361
xususiyatlanadi. Davlat krediti davlat budjetidan ustuvor
investitsiya loyihalarini
amalga oshirish bo„yicha tasdiqlangan dasturlar asosida beriladi.
Daromad solig„i
– moliya yilida soliq solinadigan daromadga ega bo„lgan
jismoniy shaxslarning soliq solinadigan jami daromadlaridan,
yuridik shaxslarning
soliq solinadigan jami daromadi (foydasi)dan undiriladigan to„g„ri, umumdavlat
solig„i.
Daromadlilik indeksi (
profitobility index, PI
)
–
investitsiya
loyihasining
diskontlangan daromadlarining diskontlangan investitsiya xarajatlariga nisbati
tushuniladi, bu ko„rsatkich investorning 1 so„m sarf qilgan
investitsiyalariga necha
so„m daromad kelishini aniqlab beradi.
Davlat tashqi qarzi
– davlat tomonidan xorijdan mablag„ jalb qilish natijasida
vujudga kelgan O„zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig„indisi.
Devalvatsiya
(de va lot. valeo – qiymat) – milliy pul birligi kursining xorij
valyutalariga nisbatan pasaytirilishi.
Deklarant
– tovarlarni va (yoki) transport vositalarini o„z
nomidan
deklaratsiyalovchi shaxs yohud uning nomidan tovarlar va (yoki) transport vositalari
deklaratsiyalanayotgan shaxs.
Dostları ilə paylaş: