Eng, Eng, Eng… (Litosfera bo`yicha) Eng katta materik



Yüklə 17,93 Kb.
səhifə3/8
tarix05.12.2023
ölçüsü17,93 Kb.
#173165
1   2   3   4   5   6   7   8
Eng, Eng, Eng… (Litosfera bo`yicha) Eng katta materik-fayllar.org

Eng katta tekislik– Amazonka. Maydoni – 5 000 000 km.kv. Janubiy Amerikaning shimoliy qismida, asosan Amazonka dayosining havzasini egallaydi.

Eng katta cho`l – Sahroi Kabir. Afrikaning shimoliy qismida joylashgan bo`lib, materikning 30% hududini egallaydi. G`arbdan sharqqa 4 800 km ga, shimoldan janubga 800-1200 km masofaga cho`zilgan. Maydoni 8 600 000 km.kv. Cho`l hududida 11 mamlakat joylashgan.

Eng katta qumli va baland cho`l – Takla-makon. Xitoyning g`arbida joylashgan. Maydoni – 300 km.kv. G`arbdan sharqqa 1000 km, shimoldan janubga 400 km masofaga cho`zilgan.

Eng katta dara – Kolorado kanyoni. Chuqurligi 2 km, uzunligi 320 km.

Eng katta yer yorig`i – Buyuk Afrika yer yorig`i. Afrikaning Akoba qo`ltig`idan Zambezi daryosining quyi oqimigacha davom etib, uzunligi 6500 km. Kelajakda Buyuk Afrika yer yorig`idan sharqdagi hududlar Afrikadan ajralib ketadi.

Eng uzun g`or – Flint Mamont. Uning uzunligi 565 metr. G`or AQSHning Kentukki shtatida joylashgan.

Eng chuqur g`or – Jan Bernar. Fransiyaning Alp tog` tizmasida joylashgan. Chuqurligi – 1535 metr.

Eng chuqur joy – O`lik dengiz yaqinida joylashgan. Ushbu hudud Isroil va Iordaniya hududida joylashgan. Dengiz sathidan chuqurligi –405 metr.

Eng, Eng, Eng… (Gidrosfera bo`yicha)

Eng uzun daryo – Nil. Uzunligi – 6671 km. Daryo Sharqiy Afrika tog`liklaridan boshlanib (Kagera daryosidan) shimolga tomon harakatlanadi va O`rta dengiziga quyiladi.

Eng qisqa daryo – 17,7 metrni tashkil etadi. Ushbu dunyodagi eng qisqa daryo AQSHning Montana shtatidagi Greyt-Fols degan manzilidan oqib o`tuvchi va Missisipi daryosiga quyiluvchi Rou-River daryosining bir irmog`i aynan shu uzunlikdagi masofaga ega xolos.

Eng sersuv va katta havzali daryo – Amazonka. Janubiy Amerikada joylashgan. Havzasi maydoni 7 180 000 km2. Uzunligi – 6400 km. Suv sarfi sekundiga 220 000 m.kub. Suv hajmi 340 ming m.kub gacha yetadi. Daryoning 500 irmog`i mavjud va daryo Peru, Braziliya davlatlari hududidan oqib o`tadi.

Eng katta ko`l – Kaspiy. Maydoni 371 000 km.kv va suv hajmi 78 200 km.kub. Kaspiy ko`li shimoldan janubga 1200 km ga, g`arbdan sharqqa 435 km ga cho`zilgan. O`rtacha sho`rlik darajasi 13‰. Ko`l atrofida quydagi davlatlar joylashgan: Rossiya, Qozog`iston, Turkmaniston, Eron, Ozarbayjon.

Eng chuqur ko`l – Baykal. Bu ko`l dunyodagi eng chuqur ko`l bo`lib, Tinch okeani flotining gidrogeografiya xizmati 1974-yili o`lchash ishlarini olib borganda eng chuqur joyi 1637 metrni tashkil etgan.

Eng sho`r ko`l – O`lik dengiz. Sho`rlik darajasi 270 ‰.Eng balanddagi yirik ko`l – Titikaka. Peru va Boliviya davlatlari o`rtasida, dengiz sathidan 3812 metr balandda joylashgan. Maydoni 8,3 km.kv, chuqurligi 304 metr.


Yüklə 17,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin