114
rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Shu sababdan EIHga
investitsiyalarni jalb
etishda hudud investitsiya muhitini yaxshilash va uning yanada qulayligini oshirishga
alohida e‟tibor qaratish lozim.
2.
Investitsiya muhiti holatini o„rganish unga ta‟sir etuvchi omillarni aniqlash va
baholash bilan amalga oshiriladi. Shu sababdan investitsiya muhitiga ta‟sir
etuvchi
iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, ekologik, infratuzilmaviy, texnologik va boshqa
omillarni, xususan, ular ta‟sirida yuzaga keladigan riskli
vaziyatlarni oldindan
aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.
3.
Investitsiya muhiti faqat mamlakatda yaratilgan
qulay shart-sharoitlardan
iborat bo„lib qolmay, balki, ushbu sharoitda
foydalaniladigan mehnat, moddiy,
moliyaviy, tabiiy
resurslarning mavjudligi, arzonligi
va ulardan foydalanishning
qulayligi kabilarni baholashni nazarda tutadi.
Dostları ilə paylaş: