Aksiyador – aksiyaning egasi, undan naf ko„ruvchi yuridik va jismoniy shaxs.
Aksiyadorlik jamiyati – daromad topish maqsadida hissadorlik tamoyiliga
binoan uyushgan sherikchilik jamiyati.
Aksiyadorlik kapitali – aksiyadorlik jamiyatining kapitali, sherikchilik asosida
tashkil topgan korporativ mulk hisoblanadi.
Aksiyalarning nazorat paketi – aksiya egasiga aksiyadorlik jamiyatida
amaldagi hukmronlikni ta‟minlaydigan aksiyalar miqdori; chiqarilgan aksiyalarning
umumiy summasida bir shaxs, kompaniya yoki davlatning yirik hissasi. Aksiyador
jamiyatning yig„ilishida hal qiluvchi ovozga ega bo„lish huquqini beradi.
Amortizatsiya'>Amortizatsiya (lot. amortisatio – qoplash) – asosiy kapital (fondlar)
amortizatsiyasi – asosiy kapital (mashina, mexanizmlar, jihozlar, binolar,
inshootlar)ning ekspluatatsiya jarayonida eskirishi va ayni paytda ular qiymatining
muayyan davr davomida ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarga o„tib borishi.
Amortizatsiya ajratmalari – mahsulot tannarxiga kiritiladigan asosiy fondlar
amortizatsiyasi summasi; asosiy fondlarni qisman tiklash (kapital ta‟mirlash va
yangilash) va to„liq tiklash fondlarini yaratishga xizmat qiladi.
Amortizatsiya fondi – 1) amortizatsiya ajratmalari hisobiga shakllanadigan
maxsus fond; 2) mahsulotning tannarxi tarkibiga kiritiladigan amortizatsiya
ajratmalari hisobidan korxonada shakllantiriladigan pul mablag„lari fondi.
Asosiy kapital – kapitalning asosiy ishlab chiqarish vositalari (mashina, asbob-
uskuna, ishlab chiqarish binolari va uskunalari)ni o„z ichiga oluvchi, iqtisodiy
jihatdan o„z qiymatini ishlab chiqarilgan tovarlarga asta-sekin va uzoq muddatda
o„tkazib boruvchi qismi.
Asosiy fondlar – ishlab chiqarishga uzoq muddat xizmat qiladigan, o„z natural
buyum shaklini uzoq vaqt o„zgartirmagan holda ishlab chiqarish jarayonida bir necha
358
bor qatnashadigan mehnat qurolari va vositalari.
Axborot – manbalari va taqdim etilish shaklidan qat‟i nazar shaxslar, predetlar,
faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to„g„risidagi ma‟lumotlar;