34
1.6.
Erkin iqtisodiy hudud tashkil etilishidagi yondashuvlar: hududiy
va funksional
Zamonaviy jahon amaliyotida EIHlar tasnifiga turli xil yondoshuvlar mavjud.
Shunday qilib,
jahon amaliyotida, EIHlarni tashkil qilishda ikkita turli konseptual
yondoshuvlardan foydalanadilar, ya‟ni tashkil etish
usuliga qarab ikki turdagi
hududlar farqlanadi:
1.
Hududiy EIHlar.
2.
Funksional (nuqtali) EIHlar.
Hududiy – ajratilgan territoriyali hududlar bo„lib, u erda faoliyat yurituvchi
barcha rezidentlar faoliyat turidan qat‟iy nazar xo„jalik yuritishning imtiyozli
tartibidan foydalanadi. Masalan,
Xitoydagi EIHlar, “Manaus” hududi (Braziliya).
Ushbu yondashuv amalga oshirilishiga rivojlangan mamlakatlardagi ko„pchilik
eksport-ishlab chiqarish hududlari ham misoli bo„la oladi.
Funksional (nuqtali) – firma mamlakatning qaysi tumanida joylashishidan qat‟iy
nazar tadbirkorlik faoliyatining ma‟lum ko„rinishlari uchun qo„llaniladigan imtiyozli
rejimdan foydalanishi mumkin. Ya‟ni firma qaysi hududda joylashishidan qat‟iy
nazar ma‟lum turdagi faoliyatga qo„llaniladigan imtiyozli tartib hududiga tegishli
bo„ladi. Masalan, nuqtaviy hududlar Karib havzasidagi alohida korxonalardan iborat
offshor markazlari,
turistik hududlar, Meksikadagi Makiladoras turidagi korxonalar,
“dyuti fri” magazinlaridir. Bunday yondashuvdagi EIHlar “nuqtali” hududlar
hisoblanadi.
EIHlarni tashkil etishning hududiy va funksional
yondashuvining quyidagi
turlari mavjud (1.4-rasm).
Dostları ilə paylaş: