SHART MAYLI VOSITASIDA ERGASHGAN QO`SHMA GAPLAR Ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar orqali ifodalanganda, shart mayli
qo`shimchasi ergash gapni bosh gapga bog`lovchi vosita ham sanaladi. Bunday ergash gaplar
bosh gapda ifodalangan mazmunning yuzaga chiqish yoki chiqmaslik shartini, paytini bildiradi.
Yozuvda ergash gap bosh gapdan Vergulbilan ajratiladi. Erga mehringni bersang, u senga rizq beradi.- shart ma’nosi; Yolg`iz qolsak, u menga hech narsa gapirmaydi. – payt ma’nosi. KO`RSATISH OLMOSHLI ERGASHGAN QO`SHMA GAPLAR Bosh gap tarkibidagi ko`rsatish olmoshi ma’nosini izohlash uchun qo`llangan ergash gaplar bosh
gapga –ki yuklamasi yordamida bog`lanadi. Bu yuklama bosh gap kesimi tarkibida bo`ladi va
ergash gap bosh gapdan Vergulbilan ajratiladi. Shunday odamlar borki, ular bilan gaplashib vahra olasan. Ba’zan bu bo`lak qo`llanmasligi ham mumkin, ammo uning o`rni bilinib
turadi: Men istaymanki, hamma o`z vazifasini Bijdonan bajarsin.(Men shuni istaymanki…) Ko`rsatish olmoshili ergashgan qo`shma gaplarda bosh gap oldin keladi: vaxtim shuki, seni uchratdim. Shunisi quvonarliki, sinfimiz o`quvchilari bir-biri bilan axil.
NISBIY SO`ZLI ERGASHGAN QO`SHMA GAPLAR Ergash gap tarkibida qo`llanuvchi kim, nima, qancha, qanchalik, qanday, qayer kabi so`roq
olmoshlari va bosh gap tarkibida unga javob bo`lib keluvchi shu, o`sha, shuncha, shunchalik, shunday kabi olmoshlar bir-biriga nisbatan qo`llanganligi, biri ikkinchisini taqozo etganligi
uchun nisbiy so`zlar hisoblanadi. Ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar bilan
ifodalanadi. Siz Hindistonda neniki ko`rgan bo`lsangiz, shularning hammasini jam etib, bir kitob yozmog`ingiz darkor.Kim harakat qilsa, u varaka topadi.Nimaga erisholmasang o`sha aziz tuyuladi.