Эркин иқтисодий ҳудудлар



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/281
tarix16.12.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#182174
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   281
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

HUQUQIY 
OMILLAR
1.
Investitsiya faoliyati huquqiy asoslarining mustahkamlik 
darajasi. 
2.
Investitsiya faoliyatini bevosita ta‟minlovchi huquqiy asosning 
mustahkamlik darajasi. 
3. Investitsiya faoliyatining me‟yoriy asoslari (farmon, qaror, 
nizom, yo„riqnomalar va h.k.). 
4. Xalqaro norma va standartlarning amal qilish darajasi. 
Investitsiya muhitiga ta‟sir qiluvchi investitsiya risklarining turlari: 
- huquqiy (investitsiyalashning huquqiy shartlarini, alohida ishlab chiqarish 
omillari tarkibini aks ettiradi); 
- siyosiy (siyosiy barqarorlik darajasini hisobga oladi); 
- ijtimoiy (ijtimoiy holat darajasi hisobga olinadi); 
- noqonuniy faoliyat (mintaqada jinoyatchilik darajasini hisobga oladi); 
- iqtisodiy (mintaqaning iqtisodiy rivojlanish darajasini hisobga oladi); 
- ekologik (atrof-muhitning ifloslanish darajasini hisobga oladi) risklardan 
iborat. 
Hududiy investitsion salohiyat hududiy darajada investitsion jarayonlarning 
rivojlanishi, investorlar uchun muhim ahamiyatga ega bo„lgan muqobil ijtimoiy-
iqtisodiy sharoitlarning mavjudligi bilan baholanadi. 
Hududlarda investion muhitni shakllantirish va uning uzluksiz yaxshilanib 
borishida, birinchi navbatda maqsad va vazifalarni aniq belgilab olishga erishish 
lozim. Maqsad va vazifalarning aniq va to„g„ri belgilanishi hududda qulay 
investitsiya muhitining yanada yaxshilanishini ta‟minlaydi. Buni quyidagi rasm orqali 
yaqqol kuzatishimiz mumkin. 


113 
4.3-rasm. Hududlar qulay investitsya muhiti asoslari
47
 
Rasmdan ko„rinadiki, hududiy investitsion salohiyatni oshirish bilan birga 
hududiy investitsion risklarni pasaytirish orqali ularda investitsion jozibadorlikni 
oshirishga erishish mumkin. Bu maqsadga erishish yo„li orqali hududlarga ichki va 
tashqi investitsiyalarni kengroq jalb etish mumkin. Shu yo„l orqali investitsion 
faoliyatni yaxshilash maqsadiga erishish mumkin. Bu, o„z navbatida, hududlarning 
investitsiya muhitini qulaylashtiradi. 
Hudud investitsiya muhiti unda joylashgan EIHlar investitsiya muhiti uchun 
ham juda muhim sanaladi. Shu sababdan yuqorida keltirilgan rasmni bevosita 
EIHlarda yaratiladigan investitsiya muhitiga ham bevosita bog„lash mumkin. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin