356
iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish
borasidagi qo„shimcha chora-tadbirlar to„g„risida”gi PQ-3356-sonli Qarori.
6.
Raimjonova M.A. O„zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga
investitsiyalarni
jalb qilish: nazariy asoslari, hozirgi holati va istiqbollari. – T.: “Extremum-press”
nashriyoti, 2013. – 176 b.
357
IZOHLI LUG„AT (GLOSSARIY)
A
Aktiv
– (lot. activus – faol, ta‟sirchan, ishchan) – 1)
buxgalteriya balansining
chap qismi, korxonaning muayyan sanada va pul ifodasida barcha vositalarini,
ularning tarkibi va joylashuvini (asosiy fondlar,
aylanma vositalar, pul vositalari,
kapital sarflar, qarzdorlik talabnomalari va b.)
aks ettiradi; 2) korxona yoki
tashkilotning mulki yoki resurslari (bino, mashina,
naqd pul, qimmatli qog„ozlar va
b.). Pulga tez sotilishi (aylanishi) mumkin bo„lgan, bozori chaqqon aktivlar
(veksellar, qimmatli qog„ozlar, oltin, naqd pul va b.) likvid aktivlar deyiladi.
Aksiya
– (frants. action – farmoyish; ruxsatnoma, faoliyat) – aksiyador jamiyat
chiqargan qimmatli qog„oz. O„z egasining aksiyadorlar
jamiyati kapitalida hissasi
borligini va shunga muvofiq topilgan foydaning bir qismini dividend shaklida
olishini, uni boshqarishda ishtirok etish huquqini tasdiqlaydi.
Aksiya kursi
– aksiyaning bozor narxi. Aksiya
kursi aksiya keltiradigan
dividend miqdoriga to„g„ri mutanosib va bank foizi darajasiga teskari mutanosiblikda
o„zgaradi. Aksiya kursi aksiya nominalidan (aksiyada ko„rsatilgan summadan) yuqori
yoki past bo„lib, bu talab va taklifga bog„liq. Aksiya kursini emitent emas,
bozor
belgilaydi. Aksiya narxining birjada belgilanishi
birja kotirovkasi
deyiladi.
Dostları ilə paylaş: