Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/146
tarix15.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#130547
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   146
0cadf6fa48921eb6a5c5120acb7ef572 Marketing asoslari

Radio va telereklama iste’molchilarni qamrab olish bo’yicha eng keng qamrovli 
hisoblanadi. U paydo bo’lganiga nisbatan ko’p vaqt bo’lmaganiga qaramay, doimiy 
rivojlangan 
va 
takomillashgan 
holda 
boshqa 
reklama 
vositalari 
bilan 
raqobatlashmoqda. 
Radio bizning hayotimizdan mustahkam o’rin olgan. Radioni yoqib, biz har kuni 
radioreklamani ham tinglaymiz. Bu juda amaliy natija beradigan, buning ustiga, eng 
tezkor va tejamkor reklama vositasi sanaladi: radio orqali reklama e’loni tayyorlashga 
ko’p vaqt talab qilinmaydi, bunday e’lon nisbatan arzon ham turadi. 
Radioreklama oson va beixtiyor qabul qilinadi: radioni nonushta payti, 
avtomobilda ketayotgan mahalda, ishxonada tushlik paytida tinglash mumkin . Shu 
sababli radioreklama eshittirishini ko’ngilocharlik va bilim olishga xizmat qiladigan 
shaklda, do’stona va tabiiy suhbat tarzida tayyorlash kerak. 
Agar gazeta va jurnallardagi reklama e’lonlari asosan rasmiy va vazmin 


143 
xarakterga ega bo’lsa, radio orqali reklama eshittirishlari samimiy, tabiiy va 
improvizasiyali bo’lishi lozim. 
30 soniyadan 1 daqiqagacha bo’lgan vaqom etadigan reklama e’loni yengil qabul 
qilinadi. Aytib o’tish kerakki, musiqa jo’rligidagi reklama yaxshiroq qabul qilinadi. 
Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, radio orqali qabul qilishda o’ziga xos 
xususiyatlar mavjud: agar o’quvchi gazeta xarid qilgan bo’lsa, uni istalgan payt va bir 
necha marta qayta ko’rib chiqishi mumkin. Radioreklama esa bir marta va 
rejalashtirilgan paytda amal qiladi. 
Radio orqali reklama turlari orasida eng tarqalgan turlar radioe’lonlar, 
radioroliklar, turli radiojurnallar va reklama radioreportajlari hisoblanadi. 
Radioe’lon – odatda diktor tomonidan o’qib eshittiriladigan axborot. 
Radiorolik – maxsus tayyorlangan sahnalashtirilgan (badiiy) radiosyujet, u 
original tarzda (ko’pincha haazil yoki qiziqtirib qo’yadigan suhbat ko’rinishida) va, 
qoidaga ko’ra, musiqa jo’rligida taklif etilayotgan mahsulot, tovar yoki xizmatlar 
haqida axborotni bayon qiladi. Ba’zida reklama radioroliki kichik reklama qo’shig’i-
shlyager shaklida bo’lishi mumkin. 
Radiojurnal – axborot-reklama xarakteriga ega bo’gan, uning alohida elementlari 
qisqa konferans bilan birlashtiriladigan tematik radioeshittirish. 
Televizion reklamaning eng tarqalgan turlari orasida televizion reklama roliklari, 
televizion reklama e’lonlari, reklama telereportajlari va teleko’rsatuvlari, ko’rsatuvlar 
oralig’idagi reklamani alohida ajratib ko’rsatish mumkin. 
Teleroliklar bu – bir necha soniyadan 2-3 daqiqagacha davom etadigan va 
televidenie orqali namoyish etiladigan reklama kino- yoki videoroliklari. Ko’pincha 
bunday reklama roliklari vaqti-vaqti bilan turli ommaviy, badiiy va publisistik 
ko’rsatuv va dasturlarga kiritilishi mumkin. Xorijiy amaliyotda hattoki badiiy filmlar 
ham eng qiziq paytda reklama bilan uzib qo’yiladi. 
Telee’lonlar – diktor tomonidan o’qiladigan reklama axboroti. 
Reklama teleko’rsatuvlari ularning davomida u yoki bu tovarlar faol reklama 
qilinadigan xilma-xil teledasturlarni: shou, viktorina, reportaj, intervyularni aks 
ettirishi mumkin. 


144 
Radio- va telereklama afzalliklari ularning o’ta tezkorligidadir (chunki reklama 
xabari tahririyatga kelib tushishi bilan efirga berilishi mumkin). 
Bu vositalarni aholining keng qatlamlari iste’moli uchun mo’ljallangan, ommaviy 
talab tovarlari va xizmatalrini reklama qilishda foydalanish eng samarali hisoblanadi. 
Tovarlar va xizmatlar reklamasini joylashtirishda har bir reklama beruvchi avvalo 
gazeta, jurnal, radio, televidenie, tashqri reklama vositalari, transportdagi reklama
to’g’ridan-to’g’ri pochta orqali reklama va h.k. orasidan zarur reklama vositalarini 
tanlab oladi. Bu yerda qandaydir umume’tirof etilgan qoidalar deyarli yo’q, chunki har 
bir reklama vositasiga o’ziga xos xususiyatlar xos bo’lib, ularning har biri o’z 
navbatida, boshqasidan farq qiladi. Xamma vaziyatlar uchun yaroqli bo’lgan bironta 
«eng yaxshi» vosita mavjud emas. Shu sababli qarorni muayyan talablar, muayyan 
vaziyatdan kelib chiqib qabul qilinishi lozim. 
Reklama vositalarini tanlashning muhimligi haqida shu ham dalolat beradiki
reklamaga sarflanadigan mablag’larning 80%i reklama tarqatish vositalariga to’lanadi. 
Reklama vositasini tanlashda to’rtta savolga javob berish maqsadga muvofiq: 1) 
kimni qamrab olish kerak? 2) ular qaerda joylagan? 3) reklama murojaati nimani 
ifodalaydi? 4) e’lonni qachon joylashtirish kerak? 
Reklama bilan kimni qamrab olish kerak degan savolning javobi maqsadli 
potensial xaridorlarni aniq bilishni talab qiladi. Bironta tovar, bironta xizmat hamma 
tomonidan birdaniga va bir xil tarzda foydalanilmaydi. Ayrim kishilar boshqalardan 
ko’ra ko’proq potensial iste’molchilar hisoblanadi. Shuning uchun reklama 
beruvchining o’zi yoki reklama agentligi xodimi bozorni segmentlaydi, ya’ni 
demografiya, ijtimoiy ahvol, turmush tarzi, tovardan foydalanish darajasi va h.k. 
nuqtai-nazaridan eng ehtimoliy potensial xaridorlarni tanlaydi va tavsiflaydi. So’ngra 
maqsadli bozor talablariga eng to’liq javob beradigan va eng ko’p sonli potensial 
xaridorlarni qamrab oladigan reklama vositalari tanlab olinadi. 
Reklamani potensial xaridorlarning ko’pchiligi joylashgan joylarda berish zarur, 
muayyan nashrda chop etish uchun mo’ljallangan e’lon esa uning o’quvchilari uchun 
tushunarli bo’lgan tilda yozilgan bo’lishi lozimQachon reklama qilish masalasini hal 
qilishda gap yil fasllari, oy, hafta, kun, soat, daqiqalar haqida borishi mumkin. Bosma 


145 
nashrlarning chiqish davriyligi (kundalik gazetalar, haftalik va oylik jurnallar) hamda 
televidenie va radioda vaqt kesimlarining o’ziga xos tasniflanishi reklama 
beruvchilarga reklama xabarlari ko’riladigan, o’qiladigan yoki eshitiladigan vaqtni 
aniq tanlash imkoniyatini taqdim etadi. 
Hozirgi paytda reklama beruvchilar va reklama agentliklar tomonidan reklama 
dasturlarini amalga oshirish doirasida reklama kampaniyalari o’tkazishda 
foydalaniladigan reklama vositalari xilma-xilligi kuzatilmoqda. 
Tanlov reklama beruvchi bo’lgan muayyan vaziyatga bog’liq bo’ladi. Masalan, 
yaqqol ajralib turadigan o’rovdagi tovar (kosmetik tovarlar) uchun jurnallar va 
televidenie kabi reklama vositalaridan foydalanish talab qilinishi mumkin. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin