Эркин иқтисодий ҳудудлар



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə216/281
tarix16.12.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#182174
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   281
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Tayanch iboralar: 
Erkin iqtisodiy hududlar, rezident, texnologiya, diversifikatsiya, sanoat, 
investor, investitsiya loyihasi, innovatsiya, imtiyoz. 


346 
Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 
1.
O„zbekistonda dastlabki vaqtlardan (2008-2013 yillarda) 3 ta EIH “Navoiy”, 
Angren” va “Jizzax” EIHlari tashkil etilib, ularni rivojlantirish bo„yicha ma‟lum 
sinov, tajriba va yutuqlar qo„lga kiritildi. Ushbu har bir EIHni tashkil etishning o„ziga 
xos asoslari, shart-sharoitlari, imkoniyatlari va ehtiyojlari mavjud bo„lib, bularning 
barchasi mazkur EIHlarning rivojlanishida kompleks ta‟sir kzrsatish imkoniga ega. 
2.
O„zbekistonda tashkil etilgan “Navoiy”, Angren” va “Jizzax” EIHlarida 
xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish, yangi ish o„rinlarini yaratish, hudud ishlab 
chiqarish va eksport salohiyatini oshirish maqsadida bir qator soliq va bojxona 
imtiyozlari taqdim etildi. Biroq, amalda yaratilgan qulaylik va imtiyozlarga qaramay 
mazkur EIHlarga investitsiyalarni jalb etish, ish o„rinlarini yaratish, ishlab chiqarish 
va eksport hajmini oshirish talab darajasida bo„lmadi. Ayrimlari, hatto, importga 
bog„liq loyihalarga suyanib qoldi. 
3.
O„zbekistonda tashkil etilgan “Navoiy”, Angren” va “Jizzax” EIHlari bir 
qator davlatlar tajribalarini o„rganish asosida tashkil etilgan bo„lsa-da, ulardagi 
mavjud muammolar bir qator masalalarning hal etilishi bilan bog„liq holda ko„zga 
tashlanib qoldi. Jumladan, qulay infratuzilmaning, xorijga chiqish-kirish viza rejimi 
zarurligi, ma‟muriy va bosqa to„siqlarni bartaraf etish, tashqi iqtisodiy faoliyat 
erkinligining huquqiy asoslarini takomillashtirish eng muhim masalalardan 
hisoblanadi. 
Nazorat uchun savollar: 
1.
O„zbekistonda “Navoiy”, Angren” va “Jizzax” EIHlari qachon va nima 
maqsadlarda tashkil etildi? 
2.
O„zbekistonda tashkil etilgan “Navoiy”, Angren” va “Jizzax” EIHlarining 
faoliyat yo„nalishlari nimalardan iborat? 
3.
O„zbekistonda tashkil etilgan “Navoiy”, Angren” va “Jizzax” EIHlarida 
qanday soliq, bojxona va ma‟muriy imtiyozlar berilgan? 
4.
O„zbekistonda tashkil etilgan “Navoiy”, Angren” va “Jizzax” EIHlari 
faoliyatida qanday muammolar kuzatildi? 
5.
O„zbekistonda tashkil etilgan “Navoiy”, Angren” va “Jizzax” EIHlari 
faoliyatini takomillashtirish bo„yicha qanday chora-tadbirlar amalga oshirildi? 
6.
O„zbekiston 
Respublikasi 
Davlat 
investitsiya 
dasturida 
EIHlarni 
rivojlantirishga doir qanday loyihalar amalga oshirilmoqda? 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin