Energetika va sanoatni axborotlashtirish


Strategiyani ishlab chiqish, uni amalga oshirish va nazorat qilish



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə5/15
tarix21.10.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#65731
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Energetika va sanoatni axborotlashtirish

1.3. Strategiyani ishlab chiqish, uni amalga oshirish va nazorat qilish
Strategik rejalashtirish bo‘limining roli va vazifalari axborotlar to‘plash va ularni ishlash, strategiyani xar yili qayta ko‘rib chiqish tizimini yaratish va kelajakda uni boshqarishdan iborat bo‘ladi. Direktorlar kengashi muxim strategik yo‘nalishlarni ko‘rib chiqadi va yuqori boshqaruv tizimi tavsiya etgan strategik rejalarni rasmiy jixatdan tasdiqlaydi. Mana shu marosim davomida kengash oxir-oqibatda qabo‘l qilingan strategiya uchun javobgar bo‘ladi.
Direktorlar kengashining vazifasi - bu barcha korxonalar yetarli darajada tahlil qilib va ko‘rib chiqilganligiga xamda taklif etilgan strategik chora-tadbirlar mavjud variantlardan eng yaxshisi ekanligiga ishonch xosil qilishdan iboratdir.
Strategik rejalashtirishning afzalliklari :
1.Ishni tashkil etishni strategiyaning «biz nima qilish uchun xarakat qilayapmiz va nimaga erishyapmiz?» degan asosiy aspektga yo‘naltirilganligini ta’minlash;
2.Vujudga kelayotgan o‘zgarishlar, yangi imkoniyatlar va taxdid solayotgan tendentsiyalarga menejerlarning yanada aniq reaktsiya ko‘rsatish zaruriyati;
3.Kapital qo‘yilmalar va personal sonini kengaytirishning muqobil variantlarini baholash, ya’ni resurslarni strategik asoslangan va yuqori rentabelli loyihalarga oqilona yo‘naltirish imkoniyati;
4.Boshqarishning barcha darajalari rahbarlarini qarorlarini birlashtirish imkoniyati;
5.Faol rahbarlikka yaxshi imkoniyatlar yaratadigan va o‘zgarishlarga passiv reaktsiya ko‘rsatish tendentsiyalariga karshilik qiladigan muhitni yaratish.
Strategiyani ishlab chiqish taxlilga asoslangan ish bo‘lib, taxlil 2 yo‘nalishda olib boriladi:
1-Tarmoqdagi vaziyat va undagi raqobatning shartlari.
2-Kompaniya ichidagi vaziyat, uning raqobatbardoshligi.
Tarmoqlar o‘zining iqtisodiy ta’rifi, ulardagi raqobat va rivojlanish istiqbollari bo‘yicha bir - biridan farq qiladi. Masalan: Ilmiy texnika taraqqiyoti sur’atlari yuqori va past bo‘lishi mumkin.Xar bar tarmoq uchun zarur bo‘lgan kapital qo‘yilmalar xajmi xam xar xil bo‘ladi. Bozorlar esa mahalliydan tortib dunyo bozorigacha farqlanadi. Raqobat kuchli yoki zaif bo‘ladi. Talab xam o‘sib boruvchi yoki kamayib boruvchi bo‘ladi. Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobatni taxlil qilishda aloxida usullar qo‘llanilib, bu usullar tarmoqda bo‘layotgan o‘zgarishlar va raqobat kurashini baxolash imkonini beradi.
Buning uchun quyidagi 7ta savolga javob topish lozim:
1. Tarmoqni ta’riflovchi umumiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar.
2. Tarmoqdagi raqobat kuchlari va ular ta’sirining darajasi
3. Raqobat kuchlari tarkibida o‘zgarish yasovchi omillar.
4. Kompaniya raqobat mavqeining kuchli va zaif jixatlari.
5. Raqobat kurashida muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlikning kalit omillari.
6. Raqobat qaysi yo‘nalishda borishini kim belgilaydi?
7. Foyda olish nuqtai nazaridan tarmoqning jozibadorligi
Vaziyat taxlilining maqsadi kompaniyaning ichki va tashqi muxitiga xos bulgan va kompaniyaning strategik yunalishi va imkoniyatlarini eng yorqin ifodalovchi jixatlarni aniqlashdan iboratdir. Bunda asosiy e’tibor strategiyaga oid bir qator muxim savollarga aniq javoblar topishga qaratiladi. Sungra bu savollar kompaniyadagi strategik vaziyatning aniq manzarasini shakllantirish va uning strategik xatti-harakatlariga muqobil variantlarni belgilash uchun foydalaniladi. Yakka biznes bilan shug‘ullanuvchi kompaniyadagi strategik vaziyatni taxlil qilish usullari kelgusida kupincha diversiyalangan kompaniyaning strategiyasini taxlil qilishda ham foydalaniladi.Yakka biznes bilan shug‘gullanuvchi kompaniyadagi tashqi vaziyatni (makro muhitni) taxlil qilishda odatda soxa va raqobat taxlillaridan foydalaniladi. Vaziyatni taxlil qilishda firmaning eng yaqin atrofi (mikro muhiti) urganiladi. 6-rasmda yakka biznes bilan shug‘ullanuvchi kompaniya uchun strategik taxlilning strukturasi keltirilgan. Kompaniya strategik taxlilining mantiqiy echimi strategiyani tanlashda muqobil variantlarga baxo berishdir.
Shunday qilib, ushbu taxlil strategik rejani shakllantirishning dastlabki nuqtasidir. Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobatning taxlili asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘rganishdan boshlanadi.
Bu ko‘rsatkichlar quyidagilardan iborat:
1. Bozor xajmi.
2. Raqobat miqyosi (mahalliy , regional, dunyo).
3. Bozorning o‘sish sur’atlari va uni rivojlanishining qaysi bosqichda ekanligi.
4. Raqobatchilar soni va ularning xajmi.
5. Xaridorlar soni va ularning moliyaviy imkoniyatlari.
6. Integratsiya qaerga qarab ketayapti?
7. Texnologik o‘zgarishlarning yo‘nalishi va sur’atlari.
8. Tarmoqqa kirish va undan chiqish osonligi.
9. Raqobatchilarning maxsuloti va xizmatlarining tabaqalanish darajasi.
10. Kompaniyaning ishlab chiqarish xajmi, transportirovka qilish , marketing va reklamani tashkil qilishda tejamkorlikka erishish imkonining borligi.
11. Tarmoqdagi «o‘qitish / tajriba» egri chizig‘i ijobiy tendentsiyaga egami?
12. Tarmoqqa zarur bo‘lgan kapital sarmoyalar qo‘yilyaptimi?
13. Tarmoqdagi daromad darajasi umumiy daromad darajasidan pastmi yoki yuqorimi?
Ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha soxaning «portretini» tuzib, so‘ng uni taxlil qilib chiqish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ushbu jadvalda ayrim iqtisodiy ko‘rsatkichlarning strategik jixatdan muhimligiga doir ma’lumotlar keltirilgan
.«GARVARD» universitetining professori Maykl Porter tarmoqdagi raqobatchi kuchlarni quyidagicha guruxlagan:
1.Tarmoq ichida sotuvchilar o‘rtasidagi raqobat.
2.Boshqa tarmoqdagi kompaniyalarning o‘z tovarlari bilan bu tarmoqdagi xaridorlarni egallab olishga xarakat qilishi.
3.Tarmoq ichida yangi raqobatchilarning paydo bo‘lishi.
4.Xom ashyo va butlovchi detallar yetkazib beruvchilarning o‘z shartlarini o‘tkazishga urinishlari.
5. Xaridorlarni o‘z shartlarini o‘tkazishga urinishlari.
Bu taxlil firma mazkur tarmoqda duch kelishi mumkin bulgan qulay imkoniyatlar va xavf-xatarlarni aniqlab olish maqsadida amalga oshiriladi.Porter buning «beshta kuch» modelini taklif qilgan . U ushbu modelni asoslab berar ekan, bu kursatkichlarning ta’sir kuchi qanchalik yuqori bulsa, mavjud kompaniyalarda narx va daromadni oshirish imkoniyati shunchalik kam bulishini ta’kidlagan edi. Bu kuchlarning zaiflashishi esa kompaniyalar uchun qulay imkoniyatlarni vujudga keltiradi. Kompaniya uz strategiyasini uzgartirib, ushbu kursatkichlarni uz foydasiga o‘zgartirishi mumkin.Potentsial raqobatchilarning kirish xavfi (Porterning birinchi kuchi) kompaniyaning daromadlariga taxdid solishi mumkin. Ikkinchi tomondan, agar bu xavf kichik bulsa, kompaniya narxlarni oshirib, uz daromadlarini kupaytirishi mumkin. Bu omilning raqobatchilikkuchi kirish tusiqlarining (tarmoqqa kirish qiymatining) balandligiga kuchli darajada bog‘liqdir.
Bunday tusiqlarning uchta asosiy manbayi bor:
- xaridorlarning savdo markasiga sodiqligi (kirib kelayotgan kompaniyalar buni katta investitsiyalar evaziga bartaraf qilishlari mumkin);
- xarajatlar buyicha mutlaq ustunliklar (ishlab chiqarish xarajatlarining yanada kamligi mavdul kompaniyalar uchun yangi kompaniyalar erishishi qiyin bulgan katta ustunliklar beradi);
- kulamdan tejash (bunday ustunlikka odatda katta kompaniyalar ega buladilar). U standartlashtirilgan maxsulotni yoppasiga ishlab chiqarishda xarajatlarning kamaytirilishi, xom ashyo, material va tarkibiy qismlarni katta miqdorlarda sotib olishdagi chegirmalar, reklamaga sarflanadigan xarajatlarning kamaytirilishi va xokazolar bilan bog‘liqdir.
Bularning barchasi ishlab chiqarishni endi boshlayotgan kompaniyalar uchun katta qiyinchiliklar tug‘diradi.Porter nazariyasi buyicha ikkinchi raqobatchi kuch tarmoqda mavjud bulgan kompaniyalarning raqobatlashuvidir.
Bu yerda ham uchta omilning ta’sirini kursatib utish mumkin:
- tarmoqdagi raqobatning strukturasi;
- talabning shart-sharoitlari;
- tarmoqqa kirish to‘siqlarning balandligi.
Tarmoqdagi raqobatning strukturasi tarmoqdagi konsolidatsiya darajasiga (uning fragmentlanganligi, oligopoliya yoki monopoliya sharoitlari mavjudligi) bog‘liqdir. Fragmentlangan tarmoqda potentsial xatarlar qulay imkoniyatlarga qaraganda kuproq buladi, chunki bunday tarmoqlarga kirib kelish nisbatan yengildir.Konsolidatsiyalangan tarmoqlarda odatda katta va mustaqil kompaniyalar faoliyat kursatadilar. Binobarin, bir kompaniyaning raqobatchilik faoliyati boshqa raqobatchilarning bozordagi ulushiga
bevosita ta’sir qiladi, natijada ular tezda bunga javoban harakat qilib, raqobat kuchayadi. Bunday kompaniyalarning narx urushi olib borish imkoniyati raqobatning asosiy xatarli kuchidir. Bunday xollarda kompaniyalar sifatdagi ustunliklar buyicha raqobatlashishga intiladilar, ya’ni raqobatchilik urushi savdo markasiga sodiqlik va narx urushi extimolini kamaytirish pozitsiyalaridan olib boriladi. Bunday taktikaning muvaffaqiyati tarmoqda maxsulotni tabaqalash imkoniyatlariga bog‘liqdir.Tarmoqda talabning usib borishi raqobatning susayishiga va ayni paytda ekspansiya uchun katta imkoniyatlarning vujudga kelishiga olib keladi. Talab bozor bilan birgalikda usib boradi, kompaniyalar investitsiyalarning qaytish tezligini oshirish imkoniyatiga ega buladilar, bu esa ularga bulgan e’tiborni kuchaytiradi. Aksincha, usishning sekinlashishi raqobatni kuchaytirib yuboradi, kompaniyalar sotish bozorlarini faqat boshqa kompaniyalardan tortib olish hisobigagina qo‘lga kiritishlari mumkin bulib qoladi. Shunday qilib, talabning kamayishi - raqobatning kuchayishiga olib keladigan asosiy xatardir.Tarmoqda talab kamaygan paytda chiqish tusiqlari jiddiy xavfga aylanadi. Chiqish tusiqlari iqtisodiy va emotsional omillar bulib, ular kompaniyani daromadi juda kichik bulgan xollarda ham qo‘llab-quvvatlab turadi. Natijada ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlari paydo buladi, bu esa narx raqobatining jonlanishiga olib keladi, chunki kompaniyalar bekor turgan quvvatlardan foydalanishga urinib, narxni pasaytirib yuboradilar.
Odatda chiqish tusiqlari quyidagilarni uz ichiga oladi:
- asbob-uskunalarga ajratilgan investitsiyalarni boshqa muqobil yunalishlarga ishlatib bulmaydi va agar kompaniya bu sohani tark etsa, asbob-uskunalarni tashlab yuborishga tug‘ri keladi;
- chiqish qiymatining ishdan bushatiladigan ishchilarga to‘lanadigan mablag‘lar xisobiga qat’iy belgilab qo‘yilganligi;
- xo‘jalikning o‘rta bo‘g‘inlari urtasidagi strategik uzaro munosabatlar, masalan, senergizm yoki ular urtasidagi integratsiya;
- tarmoqqa iqtisodiy bog‘liqlik; masalan, agar kompaniya diversiyalanmagan bulsa, u tarmoqda qolishga majburdir.
Tarmoqdagi firmaga ta’sir qilayotgan raqobat kuchlari tarmoqning xayot tsikli mobaynida uzgarib, rivojlanib boradi. Tarmoqning jadal sur’atlar bilan usishi raqobat kuchlarinizaiflashtirib qo‘yadi. Bu bosqichda ekspansiya va bozor sohalarini egallab olish uchun qulay imkoniyatlar mavjud buladi. O‘sish sekinlashgan paytda raqobatning va ayniqsa narx raqobatining xavfi kuchayib ketadi. Yetuklik bosqichida raqobat xavfi kamayadi, narx raqobatini narx peshqadamlarining kelishuvi xisobiga cheklash imkoniyati vujudga keladi. Shuning uchun bu bosqichda daromadlar nisbatan yuqori buladi. Bu bosqichda narxga bog‘liq bulmagan raqobat katta rol uynashi mumkin bulib, u maxsulotlarni tabaqalash ustunliklaridan foydalanadigan kompaniyalar uchun juda muximdir.
Tanazzul bosqichida vaziyat uzgaradi. Chiqish tusiqlari yuqori bulsa, raqobat ayniqsa kuchayadi, daromad kamayadi va narx urushi xavfi vujudga keladi.Porterning uchinchi kuchi xaridorlarning «savdolashish» imkoniyatidir. U eng yaxshi sifat yoki xizmat kursatishga bulgan talab tufayli narxlarga bosim kursatish xavfini vujudga keltiradi. Zaif xaridorlar esa, aksincha, narxlarning usishiga va daromadning ortishiga yul qo‘yadilar.
Xaridorlar quyidagi hollarda ayniqsa kuchlidirlar:
- yetkazib beruvchi soha bir necha kichik kompaniyalardan tarkib topgan bulib, xaridorlar kam bulganda;
- xaridorlar tovarlarni katta miqdorda sotib olganda;
- tarmoq o‘z faoliyat turidan kelib chiqqan xolda xaridorlarga kuchli darajada bog‘liq bulganda;
- xaridorlar bir necha yetkazib beruvchi tarmoqlar ichidan eng past narx taklif qilayotgan bittasini tanlash imkoniyatiga ega bulganda (bu ushbu tarmoqda narx raqobatini kuchaytiradi);
- xaridorlar uchun turli kompaniyalardan tovar sotish olishni iqtisodiy jixatdan yaxlit bitta xarid deb qarash mumkin bulganda va xokazo;
To‘rtinchi raqobat kuchi yetkazib beruvchilarning bosim kursatishidir. Bu bosim natijasida yetkazib beruvchilar narxlarni kutarish bilan taxdid solib, kompaniyalarni yetkazib berilayotgan maxsulot miqdorini kamaytirishga majbur qiladi va daromadni pasaytiradi. Bunga muqobil ravishda - zaif yetkazib beruvchilar uz maxsulotlariga bulgan narxni pasaytirishga va yuqoriroq sifatni talab qilishga imkon beradilar. Quyidagi xollarda yetkazib beruvchilar tomonidan kursatiladigan bosim ayniqsa kuchli buladi:
- yetkazib berilayotgan maxsulotning urnini bosa oladigan tovarlar kam bulib, u kompaniyaning ishonchli maxsuloti bulganda;
- tarmoqdagi kompaniyalar ta’minotchi firmalar uchun muxim bulmaganda;
- yetkazib berilayotgan maxsulotlarning sifati yuqoriligi tufayli kompaniyalarning boshqa maxsulotga utishi qimmatga tushganda;
- yetkazib beruvchilar ilgari tomon vertikal integratsiyalanish xavfidan foydalanganda;
- sotib oluvchi kompaniyalar orqaga tomon vertikal integratsiyalanish xavfidan foydalana olmaganda.
Beshinchi raqobatchi kuch tovarning urnini bosuvchi maxsulotlarning paydo bulish xavfidir. Tovarning urnini tuliq bosa oladigan maxsulotlarning mavjudlgi jiddiy xavf tug‘diradi va kompaniyaning narxlarini xamda daromadlarini cheklab qo‘yadi. Ammo, agar kompaniya maxsulotlarining urnini bosa oladigan tovarlar kam bulsa, kompaniya narxlarni oshirishi va qo‘shimcha daromad olishi mumkin. Kompaniyaning strategiyasi bu faktdan foydalana olishi lozim.
Tarmoqdagi raqobat darajasiga ko‘ra kuyidagilarga bo‘lanadi:
1. Shavqatsiz raqobat
2. Intensiv raqobat
3. Meyordagi raqobat
4. Jalb qiluvchi zaif raqobat
Bozorga yangi kirib kelgan firma yangi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lishi , ayrim xollarda kattagina resurslarga ega bo‘lishi mumkin. Bunday firmalar bozorda o‘z o‘rnini topib egallash uchun kurashadi.
Bozorda yangi raqobatchining paydo bo‘lishi quyidagi omillarga bog‘liq:
1. Bozorga kirish yo‘lidagi to‘siqlar:
* Bozorda ishlayotgan kompaniyalarning reaktsiyasi:
* Bozorga kirish yo‘lidagi to‘siqlar quyidagicha bo‘ladi:
* Ishlab chiqarish miqiyosining tejamkorligi (bunday ustunlik bozorda ishlayotgan katta xajmga ega bo‘lgan kompaniyalarda bo‘ladi. Yangi firma esa bozorga birdaniga katta xajm bilan chiqolmaydi.)
* Texnologiya va NOU XAU ga erishishning imkoniyati yo‘qligi:
* «O‘qitish/Tajriba» egri chizigining samarasi:
* Xaridorlarning ma’lum markalariga moyilligi:
* Korxona xajmlariga bogliq bo‘lmagan xarajatlarning teng emasligi:
* Sotish kanallariga kira olish:
* Nazorat qiluvchi organlarning xarakatlari . (litsenziya, ruxsatnomalar)
* Tariflar va tarifdan tashqari cheklashlar (dempingga qarshi qonunchilik, maxalliy firmalarning majburiy qatnashishlari).

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin