Tayanch iboralar: Investitsiya muhiti, huquqiy asos, xorijiy investitsiya, to„g„ridan-to„g„ri xorijiy
investitsiya, kafolat, investitsion faoliyat, investor.
Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 1.
Mamlakatimizda bugungi kunda EIHlarga investitsiyalarni jalb etish uchun
qulay shart-sharoit, qonuniy huquq va kafolatlarni o„zida mujassam etgan zaruriy
huquqiy asoslar yaratilgan. Ushbu huquqiy asos mamlakatimizning EIHdan
tashqaridagi huquqiy asoslardan ajratilmaydi, aksincha, yanada qulayroq
imkoniyatlarni taqdim etadi. Shunga ko„ra, xorijiy investorlar xalqaro huquq
tamoyillari bo„yicha va O„zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq
qonunlarda belgilangan huquqlarga ega.
2.
Milliy iqtisodiyoga to„g„ridan-to„g„ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish uning
diversifikatsiyasi, raqobatbardoshligi va faol o„sishini ta‟minlashda muhim
ahamiyatga ega. Shu sababdan EIHlarga TTXIlarni keng jalb etishga ustuvor
ahamiyat berilgan.
3.
Milliy iqtisodiyot va EIHlarga investitsiyalarni jalb etishda xalqaro
me‟yorlarga amal qilinadi va bu, o„z navbatida, investitsiya faoliyati uchun yaratilgan
huquqiy asoslarning xorijiy investorlar uchun ahamiyatini yanada oshiradi. Biroq, har
bir davlatdagi singari O„zbekiston Respublikasida ham yaratilgan huquqiy asoslarda
davlatning milliy, iqtisodiy, siyosiy, xalqaro va boshqa manfaatlari, xavfsizligi hamda
uni ta‟minlash va himoyalash bilan bog„liq maqsadlaridan kelib chiqib o„ziga xos
jihatlar, shart-sharoitlar inobatga olinadi.
Nazorat uchun savollar: 1.
EIHlarga investitsiyalarni jalb etishda huquqiy asoslarni yaratishning zarurligi
nimada?
2.
Investitsiyalarni jalb etishning huquqiy-me‟yoriy asoslari qanday tarkibga
ega?
3.
TTXIlarni jalb etish tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishda qanday
ahamiyatga ega?
4.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda qaysi qonun hujjati asos bo„lib
xizmat qiladi?
5.
O„zbekistonda investitsiya faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari
qaysi qonun hujjatlari asosida tartibga solinadi?
6.
O„zbekistonda xorijiy investorlarga qanday kafolatlar berilgan?