Energetika va sanoatni axborotlashtirish


II.Bob. “Namanganmash” aktsionerlik jamiyati xo‘jalik faoliyatining ichki va tashqi muxitidagi o‘zgarishlar



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə6/15
tarix21.10.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#65731
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Energetika va sanoatni axborotlashtirish

II.Bob. “Namanganmash” aktsionerlik jamiyati xo‘jalik faoliyatining ichki va tashqi muxitidagi o‘zgarishlar
2.1. “Namanganmash” aktsionerlik jamiyatining iqtisodiy faoliyati tavsifi
“NAMANGANMASH” aksiyadorlik jamiyati Farg‘ona vodiysining Namangan shahri markazida joylashgan.
Korxona xududi 9,15 gektar maydondan iborat bo‘lib, shundan 54% qismiga binolar qurilgan. Korxona barcha zarur infratuzilmaga ega. Jumladan, suv ta’minoti, kanalizatsiya, gaz ta’minoti va elektr ta’minoti tizimlari, omborxona binolari, shuningdek, o‘z qozonxonasi mavjud. Eng yaqin temir yo‘l stantsiyasigacha bo‘lgan masofa 1,5 kilometrni tashkil etadi
1962 yilda - Sovet Ittifoqi Kimyo Mashinasozlik Ministrligi qoshida elektr shtabellerlarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan Namangan mashinasozlik zavodi tashkil etildi.
1 967 yilda - uglerodli,legirlangan, zanglamas po‘lat va titan qotishmalaridan tayyorlanadigan quvurlar uchunto‘sgich zulfinlar (zapornayaarmatura) ishlab chiqarishga moslashtirildi.
1 978 yil - asosiy ishlab chiqarish ob’ektlarining ikkinchi navbati foydalanishga topshirildi, ya’ni 10 ming kv.m. bino va inshoot qurib bitkazildi, 250 ta – dastgoh, uskunalar o‘rnatildi.
1994 yilda korxona «Namanganmash» ochiq aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.
1 999-2000 yillar davomida korxonaning quyuv sexi rekonstruksiya qilindi va uning quvvati 1,8 barobarga oshirildi. 2001 yilda yangi mahsulot turi quyma po‘lat zulfinlar (zadvijka)ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
2014 yilda korxona «Namanganmash» aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.
Har yili mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashnirilishi natijasida mahsulot turlari kengaytirib borildi. Jumladan energetika sohasi korxonalari ehtiyojlarini qondirish maqsadida 15s6nj, 15ls6nj markadagi klapanlar ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Ushbu turdagi klapanlarning eksperimental namunalari "O‘zbekenergo" AJ tarkibiga kiruvchi korxonalarda sinovdan o‘tkazildi.
“Oxangaronsement” AJ buyurtmasi asosida ostki qismida joylashgan qapqoq yo‘rdamida ichki qismini yuvib tozalash imkonini beruvchi zulfinlar (NA 11097) ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Navoiy kon metallurgiya kombinati va kimyo sanoati korxonalari ehtiyojlariga asosan bosimi PN16, PN25, PN40 mo‘ljallangan 15s 65p, 15s12p, 15s18p, 15s22p markadagi flansli klapanlar ishlab chiqarildi.
Ishlab chiqarilayotgan zulfin mahsulotlarini katta diametrdagilarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda.
Korxonaning ishlab chiqarish maydoni 30,0 ming kvadrat metrni tashkil etib ushbu maydonga sobiq Sovet Ittifoqi va xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqarilgan 500 dan ortiq universal va ixtisoslashtirilgan dastgox va uskunalar joylashtirilgan.
Korxonada cho‘yan, uglerodli, legirlangan po‘latlar, titan qotishmalari, rangli metallar va polietilenga ishlov berish texnologiyalari qo‘llaniladi.
Ishlab chiqarish texnologiyasida maxsulotning alohida qismlarini ishlov berishdan boshlab yig‘ish bilan yakunlanuvchi jarayonlari yuqori mahsuldorlik va aniqlikka ega bo‘lgan maxsus dastgoxlar tizimda amalga oshiriladi.
Eng muhimi, ushbu texnologiya barqaror sifatli mahsulot ishlab chiqarishni kafolatlaydi.
Zarur kimyoviy tarkib va mexanik xususiyatlarni ta’minlash maqsadida payvandlashning ilg‘or usullari, mahsulotni himoya gazlar muhitida, yani flyus qatlami ostida avtomat payvandlash usuli joriy etilgan.
Barcha uzellar maxsus sinov stendlarida chidamlilik va germetiklik bo‘yicha dastlabki gidravlik sinovdan o‘tadi va shundan so‘ng ular yig‘ish jarayo‘niga tushadi. Yig‘ish ishlari yakuniga etgach mahsulotning barcha asosiy sifati va chidamliligini belgilovchi yakuniy gidravlik sinov amalga oshiriladi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin