29
noaniqlik va risk bilan bog„liq bo„lgan biznes yuritishning turli jihatlarini,
tadbirkorlik faoliyatini, raqobatni namoyish etilishini belgilaydi.
2. Teng hamkorlik tamoyili.
Birinchi navbatda, biznesni yuritishda o„zaro
munosabatni belgilaydi.
3. Raqobat imtiyozlari tamoyili.
EIH chegarasida tadbirkorlik faoliyatini
faollashtirishning usuli bo„lib, bunda, hududdagi korxonalarga boshqa erdagi
korxonalarga nisbatan ma‟lum bir tashkiliy, moliyaviy, iqtisodiy imtiyozlar beriladi.
Ushbu tamoyil birinchi navbatda EIH mexanizmida ijodkorlik asosi mavjudligini,
nostandart shakl va ziddiyatlar yechimi usullarini, ya‟ni, tadbirkorlarning yangi
texnologiyalar, bozorlar, tovar sifati, narx siyosatining egiluvchanligi uchun faol
musobaqalashuvini nazarda tutadi.
4. Samaradorlilik va daromadlilik tamoyili.
Talab va taklif qonuniga
asoslangan holda mazkur hudud boshqaruvining maqsadli funksiyasini namoyish
etadi.
5. Refleksif o„zini tutish tamoyili.
Korxonaning EIH bozoridagi o„zini tutishini
aniqlaydi va muvofiqlashtiradi. Bu tamoyil xo„jalik subyektlarining bozordagi hatti-
harakatlarini tartibga solib turadi.
6. Ma‟lumot yetarlilik tamoyili.
EIHdagi doimiy o„zgarib turuvchi bozor
muhiti korxona va hudud oldiga qo„yilgan maqsadga erishish uchun ma‟lumot
oqimlari tahlili bo„yicha katta talablar qo„yadi.
Dostları ilə paylaş: