Ergashgan qo`shma gaplar


HOL ERGASH GAPLI QO`SHMA GAPLAR



Yüklə 372,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix26.03.2023
ölçüsü372,93 Kb.
#90066
1   2   3   4   5   6
HOL ERGASH GAPLI QO`SHMA GAPLAR 
Bosh gap tarkibida hol vazifasida qo`llangan qo`rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi 
yoki bosh gap orqali ifodalangan mazmunning sababi, maqsadi, sharti, payti, holati, miqdor-
darajasi kabilarni bildirgan ergash gaplarga hol ergash gap deyiladi. Hol ergash gaplar bosh 
gapga nisbiy so`zlar, shart mayli shakllari; sabab, maqsad, shart bog`lovchilari; deb so`zi 
yordamida bog`lanadi. Hol ergash gaplar holning ma’no turlariga mavofiq o`z ichida payt, o`rin, 
sabab, maqsad, shart, miqdor-daraja ergash gaplar singari bir necha turlarga bo`linadi. Oqsoqol 
qayerda bo`lsa, o`sha joyda ish bir tartibda borardi. 
 
TO`LDIRUVCHI ERGASH GAPLI QO`SHMA GAPLAR 
Bosh gap tarkibida to`ldiruvchi vazifasida qo`llangan ko`rsatish olmoshining ma’nosini izohlab 
keluvchi ergash gaplarga to`ldiruvchi ergash gaplar deyiladi. To`ldiruvchi ergash gaplar bosh 
gapga nisbiy so`zlar yoki bosh gap kesimi tarkibida qo`llaniluvchi –ki yuklamasi yordamida 
bog`lanadi. Gap qismlari nisbiy so`zlar yordamida bog`langanda, ergash gap kesimi shart mayli 
shaklida fe’llar bilan ifodalanadi va to`ldiruvchi ergash gap bosh gapdan oldin 
keladi: Kimki bo`lsa dilozor, undan elu yurt bezor. 
Gap qismlari –ki yordamida bog`langanda esa to`ldiruvchi ergash gap bosh gapdan keyin keladi, 
bosh gap tarkibida shunday, ayrim, ba’zi kabi olmoshlar qo`llanadi: Shunday bino quraylikki, 


avlodlarga meros qolsin. Ayrim oilalar borki, tarbiyaga e’tibor berishmaydi. 
Ba’zan bosh gapning to`ldiruvchisi vazifasidagi ko`rsatish olmoshi qo`llanmasligi mumkin, 
ammo uning o`rni bilinib turadi. Ahmadjon biladiki, dushman bu tepalikni haddan tashqari 
qattiq o`qqa tutdi.(Ahmadjon shuni biladiki…) 
ANIQLOVCHI ERGASH GAPLI QO`SHMA GAPLAR 
Bosh gap tarkibida aniqlovchi vazifasida qo`llangan ko`rsatish olmoshining ma’nosini izohlab 
keluvchi ergash gaplarga aniqlovchi ergash gap deyiladi. Aniqlovchi ergash gaplar bosh gapga 
nisbiy so`zlar yoki bosh gap kesimi tarkibida qo`llaniluvchi –ki yuklamasi yordamida 
bog`lanadi. 
Aniqlovchi ergash gaplar bosh gapga nisbiy so`zlar yordamida birikkanda ergash gap bosh 
gapdan oldin keladi, ergash gap tarkibida qanday, qaysi, kimning kabi olmoshlar, bosh gap 
tarkibida esa shunday, shu, o`sha, uning olmoshlari qo`llanadi: 
Yüklə 372,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin