Savollar
Hasharotlar tanasi qanday qismlardan tuzilgan?
Hasharotlar boshqa bo‘g‘imoyoqlilardan qanday farq qiladi?
Hashoratlarning kemiruvchi og‘iz apparati qanday qismlardan tashkil
topgan?
Hasharotlarning ko‘krak qismi va uning o‘simtalari tuzulishi qanday?
Hasharotlarning mo‘ylovlari qanday vazifani bajaradi?
Hasharotlarning qorin qismi qanday tuzilgan?
3.2. Hasharotlarning ichki tuzilishi
Nafas olish sistemasi. Hashoratlar ham boshqa tirik mavjudotlar
kabi kislorod yutib, karbonat angidrid gazini chiqaradi.
Hasharotlarning nafas olishida boshqa ko‘pchilik hayvonlardan farqli
ravishda qon ishtirok etmaydi. Havo hasharot organizmiga qorin
bo‘g‘imlari va ko‘krakning ikkinchi, uchinchi bo‘g‘imini yon
tomonida joylashgan maxsus nafas olish teshikchalari orqali qabul
qilinadi. Nafas olish teshikchalari 9—10 juftni tashkil etadi. Ba’zi
hasharotlarda (pashshalarda) ikki juft nafas teshigi mavjud bo‘ladi.
16
Ko‘pchilik hasharotlarda nafas olish teshikchalarini yopuvchi klapan
mavjud bo‘lib, zarur vaziyatda (havoda zahar tarqalganda) ma’lum
vaqtgacha nafas olish teshikchalarini berkitib qo‘yadi. Havo nafas
olish teshikchalaridan maxsus naycha (traxeya)larga o‘tadi.
Traxeyalar o‘z navbatida yanada mayda naychalarga bo‘linib, barcha
organ, to‘qima va hatto hujayralargacha kirib boradi (6-rasm). Shu
yo‘sinda kislorod naychalardan to‘g‘ri organ va to‘qimalarga,
karbonat angidrid esa organ va to‘qimalardan naychalarga diffuziya
yo‘li bilan o‘tadi. Traxeyalardagi havo qorin muskullarining
qisqarishi natijasida tashqi muhit havosi bilan almashinadi.
6-rasm.
Hasharotlarning traxeya sistemasi.
a — qora suvarakning asosiy traxeya naylari; b — bo‘g‘imlarida traxeyaning
shoxlanish sistemasining ko‘ndalang kesimi; d — bo‘g‘imlarida traxeya
nayining uzunasiga kesik sxemasi; e — traxeyaning mayda naychalar bilan
tugallanishi;
1 — yurak; 2 — yuqori diafragma; 3 — nafas teshigi; 4 — nerv zanjiri;
5 — pastki diafragma; 6 — traxeyalar; 7 — ichak; 8 — spiralsimon i p;
9 — ingichka kapillar nay.
Qon aylanish sistemasi. Hasharotlarda qon ochiq sistemada
harakat qiladi. Bunda yurak vazifasini qorin qismida ichakni ustki
tomonida joylashgan muskulli yelka qon tomiri bajaradi. Mazkur
yelka qon tomiri 5—13 kameradan iborat naychadan tashkil
topgan. Yurak kameralari klapanlar yordamida ajralib turadi.
Klapanlar qonning faqat bir tomonlama oldinga harakatlanishini
ta’minlaydi. Klapanlar qonning orqaga qaytishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Har bir kameraning ikki yon tomonida bittadan ikkita teshikcha
mavjud. Bu teshikchalar orqali qon tana bo‘shlig‘idan yurakka
17
o‘tadi. Hasharotlarning qoni yelka qon tomiri bo‘ylab oldinga
harakatlanadi. Hasharot yuragidan bosh qismiga qarab bitta qon
tomiri chiqadi. Bu qon tomiri orqali qon bosh qismiga va undan
ichki bo‘shliqqa quyiladi. Qon hasharot tana ichki bo‘shlig‘ini
to‘ldirib turadi. Barcha ichki organlar va to‘qimalar qon
suyuqligida joylashadi. Qondagi oziq moddalar qondan
to‘qimalarga va to‘qimalardagi parchalanish mahsulotlari
to‘qimalardan qonga o‘tadi. Hasharotlarda qon gaz almashinuvida,
ya’ni nafas olishda ishtirok etmaydi.
Ovqat hazm qilish sistemasini chigirtkalar misolida ko‘rib
chiqamiz. Chigirtkalar o‘simliklarning turli a’zolarini kemirib
oziqlanadi. Chigirtkalar o‘tkir yuqori jag‘lari yordamida o‘simlik
to‘qimasini uzib oladi, so‘ngra pastki jag‘lari yordamida uni chaynab
maydalaydi. Maydalangan oziq og‘izda so‘lak bilan aralashib, halqum
orqali qizilo‘ngachga, undan esa muskulli oshqozonga o‘tadi.
Muskulli oshqozonda mayda o‘simtalar (tishchalar) yordamida oziq
maydalanib, haqiqiy oshqozonga o‘tkaziladi. Muskulli oshqozon
kemiruvchi og‘iz apparatiga ega hasharotlarda yaxshi rivojlangan.
Hasharotlarda oziq qisman haqiqiy oshqozonda hazm bo‘lgandan
so‘ng ichakka (ingichka, yo‘g‘on va to‘g‘ri ichak) o‘tadi (7-rasm).
7-rasm.
Erkak suvarakning ichki organlari.
a — orqa tomonidan; b — yon tomonidan ko‘rinishi; 1,2 — so‘lak bezlari va
ularning xaltasi; 3 — jig‘ildon; 4 — oshqozon; 5 — o‘rta ichak; 6 — malpigi
naylari; 7 — orqa ichak; 8,9 — traxeya sistemasi naychalari; 10 — qorin nerv
zanjiri; 11 — urug‘don; 12 — qo‘shimcha bez; 13 — yurak; 14 — bosh miya;
15 — simpatik nerv sistemasi; pilorik o‘simtalar.
18
Ichakda oziq moddalar to‘liq hazm bo‘ladi. Ovqatning hazm
bo‘lmay qolgan qismi anal teshigi orqali tashqi muhitga chiqariladi.
Yuqoridagidek qattiq oziq bilan oziqlanishga moslashgan
hasharotlarning og‘iz organlari kemiruvchi bo‘lib hisoblanadi.
Qo‘ng‘izlar, chumolilar, beshiktebratar kabi hasharotlarning og‘iz
organlari xuddi yuqoridagidek kemiruvchi ti pda tuzilgan. Suyuq
oziq bilan oziqlanadigan hasharotlarning og‘iz organlari so‘ruvchi
yoki sanchib so‘ruvchi tipda tuzilgan bo‘ladi.
Nerv sistemasi. Hasharotlarda nerv sistemasi xalqum usti,
xalqum osti nerv tuguni, xalqum atrofi nerv halqasi va qorin
nerv zanjiridan iborat. Hasharotlarning ko‘krak va qornining ostki
tomonida har bir bo‘g‘imiga mos ravishda bittadan nerv tuguni
joylashgan. Barcha nerv tugunlari nerv i plari yordamida o‘zaro
tutashgan bo‘ladi (8-rasm). Jamoa bo‘lib yashaydigan
hasharotlarda (ari va chumolilarda) nerv sistemasi kuchli
t a r a q q i y e t g a n . N e r v t u g u n l a r i n i n g u s t k i q i s m i n e r v
hujayralaridan va ichki qismi nerv tolalaridan tashkil topgan.
Nerv tugunlaridan sezuvchi va
harakatlantiruvchi nerv tolalari
chiqib organ va to‘qimalarga boradi.
Xalqum usti nerv tugunidan nerv
t o l a l a r i k o ‘ z , m o ‘ y l o v l a r g a ,
xalqum osti nerv tugunidan og‘iz
o r g a n l a r i g a , k o ‘ k r a k n e r v
tugunlaridan oyoq va qanotlarga
h a m d a s h u s o h a d a g i i c h k i
o r g a n l a r g a , q o r i n n e r v
tugunlaridan esa qorin sohasidagi
organ va to‘qimalarga nerv tolalari
b o r a d i . H a s h a r o t l a r d a s e z g i
organlari kuchli taraqqiy etgan va
nerv sistemasi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Sezgi organlari. Hasharotlarda
murakkab va oddiy ko‘zlar mavjud
bo‘lib, bir juft murakkab ko‘zi
ko‘p sondagi mayda ko‘zchalardan
tashkil topgan. Har bir ko‘zcha
obyektning ma’lum bir qismini
ko‘radi. Barcha ko‘zchalar birgalikda
butun obyektni ko‘radi. Murakkab
8-rasm. Hasharotlarning nerv
sistemasi.
KT
1
, KT
2
, KT
3
— ko‘krak nerv
tugunlari; KT
7-8
— qorin nerv
tugunlari.
19
ko‘zlar yordamida hasharotlar atrofni rangli tasvirda va oddiy
ko‘zlar orqali esa faqat oq qora tasvirda ko‘radi.
Hasharotlar mo‘ylovlari yordamida hidni sezadi. Erkak
hasharotlarda mo‘ylovlar yaxshi taraqqiy etgan bo‘lib, urg‘ochilarini
izlab topishda ham xizmat qiladi. Ayrim kapalaklarning erkaklari
urg‘ochilarini hididan 11 km masofadan topib bora oladi.
Hasharotlarning butun tanasida, ayniqsa, pastki lab va pastki
jag‘laridagi tuklar tuyg‘u vazifasini bajaradi. Hasharotlarda ta’m
bilish organlari ham yaxshi taraqqiy etgan bo‘lib, og‘iz, oyoq va
mo‘ylov uchlarida joylashgan.
Savollar
Hasharotlarning nafas olish jarayoni qanday amalga oshadi?
Traxeyalardagi havo qaysi muskullarning faoliyati natijasida tashqi
muhit havosi bilan almashinadi?
Hasharotlarda qon qanday vazifani bajaradi?
Hasharotlarning ovqat hazm qilish sistemasi qanday tuzilgan?
Hasharotlarning nerv sistemasi qanday tuzilgan?
20
4-BOB. Hasharotlar klassifikatsiyasi
Barcha tirik organizmlar tashqi va ichki tuzilishining o‘xshashligi
va farqiga qarab ma’lum bir guruhlarga birlashtiriladi. Shuningdek,
hayvonot olamining vakillari ham ma’lum bir sistematik guruhlarga
bo‘lib o‘rganiladi. Hozirgi kunda ular quyidagi sistematik birliklardan:
tur, urug‘ (avlod), oila, turkum, sinf (ajdod) va tipdan iborat.
Hayvonot olamining eng kichik sistematik birligi tur hisoblanadi.
Bir turga mansub hayvonlar tashqi va ichki tuzilishi jihatdan
o‘xshash, ma’lum bir hududda tarqalgan, yashash tarzi bir xil,
o‘zaro chatishib serpusht nasl beradi. Har xil turga mansub hayvonlar
guruhi esa o‘zaro chatisha olmaydi yoki chatishsa ham ularning nasli
pushtsiz bo‘ladi.
Sistematikada tur ikkita (tur va urug‘ ) nom bilan, turdan yuqori
sistematik birliklar esa bitta nom bilan nomlanadi.
Hasharotlar umurtqasiz hayvonot olamining bo‘g‘imoyoqlilar
ti piga mansub sinf hisoblanadi va o‘z navbatida ma’lum sistematik
guruhlarga bo‘lib o‘rganiladi.
Hasharotlarning katta guruhi turli o‘simliklarni changlantirib,
hosildorlikni oshiradi, ayrim foydali hasharotlar zararkunanda
hasharot va kanalarning miqdorini kamaytirib turadi. O‘simlik va
hayvonlarning qoldiqlarini chirindiga aylantirib tuproq hosil
bo‘lishida ham hasharotlar katta ahamiyatga ega. Shuningdek,i pak
tolasi, asal kabi mahsulotlar va ayrim kasalliklarni davolashda
dori-darmonlar hasharotlardan olinadi. Ammo bir qancha
hasharotlar qishloq xo‘jalik ekinlariga, yovvoyi o‘simliklarga va
ularning mahsulotlariga turli darajada zarar yetkazadi. Zararli
hasharotlarga qarshi kurash olib borish va foydali hasharotlarni
ko‘paytirish usullarini ishlab chiqish uchun hasharotlarning
sistematikasini, turkum, oila, avlod va boshqa guruhlarini aniqlash
muhim ahamiyatga ega.
Hasharotlar bosh sinfi quyidagi ikkita kenja sinfga bo‘linadi: 1.
Tuban yoki boshlang‘ich qanotsiz hasharotlar kenja sinfi. 2. Oliy
yoki qanotli hasharotlar kenja sinfi. Mazkur kenja sinflar o‘z
navbatida turkumlarga bo‘linadi.
21
Tuban yoki boshlang‘ich qanotsiz hasharotlar kenja sinfi o‘ziga:
mo‘ylovsizlar yoki proturalar, oyoqdumlilar yoki poduralar, ikki
dumlilar yoki di pluralar, qildumlilar yoki tizanurlar turkumlarini
birlashtiradi.
Savollar
Hayvonot olamining sistematikasi qanday tartibda tuzilgan?
Hasharotlar hayvonot olamining qaysi ti piga mansub?
Hasharotlar bosh sinfi qanday kenja sinflarga bo‘linadi?
4.1. Oliy yoki qanotli hasharotlar
Qanotli hasharotlarning turkumlari rivojlanish xususiyatlariga
ko‘ra ikkita: 1) Chala o‘zgaruvchi hasharotlar; 2) To‘liq o‘zgaruvchi
hasharotlar bo‘limiga bo‘linadi.
Chala o‘zgaruvchi hasharotlar bo‘limi: ninachilar, to‘g‘ri
qanotlilar, yarim qanotlilar, tengqanotlilar, suvaraksimonlar va
boshqa shu kabi turkumlarni o‘ziga birlashtiradi.
To‘liq o‘zgaruvchi hasharotlar bo‘limi: qo‘ng‘izlar yoki qattiq
qanotlilar, tanga qanotlilar yoki kapalaklar, parda qanotlilar, ikki
qanotlilar va boshqa turkumlarni o‘ziga birlashtiradi. Quyida
hasharotlarning ba’zi asosiy turkumlari bilan tanishib chiqamiz.
4.2. Teng qanotlilar
Teng qanotlilarning 30 mingga yaqin turi ma’lum. Ushbu turkum
vakillari ichida qishloq xo‘jaligi va boshqa o‘simliklarga katta zarar
yetkazadigan turlari mavjud. Teng qanotlilarning og‘iz apparati
sanchib so‘ruvchi ti pda bo‘lib, o‘simlikning hujayra shirasini so‘-
rib oziqlanadi. Og‘iz apparatida sanchib so‘rishga moslashgan to‘rtta
uzun qilcha mavjud bo‘lib, ular pastki lab g‘ilofiga jamlanadi. O‘z
navbatida pastki lab yuqori tomondan kalta ustki lab bilan qoplanib,
hartumchani hosil qiladi. Hartumcha 1 — 4 bo‘g‘imdan iborat bo‘lib,
oyoqlar orasiga qisilib turadi.
Teng qanotlilar o‘simliklarning shirasini so‘rib turli darajada
zarar yetkazadi, hosildorlikni pasaytiradi, o‘zidan chiqaradigan
suyuq va shirali chiqindilari bilan o‘simlik turli organlarini
ifloslantiradi.
22
Teng qanotlilar o‘z navbatida o‘simlik bitlari, oq qanotlar,
qalqondorlar, barg burgachalari va saratonlar kenja turkumlariga
bo‘linadi.
Keyingi mavzularda siz mazkur turkumga mansub ayrim
zararkunanda hasharotlar bilan tanishasiz.
Savollar
Teng qanotli hasharotlarning og‘iz apparati qanday tuzilgan?
Teng qanotlilar qanday kenja turkumlarga bo‘linadi?
4.3. To‘g‘ri qanotlilar
To‘g‘ri qanotlilarning yer yuzida 20 mingga yaqin turi tarqalgan.
Ushbu turkum vakillari qishloq xo‘jaligi o‘simliklariga katta zarar
yetkazadi. To‘g‘ri qanotlilarning og‘iz apparati kemiruvchi ti pda
tuzilgan. Ko‘pchilik vakillari o‘simliklarning turli organlari bilan
kemirib oziqlanadi. Mazkur turkum vakillari ichida (ozchiligi)
yirtqich va aralash oziqlanuvchilari ham mavjud.
Mo‘ylovlari ingichka va turli uzunlikda bo‘ladi: masalan,
temirchaklarda mo‘ylovlar tanasidan uzun, chigirtkalarda esa
tanasining yarmidan kaltaroq bo‘ladi. To‘g‘ri qanotlilarda bir juft
murakkab ko‘zlari va 1—3 ta oddiy (chigirtkalarda ikkita murakkab
va ikkita oddiy ) ko‘zlar mavjud.
Mazkur hasharotlarning ust qanotlari to‘g‘ri, terisimon
tuzilgan, keyingi qanotlari esa yelpig‘ichsimon tuzilgan va yaxshi
taraqqiy etgan. Orqa oyoqlari o‘tlar orasida hayot kechiradigan
o‘simlikxo‘r turlarida (chigirtka, chirildoq) old oyoqlarga nisbatan
baquvvat va uzun bo‘lib, sakrovchi ti pda tuzilgan. Tuproqda
hayot kechiradigan buzoqboshilarda esa old oyoqlar yer qazishga
moslashgan.
Turkum vakillari tuxumlarini asosan tuproqqa (chigirtka,
buzoqboshi) va qisman o‘simliklarga qo‘yadi.
Savollar
To‘g‘ri qanotli hasharotlarning qancha turlari mavjud?
To‘g‘ri qanotlilarning og‘iz apparati qanday ti pda tuzilgan?
To‘g‘ri qanotlilarning oyoqlari tuzilishini chigirtka va buzoqboshi misolida
tushuntiring.
23
4.4. Parda qanotlilar
Parda qanotlilarning 150 mingga yaqin turi ma’lum. Parda
qanotlilarning og‘iz apparati kemiruvchi va so‘ruvchi ti pda
tuzilgan. Yuqori jag‘lari taraqqiy etgan bo‘lib, kemirish vazifasini
bajaradi.
Parda qanotlilarning old qanotlari yirikroq, orqa qanotlari
kichik va old qanotlarga birikib turadi. Ikkala qanotlari ham tiniq.
Urg‘ochi parda qanotlilarda nayza va tuxum qo‘ygich mavjud.
Parda qanotlilarga asalari, chumoli, qovoqari, yaydoqchi,
arrakash va boshqa hasharotlar kiradi. Parda qanotlilar
o‘simliklarni changlatishda katta ahamiyatga ega. Yaydoqchi parda
qanotlilar zararkunanda hasharotlar tanasida parazitlik qilib,
ularning sonini kamaytirib turadi. Asalarilar insoniyat uchun
qimmatbaho asal ozuqasini tayyorlab beradi. Ushbu turkum
vakillarining ayrim turlari qisman qishloq xo‘jaligi o‘simliklariga
zarar yetkazadi.
Parda qanotlilar turkumi botiq qorinlilar va xi pcha bellilar
kenja turkumlariga bo‘linadi.
Savollar
Parda qanotlilarning tuzilishini tushuntiring va ularning vakillariga misol
keltiring?
Parda qanotlilar qanday ahamiyatga ega?
4.5. Ikki qanotlilar
Ikki qanotlilarning 80 mingga yaqin turi ma’lum. Ularning og‘iz
apparati hartumcha shaklidagi so‘ruvchi va yalovchi ti pda tu-
zilgan. Ikki qanotlilarning ko‘krak qismi katta bo‘lib, bunda oldingi
bir juft pardasimon qanotlari mavjud. Ushbu turkum vakillarining
lichinkalari oyoqsiz, lekin ko‘pchilik turlarining tanasida bo‘rtmalar
mavjud. G‘umbagi ko‘p turlarida soxta pilla ichida bo‘ladi. Bosh
qismi ko‘krakka ingichka bo‘yin orqali harakatchan birikkan. Boshda
bir juft ancha yirik ko‘zlar joylashgan. Mo‘ylovlari ayrim turlarida
uzun va ayrim turlarida esa qisqa bo‘ladi. Uzun mo‘ylovlilarda mo‘ylov
bir necha bo‘g‘imdan va qisqa mo‘ylovlilarda esa uch bo‘g‘imdan
iborat bo‘ladi. Uzun mo‘ylovli ikki qanotlilarga pashsha va
24
chivinlarni, qisqa mo‘ylovlilarga so‘nalarni misol qilib keltirishimiz
mumkin.
Ushbu turkum vakillarining ayrim turlari qisman qishloq
xo‘jaligi o‘simliklariga zarar yetkazadi. Ikki qanotlilar orasida
ko‘pchilik turlari inson va hayvonlarga ham zarar yetkazadi. Bir
qancha turlari qon so‘rib oziqlansa, bir necha turlari hayvonlarda
parazitlik qiladi.
Ikki qanotlilar turkumi uzun va qisqa mo‘ylovlilar kenja
turkumlariga bo‘linadi.
Savollar
Ikki qanotlilarning o‘g‘iz apparati qanday tuzilgan?
Ikki qanotlilar qaysi kenja turkumlarga bo‘linadi?
4.6. Kapalaklar yoki tanga qanotlilar
Tanga qanotlilar, ya’ni kapalaklarning yer yuzida 150 mingga
yaqin turi mavjud. Kapalaklarning qanotlari va tanasi turli rangdagi
mayda tangachalar bilan qoplanganligi uchun tanga qanotlilar
deb nomlangan. Kapalaklarning pastki jag‘ va pastki lablari
qo‘shilib, spiralga o‘xshash o‘ralib turadigan hartumni hosil
qiladi. Mazkur hartum kapalaklarning asosiy belgilaridan biridir.
Voyaga yetgan kapalaklar hartumi yordamida gul nektari bilan
so‘rib oziqlanadi. Ba’zi kapalaklar (masalan, tut i pak qurti) voyaga
yetgan bosqichida oziqlanmaydi.
Lichinkalarining ko‘krak qismida uch juft haqiqiy oyoqlar
mavjud. Ushbu oyoqlar lichinka oziqlanishiga yordam beradi.
Kapalaklar lichinkasi qorin qismida besh juft bir bo‘g‘imli soxta
oyoqlari mavjud bo‘lib, ular yurishga xizmat qiladi.
Kapalaklarning lichinkalari turli qishloq xo‘jalik va boshqa
o‘simlik organlari bilan oziqlanib zarar yetkazadi. O‘zbekistonda
asosiy qishloq xo‘jalik ekini g‘o‘zaning asosiy zararkunandalari
ko‘sak qurti, karadrina va kuzgi tunlamlar kapalaklarga mansub
hasharotlardir.
Tanga qanotlilar turkumi jag‘lilar, tuban so‘ruvchilar yoki teng
qanotlilar va oliy so‘ruvchilar yoki turli qanotlilar kenja
turkumlariga bo‘linadi.
25
Savollar
Tanga qanotlilarning qancha turlari mavjud?
Kapalaklarning asosiy belgilarini ayting?
Kapalaklar lichinkalarining tuzilishini ta’riflang?
4.7. Qattiq qanotlilar yoki qo‘ng‘izlar
Qattiq qanotlilarning hozirgi kunda 300 mingga yaqin turi
fanga ma’lum. Mazkur turkum vakillarining asosiy belgisi
birinchi juft qanotlari qattiq tinch turganda ushbu qanotlar
orqasiga yopishib turadi. Qattiq qanotlari ostida bir juft
pardasimon qanotlari joylashgan. Qo‘ng‘izlarning ba’zi turlarida
(masalan, qora tanlilarda) qanotlar yo‘q. Qo‘ng‘izlarning tanasi
bir necha mm dan 10—15 sm va undan ham katta bo‘lishi
mumkin. Qattiq qanotlilarning og‘iz apparati kemiruvchi ti pda
tuzilgan. Yuqori jag‘lari yaxshi taraqqiy etgan bo‘lib, kemirish
vazifasini bajaradi.
Qattiq qanotlilar oziqlanishiga ko‘ra yirtqichlar, o‘laksaxo‘rlar,
o‘simlikxo‘rlar va go‘ngxo‘rlarga ajratiladi.
Ushbu turkum vakillari ichida qishloq xo‘jalik ekinlariga zarar
yetkazuvchi turlari mavjud. Masalan: kolorada qo‘ng‘izi — kartoshka
va boshqa ituzumdoshlarga, poliz qo‘ng‘izi poliz ekinlariga kuchli
zarar yetkazadi.
Ayrim tur qo‘ng‘izlar (masalan: xonqizlar) o‘simliklarga zarar
yetkazuvchi o‘simlik bitlari kabi zararkunanda hasharotlar bilan
oziqlanib foyda keltiradi.
Qattiq qanotlilar turkumi go‘shtxo‘rlar va turlixo‘rlar kenja
turkumlariga bo‘linadi.
Savollar
Qattiq qanotlilarning qancha turi fanga ma’lum?
Qattiq qanotlilar oziqlanishiga ko‘ra qanday guruhlarga ajratiladi?
Qattiq qanotlilarning qanday zararli turlarini bilasiz?
26
4.8. Yarim qattiq qanotlilar yoki qandalalar
Yarim qattiq qanotlilarning 40 mingga yaqin turi fanga ma’lum.
Og‘iz apparati sanchib so‘ruvchi ti pda tuzilgan. Oldingi
qanotlarining yarmi qattiq xitindan iborat, yarmi esa pardasimon
tuzilgan.
Yarim qattiq qa-
notlilar o‘zidan qo‘-
lansa hid chiqaradi.
Ushbu turkum
vakillari ichida
qishloq xo‘jalik ekin-
lariga jiddiy zarar
yetkazuvchi turlari
mavjud. Ba’zi turlari
yirtqich bo‘lib,
umurtqasizlar va
u m u r t q a l i l a r n i n g
qonini so‘rib oziq-
lanadi. Ko‘pgina
turlari suvda hayot
kechiradi.
Qandalalar chala
o‘zgaruvchan ha-
sharotlar guruhiga
kiradi. Ularning
lichinkalari tashqi
ko‘rinishi bilan yetuk
hasharotga o‘xshaydi
va uchinchi yoshidan
boshlab qanot chi-
qara boshlaydi.
Yarim qattiq
qanotlilar turkumi
ochiq va yashirin
mo‘ylovlilar kenja
turkumlariga bo‘-
linadi.
9-rasm.
To‘g‘ri qanotlilar turkumi.
Zararkunanda chigirtkalar: 1—ko‘chmanchi
chigirtkalar; 2—marokash chigirtkalari; 3—voha
chigirtkasi; 4—sibir chigirtkasi; 5—qora tuproq
chigirtkasi; 6—to‘qay chigirtkalari; 7—otbosar;
8—cho‘l chigirtkasi.
27
11-rasm.
Kapalaklar turkumi.
1 — maxaon kapalagi; 2 — karam kapalagi; 3 — podaliriya; 4 — do‘lana
kapalagi; 5 — sholg‘om kapalagi; 6 — bryukva kapalagi.
10-rasm.
Kolorado — kartoshka qo‘ng‘izi.
1 — yetuk bosqichi; 2 — lichinkasi; 3 — bargga joylashtirgan tuxumlari;
4 — zararlangan kartoshka ko‘chati (tuproqda g‘umbaklari); 5 — bargni
zararlayotgan lichinkalari; 6 — g‘umbagi.
28
12-rasm.
Kapalaklar turkumi.
1—apollon; 2—mnemozina; 3—raps kapalagi; 4—poliksen;
5—mirmidon; 6—tillasimon sariq kapalak.
13-rasm.
Kapalaklar turkumi.
A: 1—qayrag‘och kapalagi; 2—kichik yaltiroq kapalak; 3—chaqamug‘ kapalagi;
5—kunduzgi tovus ko‘z kapalak. B: 1—metall ko‘rinishidagi oltinsimon; 2—
tishqanotli tunlam; 3—sariq-kulrang no‘xat tunlami; 4—qo‘pol mo‘ylovchali
kapalak; 5—oddiy mo‘ylovchali kapalak.
29
14-rasm.
Parda qanotlilar turkumi.
1 — yirik skoliya arisi; 2,3,4 — qovoq arilar urg‘ochisi—2, erkagi —4;
3 — ishchisi; 5 — katta qarag‘ay shoxdumli ari; 6-18 — yaltiroq arilar.
Savollar
Yarim qattiq qanotlilarning og‘iz apparati qanday tuzilgan?
Qandalalar qanday kenja turkumlarga bo‘linadi?
30
5-BOB. Hasharotlarning rivojlanishi
Hasharotlar ayrim jinsli hayvonlar bo‘lib, ularning ko‘p
turlarida erkak va urg‘ochi individlari tashqi ko‘rinishi bilan farqlanib
turadi. Erkak va urg‘ochi hasharotlar jinsiy tuzilishidagi farq bilan
birga katta-kichikligi, rangi, ayrim o‘simtalari bilan ham bir-biridan
farq qiladi. Ko‘p hasharotlarning erkak individlari urg‘ochilariga
nisbatan kichikroq va mo‘ylovlari yaxshi rivojlanganligi uchun hidni
yaxshi sezadi.
Erkak hasharotlarda bir juft urug‘don mavjud. Urug‘donda
spermatozoidlar ishlab chiqariladi. Urg‘ochi hasharotlarda esa bir
juft tuxumdon mavjud. Unda tuxum hujayralari yetiladi.
Ayrim hasharotlarda erkak individlar ba’zi rivojlanish bosqichida
Dostları ilə paylaş: |