Ergashgan qo`shma gaplar


ERGASHGAN QO`SHMA GAPLARNING SODDA GAP BILAN MA’NODOSHLIGI



Yüklə 372,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix26.03.2023
ölçüsü372,93 Kb.
#90066
1   2   3   4   5   6
ERGASHGAN QO`SHMA GAPLARNING SODDA GAP BILAN MA’NODOSHLIGI 
Tarkibida ko`rsatish olmoshi mavjud bo`lgan ergashgan qo`shma gaplar tegishli sodda gaplar 
bilan ma’nodosh bo`la oladi. Ergash gapni bosh gap tarkibida tegishli ko`rsatish olmoshi bilan 
ifodalangan gap bo`lagi o`rniga qo`yish orqali sodda gapga aylantirish mumkin. Masalan: 1.Kim 
ko`p o`qisa, u ko`p biladi – ko`p o`qigan ko`p biladi. 2. Shuni bilingki, kenga keng, toga tor 
dunyo – dunyoning kengga keng, torga tor ekanligini bilib oling. Siz kimga ishonch 


bildirsangiz, men uni sherik qilib olishim mumkin.- Siz ishonch bildirgan kishini sherik qilib 
olishim mumkin. 
KESIM ERGASH GAPLI QO`SHMA GAPLAR 
Bosh gap tarkibidagi kesim vazifasida qo`llangan ko`rsatish olmoshining ma’nosini izohlab 
keluvchi ergash gapga – kesim ergash gap deyiladi. Kesim ergash gap bosh gapga ko`rsatish 
olmoshi tarkibidagi –ki yuklamasi yordamida bog`lanadi. Endi sizlarga muborak 
topshiriq shuki, har biringiz alohida-alohida ketasiz
Kesim ergash gapli qo`shma gapda bosh gapning kesimi shuki, shundayki, shundan iboratki, 
shundaki, shu bo`ldiki, shu ediki kabi shakllanadi. Bosh gap ergash gapdan oldin 
keladi: Maslahatim shuki, bugun o`zga bir go`shaga chekining. Qizig`i shundaki, u hali bundan 
bexabar ekan. Bizda shundayki, o`zidan kichiklarni ham sizlashadi
EGA ERGASH GAPLI QO`SHMA GAPLAR 
Bosh gap tarkibida ega vazifasida qo`llangan ko`rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi 
ergash gapga ega ergash gap deyiladi. Bunday ergash gap bosh gapga nisbiy so`zlar (kim-o`sha, 
nima-o`sha kabi) yoki bosh gap kesimi tarkibida qo`llaniluvchi - ki yuklamasi yordamida 
bog`lanadi. Gap qismlari nisbiy so`zlar yordami bog`langanda, ergash gap kesimi shart mayli 
shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi va ergash gap bosh gapdan oldin keladi: Kimki ilm urug`ini 
sepsa, u ulug`lik mevasini teradi. Qozonga nima tushsa, cho`michga ham o`sha chiqadi. 
Gap qismlari –ki yordamida bog`langanda esa ega ergash gap bosh gapdan keyin keladi: Shu 
narsa qiziqki, uyquda ham miya o`z faoliyatini to`xtatmaydi. 
Ba’zan bosh gapning egasi vazifasidagi ko`rsatish olmoshi qo`llanmasligi mumkin, ammo uning 
o`rni bilinib turadi: Bu savollardan ma’lum bo`ldiki, aybnoma uydirma emas.(Bu savollardan 
shu narsa ma’lum bo`ldiki…) 

Yüklə 372,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin