2.3. “Namanganmash” aktsionerlik jamiyatining joriy loyihalari va investitsiya takliflari Qayta qurish va rivojlantirish bo‘yicha quyidagi strategik rejalar ishlab chiqilgan:
• Iqtisodiy siyosat.
• Menejmentni boshqarish.
• Marketing va sotish.
Korxonada ISO 9001: 2008 xalqaro standartiga muvofiq sifatni boshqarish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Mahsulot turlarini kengaytirilishi natijasida bosimi PN-4,0; 6,3; 16,0; 25,0 va 38,0 MPa bo‘lgan zulfin va klapanlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirdi;
Rossiya, Ukraina, Belorussiya va Qozog‘istonda dilerlik markazlarini ochish loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Korxona quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha uzoq muddatli strategik hamkorlik o‘rnatishni maqsad qilib olgan:
1. Yuqori sifatli quvur zulfin va klapanlarini ishlab chiqarish uchun nou-xau va litsenziyaga ega bo‘lgan energetika kompaniyalari bilan hamkorlik o‘rnatish.
2. Yuqori sifatli po‘lat quymalar va shuningdek import qilinadigan materiallar va xom-ashyo etkazib beruvchilar bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.
3. Rossiya Federatsiyasida quvur zulfin va klapanlarini sotuvchi yirik dilerlar bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.
Korxonada keng turdagi zulfin va klapanlar ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan barcha ishlab chiqarish komponentlari va ishlab chiqarish infratuzilmasi mavjud.
Chet el quvur zulfin va klapanlari mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korhonalarga O‘zbekiston Respublikasi bozorida mahsulotlarini sotish bo‘yicha o‘z xizmatimizni taklif etamiz.
Korxonada bosimi PN38,0 MPa, va xarorati +545 C gacha bo‘lgan yuqori ko‘rsatkichlarga mo‘ljallangan ENERGETIKA SOHASI UCHUN KLAPANAR loyihalandi va ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev aytganlaridek “ Garvard universiteti tadqiqotlari-
ga ko’ra, mamlakatimizda 50 dan ortiq sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda
Barcha imkoniyat va nisbiy ustunliklarga ega. Ayniqsa, neft-gaz, metallurgiya,
mashinasozlik, elektrotexnika, farmatseftika, qurilish materiallari, to’qimachilik,
charm-poyabzal, oziq-ovqat, hamda “yashil iqtisodiyat”4 bilan bo’gliq sanoat
tarmoqlari iqtisodiyotimiz “drayverlari”5ga aylanishi uchun barcha yetarli sharoitlar mavjud.”6 Shunday ekan Namanganmashning yorug’ kunlari hali qorong’likka
botmaydi.
Hozirgi vaqtda diametri DN-10, 20 mm bosimi PN38,0 va 25,0 MPa, ishchi muxiti suv va bug‘ga mo‘ljallangan klapanlar ishlab chiqarilmoqda.