1.2-jadval. Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil qilish maqsadlari № Maqsad turlari Tavsif 1
Iqtisodiy maqsadlar
tashqi
iqtisodiy
faoliyatni
jadallashtirish
va
kengaytirish;
iqtisodiyotga tashqi va ichki investitsiyalarni faol jalb
qilish;
milliy ishlab chiqarish raqobatbardoshligini va uning
iqtisodiy samaradorligini oshirish;
har bir hududda eksportni va import o„rnini bosuvchi
tovarlar ishlab chiqarishni ko„paytirish;
milliy iqtisodiyotda valyuta tushumlarini ko„paytirish.
2
Ijtimoiy maqsadlar
yangi ish o„rinlarini yaratish, aholi ish bilan bandligini
oshirish;
malakali xodimlarni, injenerlarni, xo„jalikda faoliyat
yurituvchilarni
va
boshqaruvdagi
kadrlarni
jahon
standartlariga javob beradigan darajada o„qitish va ularni
tayyorlash;
sanoat hamda iste‟mol uchun mo„ljallangan yuqori
sifatli mahsulot va xizmatlar bilan milliy bozorni
to„yintirish;
aholi turmush darajasi va farovonligini oshirish;
qoloq mintaqalar rivojlanishini hudud chegarasida
kamyob bo„lgan milliy resurslarni markazlashtirish
hisobiga tezlashtirish.
3
Ilmiy-texnik maqsadlar
eng yangi xorij va mahalliy texnologiyalardan jadal
foydalanish;
NIOKR natijalarini amalda qo„llashni tezlashtirish;
dolzarb bo„lgan yo„nalishga ilmiy-texnik, shu jumladan,
xorij kadrlarini ham jalb qilish;
ilmiy-texnik markazlar va venchur kompaniyalarining
tajribalarini hamda ilmiy-tatqiqot yutuqlarini jalb qilish;
foydalanilayotgan
ishlab
chiqarish
quvvati
samaradorligini oshirish.
Boshqacha aytganda, EIHni tashkil qilish mamlakatning u yoki bu hududini
sanoatlashtirish,
umumdavlat
miqiyosidagi
inqirozni
yumshatish
va
uni
yengillashtirishga yordam beradi hamda investitsiyalar kirib kelishiga keng yo„l
ochib beradi.
27
Mamlakatda tashkil etilgan EIH joylashuviga xos ko„rinish va xususiyatni
quyidagi 1.3-rasm orqali ifodalash mumkin: