Эркин иқтисодий ҳудудлар


-bob. ERKIN IQTISODIY HUDUDLARNI TASHKIL ETISHNING



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/281
tarix15.07.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#136620
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   281
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

2-bob.
ERKIN IQTISODIY HUDUDLARNI TASHKIL ETISHNING 
ME‟YORIY-HUQUQIY ASOSLARI
2.1.
Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish va faoliyat 
ko„rsatishining huquqiy asosi
Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish turli davlatlarda turli maqsadlarga 
asoslanadi. 
O„z navbatida, EIHlarning mavjud bir qancha turlari ularni tashkil etishdagi 
maqsadlarning ham turli-tuman bo„lishi bilan farqlanishini ifodalaydi. 
Turli shakldagi EIHlarning tashkil etilishi bir vaqtda va bir xil sharoitda yuz 
bermaydi. Ularga bo„lgan munosabat, imtiyoz va preferensiyalar, rivojlantirish 
masalalari doimo huquqiy asoslarda o„z aksini topib kelgan. 
EIHlarni tashkil etish, ular faoliyatini amalga oshirish, rivojlantirish, tartibga 
solish va qo„llab-quvvatlash bilan bog„liq huquqiy, tashkiliy, moliyaviy-iqtisodiy 
munosabatlar iqtisodiyotning boshqa hududlariga nisbatan farqlanishi bilan tubdan 
ajralib turadi. 
Masalan, EIHlar mamlakat hududida alohida ma‟muriy hududiga ega va faoliyat 
ko„rsatish xususiyati bilan maxsus qonunlar asosida huquqiy tartibga solib turilishi 
talab etiladigan hududlar hisoblansa-da, biroq, ayrim davlatlarda buning o„zgacha 
tomonlarini ham kuzatish mumkin. 
Masalan, Xitoyda bugungi kunda 6 ta maxsus iqtisodiy hudud (MIH) (Shantou, 
Shenchjem

Chjuxay

Syamen

Xaynan, Pudun (Shanxay)) tashkil etilgan va faoliyat 
ko„rsatayotgan bo„lsa, mazkur hududlar uchun hamda yana 216 ta texnik-iqtisodiy 
hududlar, 146 ta yuqori texnologiyalar parklari, 13 ta erkin bojxona hududlari, 16 ta 
chegaradosh hududlar bilan iqtisodiy hamkorlik hududlar, Shanxay va 10 ta 
eksperimental erkin savdo hududi faoliyat ko„rsatishi uchun maxsus, alohida qonun 
qabul qilinmaganligi bilan ajralib turadi. 
Xitoyda EIHlarni tashkil etish 1978-yildan boshlangan bo„lsa-da, biroq, 
hanuzgacha ular faoliyatini huquqiy tartibga solib turish bo„yicha alohida va maxsus 
qonunning ishlab chiqilmaganligi bilan, qolaversa, shunday huquqiy sharoitda ham 
EIHlarning faol rivojlanib borayotganligi e‟tiborga molikdir. Bunga dalil sifatida 
shuni keltirish mumkinki, yuqorida keltirilgan 1-bobning 1.3-paragrafida qayd 
etilganidek, Xitoyda EIHlar joylashgan mintaqalarda aholi jon boshiga to„g„ri 
keladigan investitsiyalar hajmi uning mamlakat bo„yicha o„rtacha ko„rsatkichidan 10 
martaga ko„pdir. Shuning o„zi Xitoyda EIHlar qandalik tez rivojlanib 
borayotganligidan dalolat beradi. 
EIHlarni tashkil etishning huquqiy asoslari vujudga kelishi turli davlatlarda turli 
vaqtlarga asoslanadi. 
Masalan, AQShda dastlabki EIH tashkil etilishiga 1934-yilda asos solingan. 
Xitoyda 1978 yilda, Rossiya Federatsiyasida 1995-yilda, Belorusiyada 1998-yilda, 
O„zbekistonda 1996-yilda (dastlabki tashkil etilishi 2008-yilga to„g„ri keladi) asos 


38 
solingan. 
Jumladan, EIHlar faoliyatining huquqiy asosini 1996-yil 25-aprelda qabul 
qilingan “Erkin iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasi Qonuni
AQShda 1934-yilda “Tashqi savdo hududlari to„g„risida”gi, Rossiyada 2005-yil 22-
iyuldagi “Rossiya Federatsiyasi hududidagi erkin iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi 
№116-FQ-sonli Qonun, Belorusiyada qabul qilingan 1998-yil 7-dekabrda “Erkin 
iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi “213-Z-sonli Qonun tashkil etadi. 
Shuningdek, AQShda 1934-yilda qabul qilingan “Tashqi savdo hududlari 
to„g„risida”gi Qonun bilan birga Tashqi savdo zonalari bo„yicha Kengash, AQSh 
Savdo vazirligi va Bojxona xizmati vazirligi me‟yoriy hujjatlari hamda adminstrativ 
aktlar ham me‟yoriy asos sifatida xizmat qiladi. 
Rossiya Federatsiyasining 2005-yil 22-iyuldagi “Rossiya Federatsiyasi 
hududidagi erkin iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi №116-FQ-sonli Qonuni bilan birga 
qonunosti huquqiy-me‟yoriy aktlar, 2010-yil 18-iyunda qabul qilingan Bojxona 
ittifoqining bojxona hududagi EIZlar va erkin bojxona hududlarida bojxona 
jarayonlari masalalari bo„yicha Bitim va boshqa aktlar huquqiy-me‟yoriy asos 
sifatida xizmat qiladi. 
O„zbekiston Respublikasida huquqiy asos sifatida 1996-yil 25-apreldagi “Erkin 
iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasi Qonuni bilan birga 
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining sohaga oid Farmon va Qarorlari, Vazirlar 
Mahkamasining Qarorlari, tegishli Nizomlar xizmat qilmoqda. 
Xitoy davlatida EIHlar faoliyatini huquqiy tartibga solishda EIHlar faoliyatiga 
odi maxsus qonun qabul qilinmagan. Biroq, boshqa qonunlar va meyo„riy hujjatlar 
yordamida mamlakatdagi EIHlar faoliyati tartibga solib turiladi. 
Amaldagi qonunchilikka ko„ra, AQSh, Xitoy va Rossiya Federatsiyasida 
EIHlarni tashkil etish maqsadlari quyidagilardan iborat: 

Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin