19-modda. Energiya hosil qiluvchilar istimol- chilariga beriladigan imtiyozlar Energiyadan oqilona foydalanish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Hukumati yuridik
va jismoniy shaxslarga:
Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi aniq maqsadga qaratilagn milliy, tarmoq va
mintaqaviy dasturlar hamda loyixalarni davlat imtiyozli kreditlar hisobidan moliyalash bo’yicha;
Tarmoqlararo ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini moliyalash, energiya
jihatidan samarador asbob-uskunalarning tajriba turkumlarini ishlab chiqarish bo’yicha;
Energiyadan foydalanish samaradorligini ancha oshiradigan maxsus asbob uskunalar,
asbob va materiallarni import qilganlik uchun bojxona bojlari va sog’liqlari bo’yicha;
O’z vakolatiga muvofiq boshqa masalalar bo’yicha imtiyozlar beradi.
O’zbekiston Respublikasi Hukumati:
belgilangan normativlarga nisbata energiya sarfi kamayishini ta’minlangan;
energiya sarfi miqdori belgilangan normativlardan kam bo’lgan raqobatdosh maxsulot
ishlab chiqarayotgan;
yoqilg’ini ommabob maxsulotlar ishlab chiqarish uchun xomashyo smfatida
foydalanadigan yuridik va jismoniy shaxslarga energiya uchun imtiyozli ta’riflar belgilash
mumkin.
Energiyani tejaydigan texlogiyalarga sarflanganxarajatlar va kapital mablag’lar
qoplanishi jadalashtirish maqsadida asbob uskunalar, asboblar, issiqlik o’tkazmaydigan
materallar va konstruktsiyalar, ko’plab ishlab chiqariladigan energiya jixatidan samarali
maxsulotlarni chiqarayotgan, tegishli ishlarni bajarayotgan va xizmatlar ko’rsatayotgan6 ishlab
chiqaruvchilarga, shuningdek, mazkur asbob uskunalar, asbob, materallar,konstruktsiya,
maxsulotlarning joriy etilishini va ulardan foydalanishni taminlayotgan yuridik va jismoniy
shaxslar qonun xujjatlariga muvofiq soliq bo’yicha imtiyozlar belgilanadi.
Energiya va issiqlik ta’minotini takommillashtirish, uy-joylar, qvartiralar, korxonalar,
muassasalar va tashkilotlarni energiya sarfini hisobga oladigan, nazorat qiladigan va boshqarib
turadigan asboblar bilan taminlash ishlarini amalga oshirayotgan issiqlik yo’qolishiga yo’l
qo’ymaslik va energiya sarflarini kamaytirishga, maxalliy yoqilg’i turlari va ishlab chiqarish
chiqindilaridan foydalanishga qaratilgan boshqa chora tadbirlarni qo’shimcha ravishda amalga
oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga energiyani tejash fondi mablag’laridan dotatsiya
berilishi mumkin.