Uchinchidan,
EIHlarda faoliyat yuritayotgan xorijiy firmalar va mahalliy
korxonalar o„rtasida to„g„ridan-to„g„ri aloqalarni o„rnatish uchun kerakli xarajatlar
miqdori va darajasini hisobga olish zaruriyati. Mahalliy firmalar o„ylamasdan xorijiy
firmalarni, xaridorning texnik standarilariga mos keluvchi va yetarli miqdorda
mavjud bo„lgan tovarlar va xizmatlar bilan ta‟minlaydi degan fikrga borish
noto„g„ridir. Bunday vaziyat kamdan-kam uchraydi. Bu esa zonadan tashqrida
faoliyat yurituvchi mahalliy korxonalarni ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga
va texnologik darajasini ko„tarishga, shuningdek, ushbu korxonalar va zonada
faoliyat yuritayotgan xorijiy firmalar o„rtasida ishlab chiqarish aloqalarini
ta‟minlashga jiddiy sarmoyalar kiritish zarurligini anglatadi. Bunday investitsiyalar
butun iqtisodiyotga foyda keltiradi (agar shunday yo„l bilan rivojlangan firmalar
tovarlar va xizmatlarni mahalliy bozorga ham yetkazib bersa). Ushbu muammoni hal
qilish, balki avval ko„zda tutilmagan moliyaviy xarajatlarni talab etadi, bu esa erkin
iqtisodiy hududlarni tashkil qilishga yo„naltiriladigan investitsiyalar hajmini
ko„paytiradi.
Yuqorida ko„rsatilgan muammolarning mavjudligi – xomashyo resurslari va
moliyalashtirishning yetishmasligi, mahalliy korxonalarning past texnik darajasi,
mahalliy tovarlar va xizmatlarning past sifati erkin zonada faoliyat yuritayotgan xorijiy
firmalar va undan tashqaridagi mahalliy korxonalar o„rtasida aloqalarni o„rnatish
masalasini hal etishning murakkabligini belgilaydi. Bundan kelib chiqadiki, dastlabki
bosqichlarda mahalliy bozorlarga kirish imkoniyati potensial xorijiy investorlar uchun
kuchli sabab bo„la olmaydi. Shunga qaramay, uzoq muddatli istiqbolda mahalliy
resurslarga ega bo„lish imkoniyati ular uchun muhim omil bo„lishi mumkin.
EIHlarda xorijiy firmalarni mahalliy resurslar bilan ta‟minlashni rivojlantirish
uzoq muddatli tadbirlar toifasiga kiradi va potensial investorlarning hech
bo„lmaganda kamchiligi bunday resurslarni ishlab chiqishda ishtirok etishga
hozirligiga shubha qilmaslik kerak. EIHlarning loyihachilari, ko„pincha, mazkur
hududlarning xorijiy ishtirokchilari uchun asosiy ustunliklardan biri bo„lib, EIH
60
tashkil qiluvchi mamlakat hukumati tomonidan berilgan moliyaviy yoki boshqa
rag„batlar darajasi hisoblanadi, deb o„ylaydilar. Haqiqatan ham birinchi EIHlarni
tashkil etishda shunday bo„lgan edi. Biroq, o„tgan o„n yilliklar mobaynida jahonda
EIHlarning soni shunchalik ko„payib ketdiki, xorijiy investorlar uchun nisbiy
ustunliklar (soliq imtiyozlari, subsidiyalar, importni bojxona to„lovlaridan ozod
qilish, qisman bojsiz eksport qilish va boshqalar) ko„p hollarda, balki butunlay
o„zining rag„batlantiruvchi xususiyatlarini yo„qotdi
30
.
Umumiy imtiyozlar guruhidagi ko„pgina imtiyozlar amalda shunchaki
hisoblanadi va miqdoriy jihatdan nolga teng. Masalan, soliq to„lash bo„yicha 10 yillik
imtiyozli davrning berilishi davlat budjeti uchun moliyaiy yo„qotish hisoblanmaydi,
chunki bunday imtiyoz bo„lmaganda, investorni, balki, EIH qiziqtirib qolmasdi.
Tajriba ko„rsatishicha, maxsus imtiyozlar xorijiy firmalarning zonalarda ishtirok etish
to„g„risidagi qaror qabul qilish jarayonida faqat ikkinchi darajali rolni o„ynaydi. Juda
yaxshi holatlarda bunday imtiyozlar juda kam, ko„pincha, amalga oshirilmaydigan
qo„shimcha foyda keltiradi. SHu bilan birga, maxsus imtiyozlarni joriy qilish uchun
xarajatlar salmoqli bo„lishi mumkin, chunki, ulardan ko„p sonli potensial firmalar
foydalanishi mumkin.
Jahon EIHlar bozoridagi raqobatda ishtirok etmoqchi bo„lgan mamlakat jahon
talablari darajasida yoki undan ham yuqori darajada rag„batlar va imtiyozlar taqdim
etishi zarur. Jahon EIHlar bozorida bunday yondashuv zonalardagi mavjud iqtisodiy
ustunliklarga nisbatan ham qo„llaniladi
31
.
Jahon tajribasini o„rganish shuni ko„rsatadiki, hech bir EIH tegishli
infratuzilmasiz, ya‟ni obodonlashtirilgan hudud, telkommunikatsiya tarmog„i, suv,
elektroenergiya, aeroportga chiqish, mahalliy va xorijiy xodimlar uchun uy-joy
sharoitlarisiz muvaffaqiyatli faoliyat ko„rsata olmaydi. Investorlar tomonidan 15-20
yil oldin nisbiy ustunlik deb baholangan sharoitlar (yaqin joylashgan xalqaro
aeroport, yaxshi telefon aloqasi) hozirgi paytda boshlang„ich shartlar hisoblanadi,
ular qondirilmagan hollarda xorijiy firma zonada ishtirok etish masalasini, hatto,
ko„rib chiqmaydi ham. Moddiy va iqtisodiy imtiyozlarni asta-sekin o„rtacha
ko„rsatkichlarga keltirish shuni tasdiqlaydiki, taqdim etilayotgan ikki guruh
imtiyozlari zonalarga xorijiy investorlarni jalb qilish uchun uzoq vaqt jiddiy sabab
bo„la olmaydi. Ular investor tomonidan sarmoyalar kiritish yoki kelgusida
sarmoyalar kiritish to„g„risidagi ijobiy qaror qabul qilish uchun faqat dastlabki shart
bo„la oladi. Kapitalni EIHga kiritish to„g„risidagi oxirgi qaror investorning taktik va
strategik fikr-mulohazalariga bog„liq bo„ladi.
Agar avval boshidanoq EIHlar, ularda ham xorijiy, ham mahalliy korxonalarni
joylashtirishga yo„naltirilishiga tayanadigan bo„lsak, EIHlarga milliy firmalarni va
investorlarni jalb qilish shartlarini ham ishlab chiqish zarur. Birinchi qaraganda,
milliy investorlarni jalb qilish unchalik qiyin emasday ko„rinadi, chunki, ular zonada
taqdim etilgan rivojlangan infratuzilmadan va imtiyozlardan foydalanishdan
manfaatdor. Biroq, amaliyot ko„rsatishicha, butunlay boshqacha holat ham bo„lishi
30
Рыбаков С.А. Особые экономические зоны в России. Налоговые льготы и преимущества. / С.А.Рыбаков,
Н.А.Орлова. – М.: Вершина, 2006. – 248 с.
31
Рыбаков С.А. Особые экономические зоны в России. Налоговые льготы и преимущества. / С.А.Рыбаков,
Н.А.Орлова. – М.: Вершина, 2006. – 248 с.
61
mumkin. Milliy investorlar ko„pincha kutishni, yoki dastlabki vaqtlarda qiziqish
bildirib, so„ngra zonada ishtirok etishdan voz kechishi mumkin. Buni shunday
tushuntirish mumkinki, ular uchun zonada mahalliy firmalarga notanish bo„lgan ish
sharoitlarida faoliyat yuritish qiyinchiliklari zonaning real afzalliklaridan ustun
kelishi mumkin. Ular uchun o„zlari foydalanib turgan ishlab chiqarishni
tashkillashtirish va boshqarish usullaridan yangi ishlab chiqarish, texnologik va
tashkiliy sharoitlarda ishlash usullariga o„tish juda qiyin kechishi mumkin.
Shunday qilib, EIHlar loyihasini ishlab chiqishda, mazkur EIHda muvaffaqiyatli
ish faoliyati yuritishi mumkin bo„lgan mahalliy korxonalarni jalb qilish masalasiga
yetarlicha e‟tibor berish zarur.
Jahonda EIHlarni tashkil qilinishi va faoliyat ko„rsatishi bo„yicha to„plangan
ulkan tajribaga qaramay, amaliyot tasdiqlashicha, hozirgi vaqtga qadar bunday o„ziga
xos milliy-xalqaro xo„jalik tuzilmalarining universal iqtisodiy mexanizmi ishlab
chiqilmagan. Bu eng avvalo, EIHlarni tashkil qilish turli maqsadlarga egaligi tufayli
ularda turli iqtisodiy sharoitlar va cheklovlar mavjudligiga asoslanadi. Ayni vaqtda
jahonning turli mintaqalarida o„nlab va yuzlab EIHlar shakllantiriladi. Obyektiv
ravishda ular orasida zonalararo raqobat yuzaga keladi va qulay investitsion muhitni
tashkil qilish va ushbu zonalarga xorijiy va milliy investorlarni jalb qilish maqsadida
rag„batlar va soliq imtiyozlarni unifikatsiya qilish tendensiyasini namoyon etadi.
EIHlarga investitsiyalarni jalb etishda ular faoliyatini tartibga solish va
rag„batlantirish samaradorligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Bunda EIHlarni
davlat tomonidan tartibga solish shakllari va usullarini takomillashtirishning quiydagi
asosiy yo„nalishlari ajratiladi:
1. Soliqqa tortish tizimini takomillashtirish.
2. EIHni bojxona tartibga solishni takomillashtirish.
3. EIHda moliyaviy o„zaro munosabatlar mexanizmini takomillashtirish.
4. Zonaning maqsadli yo„nalishiga qarab investitsion siyosat ustuvorliklarini
ishlab chiqish.
5. EIH faoliyatini axborot ta‟minoti tizimini shakllantirish va rivojlantirish.
Ko„pchilik EIHlarda (erkin bojxona va erkin omborlardan tashqari) soliq
siyosati EIH hududida iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning
asosiy, faol qo„llaniluvchi usuli hisoblanadi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlar tajribasi ko„rsatishicha, EIHning soliq siyosati,
uning butun iqtisodiy faoliyati singari o„z budjetiga asoslanadi. U zona hududida
joylashgan jismoniy va yuridik shaxslarning soliq tushumlari; homiylar yordami
(ayniqsa zonani tashkil qilishning dastlabki bosqichida); davlat tomonidan qo„llab-
quvvatlash mablag„lari; ma‟lum darajada bojxona yig„imlari, zona budjetiga EIH
direksiyasi (ma‟muriyati)ning o„z xo„jalik-tadbirkorlik faoliyatidan olingan
mablag„lardan tushumlar kabi turli manbalar hisobidan shakllantiriladi. Budjetni
davlat tomonidan qo„llab-quvvatlash mablag„lari, odatda tekinga emas, balki
ko„pincha uzoq muddatli kreditlar shartlarida beriladi.
EIHda joylashgan korxonalarning davlat budjeti bilan barcha moliyaviy
munosabatlari zona ma‟muriyati va zona budjeti orqali amalga oshiriladi. Bu
EIHning iqtisodiy mustaqilligining muhim omili va xo„jalik faoliyatini samarali
62
boshqaruvining muhim sharti hisoblanadi.
EIHda soliq siyosatini ishlab chiqishda qator shartlarni hisobga olish zarur:
1. O„rnatilgan imtiyozlar tizimi EIH faoliyat sohasining ustuvorligi ham uning
asosiy maqsadlari va vazifalariga muvofiqligiga bog„liq bo„lishi kerak.
2. Imtiyozlar miqdori imkoniy minimal xalq xo„jalik yo„qotishlari (masalan,
budjetga to„lovlarning kelib tushmasligi, kredit foizlarini pasaytirilishi) va tegishli
shakldagi xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdan maksimal samara orasidagi
diapazondagi hisob-kitoblar asosida aniqlanishi kerak.
3. EIHda o„rnatiladigan imtiyozli soliqlar va ulardan ozod qilish tartiblari
ma‟lum davr mobaynida amal qilish va odatda qayta ko„rib chiqilmasligi kerak.
Soliqlar moliyaviy va budjet munosabatlarining bir qismini tashkil qiladi, shu sababli
EIHda davlat soliq siyosatini shakllantirishda barcha turdagi zonalarning davlat bilan
munosabatlarini aks ettiruvchi zonalashtirishning umumiy tamoyillaridan kelib
chiqish kerak. Lekin bunda EIHda soliqqa tortish tartibi va Davlat budjetiga soliqlar
va to„lovlar stavkalari darajasi har bir aniq holatda EIHning ixtisoslashuvi va
xususiyatlari (uning hududida ishlab chiqarish quvvatlarining, infratuzilmaning va
moddiy-texnik ta‟minotning boshqa omillarining mavjudligi)ni hisobga olgan holda
aniqlanishi mumkin.
Har bir aniq EIHning o„ziga xos xususiyatlarga egaligiga qaramay, jahon
amaliyotida soliq tizimini shakllantirishning ma‟lum bir xalqaro standartlari mavjud
bo„lib,
ulardan
O„zbekistonning EIHlarining jahon zonalar bozoridagi
raqobatbardoshligini ta‟minlash uchun foydalanish shart hisoblanadi.
Milliy EIHlarda moliyaviy munosabatlar mexanizmi hozirgi vaqtda shakllanish
bosqichida turibdi. Uni shakllantirish uchun EIH faoliyatini moliyalashtirishning turli
manbalaridan kompleks foydalanish nazarda tutiladi. Bunda xususiy milliy va xorijiy
investitsiyalardan, mahalliy resurslardan, EIH mintaqalarining va u yerda istiqomat
qiluvchi aholining o„z mablag„laridan maksimal foydalanish hisobiga davlat
mablag„laridan foydalanishni har tomonlama cheklashga intilish zarur. Ushbu
manbalar o„rtasidagi nisbat zonaning hayotiylik sikli bosqichlarini hisobga olgan
holda undagi iqtisodiy munosabatlarni rivojlanib borishiga mos ravishda
o„zgartirilishi zarur. Dastlabki bosqichlarda davlatning ko„magi ancha katta bo„lishi,
keyingi bosqichlarda esa u mahalliy moliyalashtirish manbalari hisobiga kamaytirib
borilishi mumkin.
O„zbekistonda EIHlarga investitsiyalarni jalb etish borasida bir qator
muammolar kuzatiladi. Vaholanki, bugungi kunda ularda ichki va tashqi
investitsiyalarni jalb etish uchun muhim bo„lgan bir qator imtiyoz va preferensiyalar
taqdim etilgan. Biroq, berilgan imtiyoz va preferensiyalarning o„zi EIHlarga
investitsiyalarni jalb etish uchun yetarli bo„la olmaydi. Bunga bir qator muammolar
ham o„z ta‟sirini ko„rsatadi. Ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
- EIH joylashgan mintaqada qulay investitsiya muhitini tashkil etiuvchi
omillarning yetarli darajada shakllanmagnaligi va rivojlanmaganligi (transport-
logistika, axborot texnologiyalari, muhandislik- kommunikatsiya infratuzilmalarining
talb darajasida emasligi;
- Suv, gaz, elektr energiyasi kabilar bilan uzluksiz ta‟minot tizimining
63
rivojlanmaganligi;
- malakali, zamonaviy tajriba va ko„nikmaga ega kadrlarning etishmasligi;
- mahalliy xomashyo va yarimfabrikatlar sifatining talab darajasida emasligi
yoki ularni tayyorlash texnologiyasining eskirganligi;
- ekologiya va atrof-muhitning qoniqarli darajada emasligi;
- korrupsiyaning mavjudligi va ta‟sirining yuqoriligi.
Shu sababli EIHlarga investitsiyalarni jalb qilishda hududlardagi muammolarni
bartaraf etish, ularning ham investitsiya salohiyatini o„rganish, hisobga olish muhim
ahamiyat kasb etadi. Quyidagi jadvalda O„zbekiston bo„ylab hududlarning yetakchi
tarmoqlari va investitsiyalar kiritilishi mumkin bo„lgan ustuvor tarmoqlari
to„g„risidagi ma‟lumotlar keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |