Axborot mulkdori – o„z mablag„iga yoki boshqa qonuniy yo„l bilan olingan
axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf etuvchi yuridik yoki
jismoniy shaxs;
Axborotni muhofaza etish – axborot borasidagi xavfsizlikka tahdidlarning
oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari;
Axborot resurslari – alohida hujjatlar, hujjatlarning alohida to„plamlari,
axborot tizimlaridagi (kutubxonalardagi, arxivlardagi, fondlardagi, ma‟lumotlar
banklardagi va boshqa axborot tizimlaridagi) hujjatlar va hujjatlarning to„plamlari;
Axborot sohasi – sub‟kutlarning axborotni yaratish, qayta ishlash va undan
foydalanish bilan bog„liq faoliyati sohasi;
Axborot borasidagi xavfsizlik – axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat
manfaatlarining himoyalanganlik holati;
Axborot egasi – qonunda yoki axborot mulkdori tomonidan belgilangan
huquqlar doirasida axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf
etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
B Bankdlik – aholini ish bilan ta‟minlash, mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy
foydali mehnat bilan mashg„ul bo„lishi.
Bank kafolati – kafil banklarning mijozlari majburiyatlarini o„z zimmasiga
olishi. Mijozlar qarzlarini o„z hisobidan va o„z muddatida to„lay olmagan hollarda
banklar ularning topshirig„iga ko„ra va ularning hisobidan majburiyatlarni zimmasiga
oladi. Qarz tegishli ta‟minot (garov) asosida bank tomonidan to„lanadi.
Bank krediti – banklarning mijozlarga vaqtinchalik foydalanish uchun ma‟lum
shartlar va tamoyillarga asoslanib, kapital berishi.
Bank ssudasi – bankning foiz to„lovi sharti bilan kreditga berilgan pul mablag„i.
Qisqa va uzoq muddatli turlarga bo„linadi.
Bank foiz stavkasi – bank ssudasidan foydalanganlik uchun belgilangan haq
miqdori. Qarz summasiga nisbatan foiz hisobida undiriladi. Uning miqdori kreditning
turi, muddati va qarzning vaqtida qaytarilishiga bog„liq.
Bankrot – 1) qarzdorlik, nochorlik, tadbirkorning o„z qarz majburiyatlari
bo„yicha mablag„i bo„lmaganligi uchun to„lashdan bosh tortishi; 2) xo„jalik sudi
tomonidan e‟tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo„yicha kreditorlar
talablarini to„la hajmda qondirishga yoki majburiy to„lovlar bo„yicha o„z
majburiyatini bajarishga qodir emasligi.