Tayanch iboralar: Erkin iqtisodiy hududlar, tashqi savdo hududlari, tadbirkorlik hududlari,
texnoparklar, tovar, boj, korxona, imtiyoz, soliq, hukumat, investor, ilmiy-texnik
rivojlanish.
Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 1.
Bugungi kunda jahonda 140 dan ortiq davlatda 5000 dan ortiq EIHlar faoliyat
ko„rsatmoqda va ularda 80 mln. kishidan ziyod xodimlar mehnat qilishadi. Bu esa
EIHlarni tashkil etishda boy va katta tajribaga ega rivojlangan davlatlar amaliyotini
o„rganish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
2.
Jumladan, hozirgi paytga kelib AQShda 266 ta EIHlar (TSHlari) mavjud.
Bundan tashqari, 200 dan ortiq texnoparklar va 1500 dan ortiq turli darajada tashkil
etilgan tadbirkorlik hududlari mavjud. EIHlarni tashkil etishda, shuningdek, G„arbiy
Yevropa davlatlari ham katta tajriba to„plaganlar.
3.
G„arbiy Yevropada tovar va texnologiyalar sifatida juda katta e‟tibor
qaratilishi va ularning yuqori sifatda yaratilishida texnoparklar muhim o„rin
egallagan. shu sababli G„arbiy Yevropaning texnoparklari rivojini o„rganish alohida
ahamiyatga ega. O„z navbatida, rivojlangan Yevropa davlatlari singari Turkiyada
ham EIHlar soni ortib bormoqda va ularni rivojlantirish bo„yicha o„ziga xos
tajribalarga ega.
Nazorat uchun savollar: 1.
EIHlarni tashkil etish va rivojlantirish bo„yicha rivojlangan davlatlar
tajribalarini o„rganishdan maqsad nima?
2.
EIHlarning G„arbiy Yevropa davlatlarida tashkil etilishi va rivojlanishi
xususiyatlarini tushuntirib bering.
3.
G„arbiy Yevropa davlatlarida texnoparklarning tashkil etilishi va
rivojlanishining samaralarini qanday izohlaysiz?
4.
Turkiyaning geografik joylashuv o„rni EIHlar rivojida qanday ahamiyat kasb
etadi?
5.
Bugungi kunda AQShda EIHlarning qanday turlari mavjud va ular soni
qanchaga etgan?
6.
Rivojlangan davlatlarda EIHlarning faol rivojlanishda bo„lgan turlarini va
sabablarini aytib bering.