119
va reyting natijalari har yili “Yillik statistik karta”da e‟lon qilinadi: ishbilarmonlik
faolligi; xo„jalik
tizimi rivoji salohiyati; investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligi;
samarali soliq siyosati.
Jahon banki yondashuviga ko„ra, mamlakat investitsiya muhitiga ta‟sir qiluvchi
omillar quyidagilardan iborat, deb hisoblanadi:
– iqtisodiy siyosat va huquqiy-me‟yoriy amaliyotning noaniqligi;
– korrupsiya darajasi;
– sud tizimining sifati;
– jinoyatchilik darajasi;
– “soliq yuki” va soliqqa tortish tizimini huquqiy jihatdan tartibga solish tizimi;
– moliya resurslarini olish imkoniyati va moliyalashtirish qiymati;
– elektr bilan ta‟minlanganlik darajasi va sifati;
– ishchilar malaka darajasi va mehnat qonunchiligining sifati.
Uchinchi variant umume‟tirof
etilgan variant hisoblanib, mamlakat investitsion
muhitini tavsiflashning mukammal ko„rinishidir. U qo„yidagi imkoniyatlarni beradi:
- mintaqalararo iqtisodiy tuzilmalarning investitsion shart-sharoitlari o„rtasidagi
o„xshashlik, farqi va o„ziga xosligini aniqlash;
- mamlakat investitsion siyosatida u yoki bu mintaqaning o„sib
borayotgan
ahamiyatini e‟tiborga olish; subyektivizmni kamaytirish, axborotni yig„ish,
qayta
ishlash, uzatish jarayonini soddalashtirish, turli iqtisodiy
darajalardagi investitsion
muhitni yaxshilash bo„yicha muayyan tavsiyalar berish.
Mamlakat investitsiya muhitini baholashda yana xalqaro kredit reytinglaridan
ham foydalaniladi. Ular jahondagi o„n bir obro„li agentlik tomonidan ishlab chiqiladi.
Ulardan beshtasi – Amerika, uchtasi – Yaponiya, ikkitasi – Kanada va bittasi Angliya
agentliklaridir. Bunda bozorning 90% ikki
yirik va mashhur amerika
kompaniyalariga tegishlidir – Standart and Poor‟s, Investor Service va Moody‟s
Investor Service.
Mamlakatning reytingi yuqori yoki pastligi albatta ahamiyat kasb etadi. Lekin,
shu reytingga kirishning o„zi ham investorlarda ushbu mamlakatga nisbatan u yoki bu
darajada ishonch uyg„otadi.
Rivojlangan
ko„pgina
mamlakatlarda
maxsus
investitsiya
loyihalarini
baholaydigan, investitsiyalar qo„yilishiga talab bo„lgan davlatlarni investitsiya
muhitini o„rganadigan va aniq xulosalarni investorlar
uchun beradigan firmalar,
tashkilotlar mavjuddir. Masalan: Shveysariya, Germaniya kabi qator mamlakatlarning
nufuzli axborot xizmatlari davlatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy xolatini baholash
uchun har biri 0 – qoniqarsiz va 4 – o„ta qulaygacha bo„lgan balli shkala bo„yicha
baholanadigan 15 ta muhim ko„rsatkichni hisobga oladigan
Dostları ilə paylaş: