108
yangilanish darajasi, yangilik va kashfiyotlarning mavjudligi bilan xarakterlanadi.
Moliyaviy
salohiyat.
Moliyaviy
salohiyat
mamlakatning
moliyaviy
imkoniyatlari, iste‟mol va jamg„armaning nisbati, bank sohasidagi depozit va pul
kredit siyosati, tashqi qarz, ichki zahiralar va boshqalar bilan xarakterlanadi.
O„zbekistonda qulay investitsiya muhitining yaratilishi natijasida:
- iqtisodiyotga milliy va xorijiy investitsiyalar oqimining faollashuviga zamin
yaratadi va uning samarali o„zlashtirish natijasi ishlab chiqarishga zamonaviy texnika
va texnologiyalarni joriy etib, eksportbop mahsulotlarni
ishlab chiqarishni
rivojlantiradi;
- import o„rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo„lga qo„yish va buning
uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga yo„naltirish va
pirovardida aholining me‟yordagi turmush darajasini ta‟minlash imkonini beradi;
- kichik biznesni va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va xususuiy sektorda
investitsiyalar faolligini oshirish orqali o„sib aholini ish bilan ta‟minlash imkonini
beradi;
- korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy-texnik bazasini
yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi;
- tabiiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalarni barpo etishga ko„maklashadi va
milliy iqtisodiyotimizni qay darajada barqaror rivojlanayotganligi
anglatuvchi
quyidagi o„sish ko„rsatkichlari yuzaga keladi;
- EIHlar orqali investitsiyalarning faol kirib kelishi rivojlanib boradi;
- mamlakatning tashqi iqtisodiy, savdo, investitsion, innovatsion va boshqa
yo„nalishdagi aoqalari rivojlanadi;
- mamlakatning barqaror iqtisodiy o„sish, tashqi savdo balansini ta‟minlash,
oltin-valyuta zahirasini ko„paytirish kabilar orqali raqobatbardoshliginini oshiradi va
sh.k.
Dostları ilə paylaş: