4.4-rasm. EIHlarda qo„llaniladigan imtiyoz turlari 1. Bojxona (tashqi savdo) imtiyozlari bo„lib EIH maydonida mahsus bojxona
tartibini (eksport import bojini kamaytirish yoki yo„q qilish) joriy etish va tashqi
savdo operatsiyalarini soddalashtirilgan tartibini qo„llash.
2. Soliq imtiyozlari tadbirkorlarning belgilangan yunalishdagi faoliyati va aniq
belgilangan ishlab chiqarish turlari bilan bog„liq soliq rag„batlantiruvi normalarini o„z
ichiga oladi. Bu imtiyozlar soliq ta‟tillarini (besh yildan yigirma yilgacha), QQS
solig„ini to„lashdan ozod etish, mahalliy soliqlardan ozod etish, foyda, ko„chmas
mulk, mulk soliqlari, chet ellik xodimlarning daromadlaridan olinadigan soliqlar,
foydani chet elga o„tkazishga to„lanadigan soliqlardan to„la yoki qisman ozod
etilishini o„z ichiga oladi. Ayrim hollarda chet ellik investorlar uchun boshqa
imtiyozlar ham ko„zda tutiladi, masalan investitsion ssudalar va investitsion
dotatsiyalar. Investitsion ssudalar asosiy fondlarga nisbatan daromad solig„idan
qo„shimcha chegirmalar ( 10-50%)dan iborat bo„lib, imtiyozli davr tugagandan keyin
tadbiq qilinadi. Investitsion dotatsiya – yangi investorlarga qaytarib olmaslik sharti
bilan beriladigan pul subsidiyalaridir. Bu subsidiyalar kapital qo„yilmalar hajmiga
bog„liq bo„lib, odatda moliyaviy imkoniyatlari chegaralangan va past rentabelli
korxonalarga beriladi.
3. Moliyaviy imtiyozlar o„z ichiga turli shakldagi subsidiyalarni oladi. Masalan,
kamunal xizmatlarga pastrok tariflar, yer uchastkalari va ishlab chiqarish
quvvatlaridan foydalanishda ijara haqidan chegirma, imtiyozli kreditlar va hokazo.
Bundan
tashqari
ko„pgina
EIHlar
muvaffaqiyatli
faoliyat
ko„rsatayotgan
mamlakatlarda faqatgina erning imtiyozli ijarasi emas balki chet elliklarga erkin
sotilishi ham qo„llaniladi. Chet elliklar tomonidan bu qabul qiluvchi tomonning jiddiy
kizikishining na‟munasi sifatida qabul qilinadi. Bu chet el investorlari uchun muhim
imtiyoz sifatida karaladi.