti t



h
va qisqa tutashuv tokini ajratadigan uzgichning t


o‘
vaqtlari yig‘indisidan iborat , ya’ni: t


q.o‘.

= t

h

+ t

o‘
.
Qisqa tutashuvni o‘chirish vaqtini kamaytirish uchun rele himoyani va 

uzgichni ishlashini tezlashtirish kerak. 220-750 kV li uzgichlar t



o‘
=0,04÷0,06 
cekundda ishlaydi. Juda tez ishlaydigan releli himoya muhim ahamiyatli
energotizimlarda qo‘llanilib, t


o‘
=0,02÷0,04 cekundda ishlaydi. 
Asosiy ET dan uzoqdagi 6-35 kV li taqsimlovchi tarmoqlarda qisqa
tutashuvni o‘chirish vaqti 1,5-3 s da ham ruxsat etiladi. Lekin ushbu tarmoqlarda 
ham releli himoyaning ishlash vaqtini kamaytirish choralarini ko‘rish kerak.
Tanlovchan tez ishlovchi releli himoya qiyin va qimmat. Soddalashtirish 
maqsadida oddiy tez ishlovchi, lekin yetarli tanlovchanlikni ta’minlab
bermaydigan releli himoyani ishlatishga ruxsat etiladi. Bu holda noselektivlikni 
tuzatish uchun avtomatik qayta ulash foydalaniladi, o‘zining chegarasidan keyingi
hudud noselektiv o‘chgan bo‘lsa, qayta tez qo‘shadi. 



Yüklə 232,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin