71
Tashkil etish usuliga qarab ikki turdagi hududlar farqlanadi: hududiy va
funksional EIHlar.
Hududiy – ajratilgan teritoriyali hududlar bo„lib u yerda faoliyat yurituvchi
rezident kompaniyalar faoliyat turidan qattiy nazar xo„jalik yuritishning imtiyozli
tartibidan foydalanadi.
Funksional – imtiyozli tartib hududi bo„lib, ma‟lum turdagi faoliyatga
qo„llaniladi uning xususiyatlari 1-bobning 1.6-paragafida alohida keltirib o„tilgan.
Egalik turiga (mulk shakliga) qarab EIHlarni davlat, xususiy va aralash turlariga
bo„lish mumkin.
Jahon amaliyotida eng ko„p qo„llaniladigan egalik shakli bu aralash turdagi
EIHdir. Biroq, keyingi vaqtlarda mahalliy yoki chet el xususiy kapitali borgan sari
kattaroq rol o„ynamoqda va EIHda xususiy mulkning ulushi ortmoqda. Bu tendensiya
nainki rivojlangan davlatlarda balki rivojlanayotgan mamlakatlarda va o„tish
iqtisodiyotili mamlakatlarda yorqin namoyon bo„lmoqda. Ko„pchilik EIHlarda
davlatga faqatgina yer va infratuzilma obyektlari tegishli bo„lib asosiy xo„jalik
subyektlari sifatida mahalliy va chet el xususiy kompaniyalar faoliyat yuritadi. Shuni
ham takidlab o„tish joizki, keyingi yillarda rivojlanayotgan mamlakatlarda xususiy
EIHlar tashkil etilayaptiki ko„pchilik infratuzilma obyektlarini tashkil etishni va
hududni boshqarishni o„z zimmalariga olmoqdalar. Shunday qilib davlat egaligi bir
qator rivojlanayotgan mamlakatlarda va shuningdek, Xitoy, Vetnam va Markaziy
Yevropaning o„tish iqtisodiyotili b‟azi-bir mamlakatlarida katta rol o„ynasada,
EIHlarni rivojlanishida xususiy mulk, xususiy kapital borgan sari yetakchi rol
o„ynamoqda.
Funksional vazifasiga qarab EIHlarni quyidagi turlarini farq etish mumkin:
1.
Savdo hududlari.
2.
Savdo-ishlab chiqarish hududlari.
3.
Texnik-tadbiq etish hududi.
4.
Xizmat ko„rsatuvchi hududlar.
5.
Kompleks hududlar.
Quyidagi paragarflarda ularning mazmuni, xususiyatlari, faoliyat mexanizmi va
asosiy yo„nalishlarini ko„rib chiqamiz.
Shuni ham qayd etib o„tish lozimki, bir qator ilmiy adabiyotlarni o„rganish
asosida EIHlarni tasniflash asosida quyidagi turlarga ajratilishini kuzatish mumkin:
Dostları ilə paylaş: