4. TRANSFORMATORLARNING RELELI HIMOYASI. Transformatorlarning releli himoyasining turlari. Quvvati 1 MVA va undan
katta bo‘lgan pasaytiruvchi transformatorlar uchun shikastlanish va nonormal
holatlardan saqlash maqsadida qo‘yidagi asosiy releli himoyalar qo‘llaniladi.
1. Bo‘ylama differensial himoya. Ushbu himoya cho‘lg‘amlararo hamda
chiqishlardagi barcha turdagi qisqa tutashuvlardan himoyalaydi. Bo‘ylama
differensial himoya quvvati 6,3 MV A transformatorlardan boshlab qo‘llaniladi,
ammo quvvati 1 MV A gacha bo‘lgan transformatorlar uchun ham qo‘llanilishi
mumkin.
2. Sabr vaqtsiz tokli kesim. Ushbu himoya bo‘ylama differensial himoya
o‘rnatilmagan transformatorlarda qo‘llanilib, transformatorning yuqori kuchlanish
tarafidagi barcha qisqa tutashuvlardan himoyalaydi.
3. Gazli himoya. Transformator bakining ichidagi har qanday
shikastlanishlar natijasida tranformator moyidan ajralib chiqadigan gazlar,
shuningdek bakda moy satxining kamayishidan himoyalaydi. Gaz relesi quvvati 1
MV Ali transformatorlarda boshlab qo‘llaniladi. Quruq transformatorlar uchun
manometrli himoya qo‘llaniladi.
4. Maksimal tok himoyasi (MTX). MTX transformatorning chiqishlaridagi
hamda transformator ichidagi barcha qisqa tutashuvlardan shuningdek tashqi qisqa
tutashuvlardan ya’ni past kuchlanish tarafdan ketuvchi liniyalardagi qisqa
tutashuvlardan (agarda ushbu liniyalarning himoyalari kommutatsion apparatlar
ishlamagan taqdirda) himoyalaydi.
5. Nul ketma-ketli maxsus tokli himoya. Ushbu himoya neytrali
mustahkam zaminlangan transformatorlarning pastki kuchlanish tarafidagi yerga
qisqa tutashuvlardan himoyadi.
6. Maxsus zaxira maksimal tok himoyasi. Transformatorlarning past
kuchlanish tarafidagi fazalararo qisqa tutashuvlardan himoyalash maqsadida
qo‘llaniladi.