Ergashgan qo`shma gaplar


ERGASHTIRUVCHI BOG`LOBCHILI ERGASHGAN QO`SHMA GAPLAR



Yüklə 372,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix26.03.2023
ölçüsü372,93 Kb.
#90066
1   2   3   4   5   6
ERGASHTIRUVCHI BOG`LOBCHILI ERGASHGAN QO`SHMA GAPLAR 
Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababi, maqsadi, shart yoki qiyosini bildirgan ergash 
gaplar bosh gapga sabab(chunki, negaki), maqsad(toki), shart (agar, agarda, basharti, mabodo), 
qiyoslash-chog`ishtiruv (go`yo, go`yoki, xuddi) ergashtiruvchi bog`lovchilari yordamida 
bog`lanadi. Sabab, maqsad, qiyoslash-chog`ishtiruv bog`lovchilari ergash gap boshida 
qo`llanada va ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi: Bu masalani keng muhoqama 
qilamiz, toki boshqa qaytarilmasin. Odobli odam tabibga o`xshaydi, chunki u bilan 
suhvatlashish ko`ngildagi g`amni quvadi. 
Shart bog`lovchilari gapning boshida keladi. Ergash gap kesimi shart maylidagi fe’llar bilan 
ifodalanadi. Bunday ergash gaplar bosh gapdan oldin keladi. Ko`pincha shart bog`lovchilari 
qo`llanmasa ham, va shart mayli shakli qo`shma gap qismlarini bog`layveradi: Ozgina hovliqib 
turishsa ham, cho`chishsa ham mayliga, negaki keyin yelkalaridan yuk arigan mahali 
tuyadigan shodliklari ham shunga yarasha bo`ladi. (M.M.Do`st) 


KO`MAKCHILI QURILMALAR YORDAMIDA ERGASHGAN QO`SHMA GAPLAR 
Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga shuning 
uchun, shu sababli, shu tufayli singari ko`makchili qurilmalar vositasida bog`lanadi. Ular bosh 
gapning tarkibida keladi. Xalq Yusufbek xojidan zarra yomonlik ko`rmagan, shuning uchun u 
qayoqqa yursa, shu yoqqa borishga hozir turar edi. 
Deb SO`ZI YORDAMIDA ERGASHGAN QO`SHMA GAPLAR 
Bosh gapda ifodalangan mazmunning maqsadini, sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga 
ko`pincha deb so`zi yordamida bog`lanadi va ergash gaplarning kesimi III shaxs buyruq mayli 
shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi. Bunday gaplar tarkibidagi deb so`zi uchun ko`makchisi bilan 
ma’nodosh sanaladi, shuning uchun bir-biri bilan erkin almashisha oladi. Ergash gaplar yozuvda 
bosh gapdan vergul bilan ajratiladi. Gul barglari uchishadi, tushmayin deb qo`lingga.(H. 
Olimjon) 

Yüklə 372,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin