162
telekoomunakitsiya tizimi
Shahar elektrotransporti parkini yangilash
24
2 ta
Ta‟kidlash lozimki, mamlakat itisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etishda
tayanch nuqtalardan hisoblangan erkin iqtisodiy hududlar (EIH) ishlab chiqarish
infratuzilmasini rivojlashtirishda alohida o„ringa ega.
Jumladan, mamlakatimizning Navoiy viloyatida tashkil etilgan “Navoiy” EIIZ
va uning tranzit va transport-logistika xizmatlarini yo„lga qo„yish barobarida ishlab
chiqarish infratuzilmasining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo„lgan avtomagistrallar,
yuk tashish terminallarida qator ishlar olib borildi. Navoiy shahridan 3,5 kilometr
uzoqlikda Navoiy xalqaro eroporti joylashgan bo„lib, uning xizmatlaridan “Korean
Eyr” va “Moskoviya” (Rossiya) kabi xalqaro yuktashuvchi kompaniyalar
foydalanadi. Xozirgi kunda ushbu aeroport bazasida xalqaro intermodal logistika
markazi faoliyat yuritmoqda. Navoiy xalqaro aeroporti O„zbekiston Respublikasining
geografik markazida joylashgani bois tashqi savdo yuk tashuvlarini optimallashtirish
va yuklarga qayta ishlov berish, tashqi savdoning transport xarajatlarini
kamaytirishda xal qiluvchi ahamiyat kasb etmokda. Bundan tashkari, 2007 yilda
ishga tushirilgan Toshguzar-Boysun-Qumqo„rg„on temir yo„li Navoiy shahri temir
yo„l raz‟ezdiga yaqin bo„lib, janubiy yo„nalish bo„yicha Afg„oniston, Pokiston,
Hindistonga to„g„ridan-to„g„ri chiqish imkonini beradi. EIIZning bevosita “E-40”
avtomobil magistraliga yaqinligi eng qisqa yo„l bilan Yevropa va Xitoyga chiqish
imkonini beradi. Shuningdek, bu erdan o„tadigan temir yo„llar orqali Markaziy
Osiyo, MDH, Janubiy-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq va Fors ko„rfazi bozorlariga kirish
imkonini yaratib berdi.
Bundan tashqari, ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi infratuzilma tarmoqlarini
yanada
rivojlanishining
uzluksizligini
ta‟minlash
maqsadida,
O„zbekiston
Respublikasi Prezidentining “2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikatsiya va
yo„l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturi
to„g„risida”gi Qarori asosida 2015-2019 yillarda “O„zbek milliy avtomagistrali”
tarkibiga kiruvchi respublikadagi avtomobil yo„llari qismlari va umumiy
foydalanishdagi avtomobil yo„llarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda yo„l
tashkilotlarining ishlab chiqarish bazalarini texnik rivojlantirish chora-tadbirlarining
manzilli ro„yxati tasdiqlandi (5.7-jadval).
Dostları ilə paylaş: