117
xalqaro huquq tamoyillari bo„yicha va O„zbekiston Respublikasining qonun
hujjatlariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:
- investitsiyalshni
amalga oshirishning hajmlari, turlari va yo„nalishlarini
mustaqil belgilash;
- investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslar
bilan shartnomalar tuzish;
- o„zining investitsiyalar va investitsiya natijalariga egalik qilish, ulardan
foydalanish va ularni tasarruf etish. Chet ellik investorning
qororiga binoan
investitsiyalarga, ularning natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni
tasarruf etish huquqlari O„zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berilishi mumkin.
Huquqlar boshqa
shaxsga berilganda taraflarning o„zaro munosabatlari shartnomalar asosida tartibga
solinadi;
- O„zbekiston Respublikasi investitsiyalash natijasida olingan o„ziga qarashli
ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini chet ellarda va O„zbekiston
Respublikasida patentlashtirish to„g„risida mustaqil ravishda qaror qabul qilish;
- investitsiya faoliyati natijasida olingan daromadni mustaqil va erkin tasarruf
etish (shu jumladan, uning moneliksiz repatriatsiya qilish);
- O„zbekiston Respublikasiga kreditlar va qarzlar tariqasida pul mablag„larini
jalb etish;
- o„z hisobvarag„idagi milliy valyuta mablag„laridan ichki valyuta bozorida chet
el valyutasini sotib olish uchun foydalanish;
- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xollarda va shartlarda er uchastkalarida doir
huquqlarni sotib olish;
- O„zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq, o„ziga mulk huquqi
asosida qarashli bo„lgan mol-mulk va har qanday
huquqlardan zimmaga olgan
majburiyatlarning, shu jumladan, qarz mablag„larini jalb etishga qaratilgan
majburiyatlarning barcha turlari bo„yicha ta‟minot sifatida foydalanish;
- o„z investitsiyalari va boshqa aktivlar rekvizitsiya qilingan taqdirda mutanosib
ravishda tovon olish;
- davlat boshqaruv organlarining, mahalliy davlat
hokimiyati organlarning
hamda ular mansabdor shaxslarining g„ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) hamda
qarorlari natijasida yetkazilgan zararlarni undirib olish.
Chet ellik investor O„zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan huquqlarga ham egadir.
EIHlarning samarali faoliyat ko„rsatishiga ta‟sir etuvchi muhim omillardan biri
– bu hududlarning istiqbolini belgilash va samaradorligini aniqlash,
shuningdek,
nazorat qilishning huquqiy asoslarini belgilashdan iboratdir. Jahon tajribasidan
ma‟lumki, huquqiy asoslarni to„laligicha ishlab chiqmasdan turib, hech bir erkin
iqtisodiy zona yetarli darajada samarali faoliyat ko„rsata olmaydi.
Shuning uchun
ham huquqiy tartib-qoidalarni ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish erkin
iqtisodiy hududdagi xo„jalik subyektlari uchun ham, chet el investorlari uchun ham
muhim ahamiyat kasb etadi.