Jahon bozori konyunkturasi –
jahon tovar bozorlaridagi sotish sharti, ushbu
bozorlardagi talab, taklif, narxlar darajasi, ularning o„zgarish tendensiyalari.
Z Zararlar –
fuqarolik huquqida qonunga xilof harakatlar tufayli bir shaxs
tomonidan ikkinchi shaxsga yetkazilgan ziyonning pulda ifodalangan shakli.
I Ijaraga beruvchining (lizing beruvchining) foizli daromadi – buxgalteriya
hisobi to„g„risidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan ijara (lizing) to„lovi
summasi bilan ijara (lizing) obyektining qiymatini qoplash summasi o„rtasidagi farq
ko„rinishidagi ijara (lizing) to„lovining bir qismi.
Ijara shartnomasi – fuqarolik-huquqiy shartnoma. Unga ko„ra, ijaraga beruvchi
ijaraga oluvchiga haq evaziga mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanish yoki
foydalanish uchun topshirish majburiyatini oladi.
Ijara haqi – ijara sharoitida taqdim etilgan mulk uchun to„lovning turi. Asosiy
fondlarning alohida obyektlari ijaraga olinganda ular ijara shartnomasining butun
amal qilish davomida teng hissalarda mahsulot tannarxiga kiritiladi.
Ijtimoiy investitsiyalar – inson salohiyatini, malakasi va ishlab chiqarish
tajribasini oshirishga, shuningdek, nomoddiy ne‟matlarning boshqa shakllarini
rivojlantirishga qo„shiladigan investitsiyalar.
Import (ingl. import – keltirish, olib kelish) – mamlakatning ichki bozorida
sotish uchun, shuningdek, ularni uchinchi mamlakatga o„tkazib yuborish uchun chet
el tovarlari, xizmatlar, texnologiyalar, kapitallar, qimmatli qog„ozlar va boshqalarni
keltirish.
Import litsenziyasi – unda ko„rsatilgan tovarlarning cheklangan miqdorini yoki
shunday tovarlarni cheklanmagan miqdorda ushbu hujjatda aytib o„tilgan vaqt
davomida olib chiqib ketishga ruxsatnoma.