110
munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan qonun-qoidalarining mukammallik
darajalari.
5. Mamlakatning tabiiy resurslar salohiyati. Investitsion
muhit jozibadorligini
oshiruvchi omillardan asosiysi – bu mamlakatdagi mavjud tabiiy boyliklardir. Agarda
tabiiy resurslar salohiyati yuqori bo„lsa, o„sha mamlakatga investitsiyalar ko„proq jalb
etiladi.
6. Mamlakatning mehnat salohiyati. Biror-bir iqtisodiyotga investor investitsiya
kiritishdan avval, o„sha erning mehnat salohiyatini ham o„rganadi. Mehnat salohiyati
deganda, mamlakatdagi ishchi kuchining tarkibi, soni, qiymati, bilimi,
malakasi,
tajribasi kabilar nazarda tutiladi.
7. Investitsion jamg„armalar. Investitsion jamg„armalar – jamg„armalarning
maxsus
turi
hisoblanib,
iste‟mol
zaruriyatlari
uchun
sarflanmaydi.
Bu
jamg„armalarning asosiy maqsadi daromad keltiradigan aktivlarni investitsiyalashdir.
Jamg„armalarning bunday turi iste‟mol maqsadlarda ishlatiladigan zaruriy
jamg„armalardan keyin hosil qilinadi. Bunday jamg„armalarning hajmi (salmog„i)
jamiyatning turmush darajasiga va aholisining daromad darajasiga bog„liq bo„ladi.
Investitsion jamg„armalar uzoq muddatli va qisqa muddatli bo„lishi mumkin.
Uzok muddatli qo„yilmalar yoki uzoq muddatli aktivlar kapital bozorida moliyaviy
resurslarning manbaasi hisoblanadi. Qisqa muddatli jamg„armalar pul bozorida yoki
qisqa muddatli majburiyatlar bozorida qatnashadi.
8. Mamlakatning ishlab chiqarish salohiyati. Mamlakat ishlab chiqarish salohiyati
deganda, asosan, nima ishlab chiqarishga ixtisoslashganligi nazarda tutiladi.
Bunda
sanoatning qaysi tarmog„i hududda rivojlanganligiga ham e‟tibor beriladi.
9. Mamlakatning iste‟mol salohiyati. Mamlakatning iste‟mol salohiyati
o„rganilganda aholining xarid qobiliyatiga baho beriladi.
10. Mamlakatning innovatsion salohiyat. Innovatsion salohiyatni aniqlash orqali
hududdagi
yaratuvchanlik qobiliyati, yangilikka intiluvchanlik va uni o„zlashtirish
salohiyati tahlil qilinadi.
11. Mamlakatning moliyaviy salohiyati. Mamlakatning moliyaviy salohiyatini
o„rganilganda o„sha erdagi moliyaviy institutlar, muassasalar faoliyati tahlil qilinadi.
Lekin, investitsiya muhitiga turli omillar ta‟sir ko„rsatishi nuqtai nazaridan kelib
chiqib, ushbu omillarga guruhlashtirilgan ko„rinishda o„rganish va baholash muhim
ahamiyat kasb etadi. Bu esa investitsiya muhitiga qaysi guhurdagi omillari ta‟siri qay
darajada ekanligini to„g„ri aniqlash hamda unga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlarni
ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shunga muvofiq, investitsiya muhiti
holatini belgilovchi omillarning kengaytirilgan tarkibini quyidagi 4.2-jadval orqali
ifodalash maqsadga muvofiqdir.